Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi
Download 396.88 Kb. Pdf ko'rish
|
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- H. rylori ning agressiya omillari
- Boshqa omillar.
Himoya omillari:
Me’daning qoplovchi epiteliysi va bezlari tomonidan ishlab chiqiladigan shilliq (gel) - me’da devorida 0,2 mm qalinlikdagi himoya barerini hosil qiladi. SHilliqning zaralanmagan qavati me’da shilliq qavatini ionlar diffuziyasini sekinlashtirish va yirik molekulalarni (masalan pepsinni) o‘tkazmasligi orqali himoya qiladi. SHilliqning (gelning qalinligi prostaglandin E ta’siri ostida ko‘payadi hamda aspirin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar ta’siri ostida kamayadi Me’daning qoplovchi epiteliy hujayralari bikarbonat ionlarini sekretsiya qilib bufer muhitni hosil qiladi. Bikarbonat ishlab chiqishi M-xolinomimetiklar, E,F guruhi prostaglandinlar ta’siri ostida kuchayadi. A-adrenostimulyatorlar, etanol aspirin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar ta’siri ostida kamayadi. Me’da shilliq qavatining yuqori epitelial hujayralari vodorod ionlariga qarshi zich barer (to‘siq) hosil qiladi. SHilliq qavatning barer faoliyatini o‘t kislotalari, salitsilatlar, etanol, kuchsiz organik kislotalar susaytirib, vodorod ionlarining me’da to‘qimasiga kirishini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida semiz hujayralaridan gistamin ajralishiga, xlorid kislotasining gipersekretsiyasiga, mayda tomirlarning zaralanishiga, shilliq qavatga qon quyilishiga va eroziya, yaralar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi endogen prostaglandinlar (E va F guruhi) me’da shilliq qavatini turli zararlovchi omillardan himoya qiladi, qon aylanishi va himoya barerini ta’minlaydi, epiteliy regeneratsiyasini ta’minlaydi. H. rylori ning agressiya omillari: 1. Ureaza. Mochevinani ammmiak va is gaziga parchalaydi. Vodorod ionlarining ammiak bilan ta’siri ostida me’da epiteliysini zararlaydi hamda me’da bo‘shlig‘idagi H. Pylori ni xlorid kislota ta’siridan himoya qiladi. 2. H. Pylori tomonidan sekretsiya qilinadigan oqsillar neytrofil va monotsitlar uchun nishon bo‘lib hisoblanadi. 3. Trombotsitlar faollashuvi omili - yallig‘lanish mediatori bo‘lib hisoblanadi. 4. H. pylori - yuzasida HLA-DR retseptorlarni saqlaydigan monotsitlarni faollashtiradi hamda kislorodning erkin radikalini ishlab chiqaradi. 5. Me’da shilliq qavatining glikoproteid-lipid qavatini shikastlovchi proteazalar va fosfatlarni ishlab chiqaradi bu holatda shilliqning miqdori va qovushqoqligi kamayadi. 6. H. pylori ni epiteliy hujayralariga fiksatsiya qiladigan adgezin ishlab chiqaradi. Boshqa omillar. H. Rulori bilan infeksiyalangan kishilarda ichakdagi suyuqlikning achishiga javoban me’da shilliq qavati hujayralari tomonidan ishlab bikarbonat miqdori pasaygan bo‘ladi. Bu holat epiteliyning metaplaziyasiga va H. Pylori ning ko‘payishiga va yara paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kasallik avj olishida nasliy omillar ham katta rol o‘ynaydi. YAqin qarindoshlar orasida 12 b.i. yara kasalligi ko‘proq uchraydi. Ammo bu holat kasallikning nasliy o‘tishi bilan emas, balki H. Pylori ning oila a’zolari orasida tarqalishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tamaki chekish 12 barmoq ichak yarasi bilan kasallanish havfini ortiradi, davolash samarasini kamaytiradi, o‘lim darajasini oshiradi. Download 396.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling