Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi


-5 sinflar uchun savollar


Download 1.91 Mb.
bet4/11
Sana06.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1334344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari

4-5 sinflar uchun savollar.
1. Sening togang yoki xolangning familiyasi, ismi va otasini ismi nima? (Qarindoshlaridan hech bo’lmaganda birini familiyasi, ismi va otasining ismini aytishi kifoya).
2. Togang yoki xolangning yoshi nechada? (To’g’ri javob uchun ulardan birining yoshi ko’rsatilishi kerak).
3. Qo’shnilaringdan birining familiyasi, ismi ia otasini ismi nima? (To’g’ri javob uchun hech bo’lmaganda bitta qo’shnisini aytishi etarli).
4. Sening Respublikang bilan chegaradosh bo’lgan davlatlar poytaxtlari qanday nomlanadi? (Bu savolga to’g’ri javob uchtadan kam bo’lmagan dav lat poytaxtini aytishi zarur).
5. Sening buving va bobong tug’ilgan shahar qanday nomlanadi?
6. Qarindoshlaring yashaydigan shaharlarga qanday qo’ng’iroq qilish kerak? (To’g’ri javob hech bo’lmasa biriga qanday qo’ng’iroq qilish mumkinligini aytishi hisobga olinadi).
7. Dengizda yashaydigan hayvonlar qanday nomlanadi? (To’g’ri javob shunday hayvonlardan kamida ikkitasini aytishi kerak).
8. Dunyoning qaysi mamlakatlari juda sovuq va juda issiq? (To’g’ri javob uchun hech bo’lmaganda shunday mamlakatlardan birini, qaysinisi ekvator zonasida joylashgan va shimoliy qutbga yaqin bo’lgan bironta mamlakat aytilishi lozim).
9. Shanba va yakshanba kunlari soat nechada televizorda sening sevimli ko’rsatuvlaring boshlanadi? (To’g’ri javob uchun bunday ko’rsatuvlardan kamida ikkitasining soati, minutini aytishi kerak).
10. Biron bir qiziqarli narsani qaerdan o’qish mumkin? (Kitoblar, gazetalar va jurnallar nazarda tutiladi).


«Bolaning maktab ta’limiga munosabati» metodikasi
Bu metodikaning maqsadi maktabga yangi qabul qilinayotgan o’quvchilarda o’qish motivi yoki o’qishga qiziqishlari bor-yo’qligini aniqlashdan iborat. Bolaning o’qishga munosabati, boshqa ruhiy belgilar bilan bir qatorda o’qishga va maktabga tayyor yoki tayyor zmasligini belgilovchi holatdir. Bolaning bilish jarayonlari normal bo’lsa ham, boshqa bolalar bilan o’zaro munosabatlari qoniqarli bo’lsa ham uni maktab ta’limiga tayyor, deb aytish qiyin. O’qishga qiziqish bo’lmasa ham ikkita ruhiy tayyorgarlik belgisi - ya’ni bilish jarayonlari, kommunikativlik qobiliyatlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, o’qishning dastlabki bosqichida maktabga va bilim olishga bo’lgan qiziqish uyg’onishi mumkin. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, ayni shu kichik maktab yoshidagi bolalarni 0 ballik va 1 ballik mezon orqali baholash bilan cheklanmaslik kerak.
Birinchidan, bu erda qiyin savollar bo’lishi mumkin, shuning uchun bolalar biriga to’g’ri, biriga noto’g’ri javob berish ehtimoli bor.
Ikkinchidan, berilayotgan javoblarning bir qismi to’g’ri, bir qismi noto’g’ri bo’lipsh ham mumkin.
Agar bola qiyin savollarga to’liq javob bera olmasa, 0,5 ball bilan baholanadi, to’g’ri, shubha uyg’otmaydigan to’liq, yaxshi bahoga loyiq javob bersa 1 ball bilan baholanadi, javob bir tomonlama yoki to’liq bo’lmasa 0,5 ball bilan baholanadi. Masalan, 2-savol: «Nima uchun maktabga borish kerak?» -degan savolga to’lik bo’lipsh, uchun shunday javob berishi kerak:
«Kerakli bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun». Noto’liq javob «O’qish uchun». Noto’g’ri javoblarda u bilim oliщ, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Masalan, «Maktabda maza qilib o’ynaymiz». Agar qo’shimcha savoldan keyin bola to’liq javob bersa 1 ball, qo’shimcha savollardan keyin ham o’z fikrlariga hech qanday o’zgartirish kiritmasa 0,5 ball.
Natijalar tahliliga ko’ra 8 balldan yuqori ball to’plagan bolalar maktab ta’limiga to’liq tayyor, 5-8 ball to’plaganlar to’liq tayyor emas, 5 balldan kam to’plaganlar esa maktab ta’limi uchun tayyor emas deb topiladi.
Bolalarga tavsiya etiladigan savollar.
1. Maktabga borishni xohlaysanmi?
2. Nima uchun maktabga borish kerak?
3. Maktabda nima bilan shugullanasan? (odatda maktabda nima qilishadi).
4. Maktabga borishga tayyor bo’lish uchun nima qilish kerak?
5. Dars nima? Unda nima bilan shug’ullanishadi?
6. Maktabdagi darslarda o’zini qanday tutish kerak?
7. Uy vazifasi nima?
8. Nima uchun uy vazifasi bajariladi?
9. Maktabdan uyga kelib nima bilan shugullanasan?
10. Maktabga borib o’qiy boshlasang, hayotingda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?
Savolning mazmuniga mos keluvchi javoblar to’g’ri deb qabul qilinadi. Agar noto’liq bo’lsa, qo’shimcha savollar beriladi. Har bir savolning ma’nosini bola to’g’ri tushunganligiga ahamiyat berish kerak.
Ushbu metodika bo’yicha bolalar to’plashi mumkin bo’lgan maksimal ball - 10 bo’lib, bu bolaning ruhiy jihatdan maktab ta’limiga to’la tayyor ekanligini bildiradi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling