Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi


«Passiv so’z boyligini aniqlash»


Download 1.91 Mb.
bet6/11
Sana06.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1334344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari

«Passiv so’z boyligini aniqlash»
Bu metodika bolaga qo’zg’atuvchi material sifatida yuqoridagi metodikadagi kabi har bir 10 ta so’zdan iborat 5 ta to’plam tavsiya qilinadi.
Mazkur metodika quyidagi tarzda olib boriladi. Bolaga bi­rinchi to’plamdan birinchi so’zni, ya’ni vertolyot so’zini o’qib eshit-tiriladi va qolgan to’plamlardan bir guruhga mansub ma’no jihatidan mos keluvchi so’zni topishni so’raladi. Qolgan to’plamlardagi so’zlarning har birini 1 sekund vaqt oralig’ida sein-astalik bilan o’qib beriladi. O’qib eshittirilayotgan vaqt davomida bola ma’no jihatidan mos keluvchi so’zni to’plamdagi qatorlardan topib ko’rsatishi lozim.
Masalan: agar oldinroq «velosiped» so’zini eshitgan bo’lsa, keyingi to’plamdan «transport» turiga kiruvchi, ikkinchi so’z «samolyot» so’zini topishi kerak.
Mashg’ulot shu tarzda davom etib, bola keyingi to’plamlardan «avtomobil», «avtobus», «motosikl» so’zlarini topishi lozim.
Agarda bola to’plamdagi so’zlarni bir bor o’qib eshittirganda topa olmasa, tezlik bilan so’zlarni yana bir bora o’qib eshittiriladi. Agar birinchi o’qilganda bola so’zni topsa-yu, bu noto’g’ri bo’lsa, tadqiqotchi xatoni belgilab qo’yadi hamda keyingi qatorni o’qiydi.
Bolaga kerakli so’zni topishi uchun 4 ta qatordagi barcha so’zlarni o’qib eshittirgach, tadqiqotchi to’plamdagi 2-so’zni o’qishni boshlaydi va bu bola birinchi to’plamdagi so’zlarni barcha qolgan to’plamlardan to’g’ri topgunga qadar davom ettiriladi.
Eslatma: tadqiqotchi ikkinchi va qolgan qatordagi so’zlarni o’qib eshittirishdan oldin, bolaga har bir topilgan so’zning ma’nosini esdan chiqarib qo’ymasligi uchun uni eslatib turishi lozim.
Masalan: Agar bola birinchi to’plamdagi «velosiped» so’ziga mos keluvchi «samolyot» va «avtomobil» so’zlarini, 2 va 3-qatordan topib ulgurgan tadqiqotchi 4-qatorni o’qib berishdan oldin unga kuyidagi so’zlarni aytishi kerak: «Demak biz sen bilan bir guruqga ma’no jihatidan kiruvchi «velosiped», «samolyot», «avtomobil» so’zlarini topishga ulgurdik. Sen buni yodingda eaqlab tur, men kuyidagi qatordagi so’zlarni o’qiganimda, yuqoridagi so’zlarga mos keluvchi so’zni eshitishing bilan menga aytasan».
Natijalarni baholash
10 ball agar bola 40-50 tagacha so’zning ma’nosini to’g’ri topsa 8-9 ball bola 30-40 tagacha so’zlarning ma’nosini tupguntira olsa
6-7 ball agar bola 20-30 tagacha bir guruhga kiruvchi so’zlarni to’g’ri topsa
4-5 ball agar bola 10-20 tagacha so’zlarning ma’nosini to’g’ri topsa
-3 ball agar bola tomonidan 10 tadan oz so’z ma’no jihatidan birlashtirishga erishilsa
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
10 ball- juda yuqori 8-9 ball- yuqori 4-7 ball-o’rtacha 0-3 -past

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling