Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi
Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi va bilish jarayonlari rivojlanish darajasini aniqlash metodlari
Download 1.91 Mb.
|
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari
Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi va bilish jarayonlari rivojlanish darajasini aniqlash metodlari
Bolalarning maishiy turmush haqidagi tushunchalarini aniqlash, atrof-muhitda mo’ljal ola bilishini o’rganish. Bolaning turmush haqidagi tushunchalar boyligiga: o’zi, yaqinlari, qarindoshlari, atrofdagilari, u yashayotgan hududdagi kishilar, buyumlar xaqidagi tushuncha va bilimlari kiradi. Bunday bilimlar bolaning yoshi oshgan sari ortib boradi. Turmush haqidagi tushunchalar boyligini tadqiq etish uchun 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bolalarga beriladigan savollar 10 tadan oshmasligi kerak. Har bir yosh uchun savollar ma’no jihatidan bir xin bo’lsa ham, lekin asta-sekin murakkablashib boradi. Masalan: mmktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga «Isming nima?» deb savol bersak 1-sinf o’quvchisiga bu savol biroz boshqacha beriladi: «Isming va familiyang nima?», 2-sinf: «Ota-onangni ismi va familiyasi qanday?», 3-sinf: «Buving va buvangni familiyasi va ismi qanday?» tarzida o’zgarib boradi. Savollarning har bir yosh xususiyatlarini, shu yoshdagi turmush haqidagi tushunchalar boyligini, shu savollarga javob bera olish qobiliyatini hisobga olib tuzilganligi yuqoridagi misoldan ham ko’rinib turibdi. Har bir yoshdagi bola shu savollarga javob bera olishiga qarab ball bilan baholanadi. Quyidagi metodikada javoblar 0-1 ball bilan baholanadi. Lekin ba’zan shunday holatlar xam bo’ladiki, bolaning javobini 0 yoki 1 ball bilan baholab bo’lmaydi, shuning uchun mezonga 0,5 ballni kiritishgato’g’ri keladi. Ba’zan savollarga javob berish jarayonida bola savolga bilmagani uchun emas, bu savolga javob berish imkoniyati yo’qligi yoki hoxdamagani uchun javob bermasligi ham mumkin va tadqiqotchi bunday holatni e’tiborga olishi kerak. «Bolalarning tevarak-atrofdagi umumiy yo’nalishi va maishiy bilimlar boyligi» Metodikaning ushbu varianti maktabga qabul qilinayotgan bolalar uchun mo’ljallangan. Shuningdek 1-5 sinf o’quvchilarining tevarak-atrofdagi yo’nalishi, maishiy bilimlar boyligi ham shunga o’xshash variantlar orqali o’rganiladi. Javoblar tahlili, baholar chiqarish, shu asosda taraqqiyot darajasini belgilash o’rtasida ham o’xshashlik mavjud. Maktabga endi qabul qilinayotgan bolalar uchun savollar: 1. Isming nima? (familiyani ismi bilan birga aytish xato hisoblanadi). 2. Yoshing nechada? 3. Ota-onangni ismlari nima? 4. Sen yashayotgan shahar qanday nomlanadi? 5. Sen yashayotgan ko’cha qanday nomlanadi? 6. Sening uying va kvartirangni nomeri qanday? 7. Qanday hayvonlarni bilasan? Ulardan qaysilari yovvoyi va qaysilari uy hayvonlari? (kamida ikkitadan hayvon nomini aytishi kerak). 8. Yilning qaysi faslida daraxtlar barg chiqaradi va qaysi faslda to’kiladi? 9. Kunning sen uyg’onadigan, tushlik qiladigan va uxlashga tayyorlanadigan payti nima deb ataladi? 10. Sen foydalanadigan kiyimlar va oshxona jihozlarining nomlarini aytgin? (to’g’ri javob - 3 tadan kam bo’lmagan kiyimlar va 3 tadan kam bo’lmagan har xil oshxona jihozlari aytilishi kerak) Har bir savolga berilgan to’g’ri javob uchun bola 1 balldan oladi. Maksimal ball, bola barcha savolga to’g’ri javob bersa 10 ballni tashkil etadi. Har bir savolga javob berish uchun 30 sekund vaqt ajratiladi. Shu vaqt ichida javob bermasa, xato deb hisoblanadi va 0 ball bilan baholanadi. Barcha savollarga to’g’ri javob berib, 10 ballni qo’lga kiritgan bola maktabda o’qish uchun to’liq psixologik tayyor hisoblanadi. Shu vaqt ichida bolaga qo’shimcha savollar ham berish mumkin, ammo aytib berish kerak emas. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling