Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi


Assosiativ jarayonlar kechishining xususiyatlari va tezligini o’rganish


Download 1.91 Mb.
bet8/11
Sana06.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1334344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari

Assosiativ jarayonlar kechishining xususiyatlari va tezligini o’rganish
Inson aqliy faoliyati xarakteri ko’p omillarga bilim va ko’nikmalar darajasiga, assosiativ aloqalar hosil bo’lish tezligiga, tafakkur tezligiga, umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlarining rivojlanganligiga bogliq. Bu xususiyatlarni o’rganish uchun assosiasiyani tadqik qilishga mo’ljallangan metodika mahsuldor hisoblanadi. Bu metodika yordamida olingan mp.pumotlardan sinaluvchida nutkning rivojlanish xususiyatlari haqida ham bilib olish imkonini beradi. Assosiasiyalarni sodda usul bilan o’rganish mumkin. Sinaluvchiga «so’z o’yini» o’ynash taklif etiladi, bunda masalan iloji boricha tezrok 60 ta ixtiyoriy so’zni aytish mumkin. Tadqikotchi bunda barcha so’zlarni va tanaffuslarni qarorda qayd etib boradi. /To’xtab qolishlar, nuqtalar sifatida qayd etiladi/, 1 nuqta shartli ravishda 1 soniyaga to’g’ri keladi/. Agar sinaluvchi atrofdagi predmetlarni ayta boshlasa, ko’rsatma yana bir marta tushuntiriladi: «Ko’z oldingizda turgan narsalarni aytmaslikka harakat qiling. Davom eting». Agar sina­luvchi bir butun gapni alohida so’zlardan iborat qilib, ayta bosh­lasa ham uni to’xtatib, ko’rsatmani takroran tushuntiriladi.
Odatda maktab yoshidagi bolalarda bu topshiriq qiyinchilik tug’dirmaydi. Qoidaga ko’ra, ular 4-7 so’zni qandaydir sohadan aytadilar. Masalan, ...ruchka, qalam, daftar, ...televizor, radio, ...qo’l, oyoq, quloq burun, ko’z, bosh, ...sigir, mushuq kuchuq xo’roz, ot, ...arava, traktor, mashina, poezd, samolyot, raketa va boshkalar.
Bu tadqiqot bolada atrof-muhitni idrok qilish, so’z boyligi haqida tasavvur paydo qiladi. Assosiasiyalarning hosil bo’lish xususiyatlari va tezligini o’rganishda assosiativ eksperiment yoki so’zga javob reaksiyalari metodi ham qo’llaniladi. (A.G.Ivanov-Smolinskiy, 1928).
Tajriba o’tkazish uchun oldindan o’zaro bog’lik bo’lmagan so’zlar qo’zg’atuvchilar to’plami tayyorlab olinadi.
So’zli assosiativ eksperiment uchun qo’zg’atuvchi material

So’z

Soniya

Javob

So’z

Soniya

Javob

Olma







mushuk







Soat







tarvuz







Aka







arava







Kitob







cho’ntak







Olov







Qish







Qo’g’irchoq







vilka







Ish







quloq







Lampoch­ka







kunduz







Divan







bayram







Gul







maktab







Sinaluvchiga kuyidagi qo’llanma beriladi: «Men sizga so’zlarni aytaman, siz bo’lsangiz mening har bir so’zimga miyangiz-ga kelgan birinchi so’z bilan javob bering». Tadqiqotchi tajriba vaqtida bolaning javob reaksiyalarini yozib oladi. Javob reak­siyalari uchun vaqt normasi 1-1,5 soniya. Lekin javob reaksiyalarining yashirin vaqti turlicha bo’lishi mumkin, bu ko’proq so’z qo’zg’atuvchi xarakteriga, uning bola uchun qanday ahamiyat kasb etishiga bog’liq bo’ladi. So’z quzg’atuvchilar o’ziga xos shartli signal hisoblanadi, javoblar bo’lsa bu signallar bilan bog’liq nutq reaksiyalaridir, qoidaga ko’ra ular shakllangan shartli reflekslar majmuini o’zida aks ettiradi. Shuning uchun ham ba’zi so’z qo’zg’atuvchilar bola uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi, ularga bola tezda javob topadi. Bolaning tajribasi bilan bog’liq bo’lmagan boshqa so’zlarga javob topishda ko’proq vaqt talab kilinadi. Ba’zi hollarda bola u yoki bu so’zga alohida iboralar bilan yoki xonada joylashgan predmetlarning nomini aytish bilan javob qaytaradi. Bunday hollarda bolaga qo’llanmani yana bir marta eslatib, tushuntirish kerak so’z o’yinini mustaqil davom ettirish zarurligini uqtirish kerak.
Olingan natijalarni qayta ishlashda javob reaksiyalarning hosil bo’lish tezligiga, aniqligiga, so’z-qo’zg’atuvchiga mosligiga e’tibor beriladi. Sinaluvchi javoblarining sifatiy tahlili uning javoblarni sinalayotgan tengdoshlar guruhining javoblari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Assosiativ eksperiment yordamida olingan natijalar faqatgina bolalarda nutqning rivojlanishi, tafakkur faoliyati xususiyatlari hakida tasavvur hosil qilib qolmay, balki ularning tajribasi so’z boyligi, ular boshidan kechirayotgan affektiv hissiyotlar haqida ham bilib olish imkonini beradi. Bular bilan bog’liq ravishda ushbu metodika shaxsni o’rganishning proektiv metodikasi sifatida foydalanilishi mumkin.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling