Mavzu №8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi


Download 1.91 Mb.
bet1/11
Sana06.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1334344
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Psixologik xizmat asoslari


MAVZU № 8: Turli yoshdagi bolalar psixodiagnostikasi
REJA:
1. Bolalar pxodiagnostikasida amaliy psixologlarning o‘rni.
2. Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi va bilish jarayonlari rivojlanish darajasini aniqlash metodlari.
3. «Bolaning maktab ta’limiga munosabati» metodikasi.


Darsning maqsadi:
Kalit so‘z va iboralar:


Mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Burlachuk L. Psixodiagnostika. – SPb.: 2002.

  2. Karimova V.M. Psixologiya. O’quv qo’llanma. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, “O’AJBNT” markazi, 2002. – 205 b.

  3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika institutlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: “Universitet”, 1999. – 96 b.

  4. Karimova V.M., Akramova F.A. “Psixologiya”. 1-qism. Ma’ruzalar matni. – T.: TDIU, 2005. – 208 b.

  5. Karimova V.M., Akramova F.A. “Psixologiya”. 2-qism. Ma’ruzalar matni. – T.: TDIU, 2005. – 125 b.

  6. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – T.: 1994

  7. Kvinn V. Prikladnaya psixologiya. – SPb: Izdatelstvo “Piter”, 2000. – 560 s.



1. Bolalar pxodiagnostikasida amaliy psixologlarning o‘rni.

Bolalarda maktabga chiqish vaqtida psixologik rivojlanish darajasiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’ladi. Bu xususiyatlar shundan iboratki, bolalar bir-birlaridan intellektual-ahloqiy jihatdan farqlanadilar. Ular bir xil ko’rsatma na psihodiagnostik holatga har xil javob berishlari mumkin. Ya’ni maktabga kirayotgan bolalarga kattalar uchun mo’ljallash ap ieixodiagnostik testlar mos keladi. Ba’zi rivojlanishi past bo’lganlariga bog’cha yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan testlar to’g’ri keladi. Asosan, o’z-o’zini verbal baholash, tashki muhitni ongli baholash holatidagi testlarda bu aniq bilinadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda u yoki bu psixodiagnostik testni o’tkazishdan avval bolaning real psixologik rivojlanishiga mos keluvchi testni tanlab olish kerak. 6-7 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligiga oid empirik ma’lumotlarga ko’ra, 50 % dan 80 % gacha bolalar u yoki bu jihatdan boshlang’ich ta’lim dasturini o’zlashtirishga tayyor emas. Ko’p bolalar maktabga chiqishga tayyor bo’lsalar-da, aqlan 5-6 yosh darajasida rivojlangan bo’ladilar. Agar bunday bolaga uning uchun murakkab va qiziqarsiz psixologik testlar berilsa, bu testlar rivojlangan aql, diqqat-e’tibor va xotira talab qilganligi sababli, ular testni bajara olmaydilar. Bu intellektual qobiliyatning yo’qligi emas, shaxsiy psixologik rivojlanish etarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’ladi.


Agar vazifani o’yin sifatida qiziqarli qilib berilsa, test iatijasi yuqori bo’lishi mumkin. Mazkur holatlar bolalar pxodiagnostikasida amaliy psixologlar tomonidan hisobga olinishi kerak.
3-4 sinf o’quvchilari uchun qiziqarli va kattalarga so’ljallangan testlar ham to’g’ri kelishi mumkin. Test o’tkazishda faolliq ruhiy qiziqish yuqori bo’lsa, natija ham yuqori bo’ladi. Agar kattalar test vaqtida ongli ravishda irodasini ishga solib o’zini boshqara olsalar, kichik yoshdagi maktab bolalari va hatto o’smilar ham buni bajara olmaydilar. Kattalar uchun mo’ljallangan testlarni kichik maktab yoshidagi bolalarga qo’llashda ma’lum cheklashlar mavjud. Bu cheklanishlar shaxslararo munosabatlar, shaxs va idrokni tahlil qilishga mo’ljallangan testlarga tegishlidir. Kattalar uchun qo’llanilayotgan intellektual (aqliy) testlarning ko’pchiligi so’z-mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu xususiyat kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida taraqqiy etib, o’smirlik davriga kelib rivojlanishi tugallanadi. Amaliyot va hayotdagi o’rniga ko’ra, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkur so’z-mantiqiy tafakkurdan ustun turadi. Bundan tashqari katta odamlar uchun mo’ljallangan testlar ularning hayotiy tajribasini hisobga olgan holda tuziladi. Shuning uchun bu testlar kichik bolalarda qo’llanganda jiddiy yondashish va soddalashtirilishi lozim. Ba’zan kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yangi variantdagi testlar tuzishga to’g’ri keladi. Bu holatda yangi muammo tug’iladi, ya’ni bir psixologik sifatni, tuzilishi va ma’nosi har xil testlarning natijasini solishtirish orqali aniqlash lozim bo’ladi. Kattalarni turli testlar yordamida baholash, ularni solishtirishni talab qiladi va doimo bir xil natija bermaydi. Testlararo solishtirishning natijasi o’tkazish koeffisienta bilan baholanadi. Bunda bir testdan ikkinchi testga o’tishda mumkin bo’lgan xato ko’zda tutaladi. O’tkazish koeffisienti bir psixologik xususiyatni baholash uchun mo’ljallangan ikki usul natijalari sifatida qaraladi.
O’tkazish koeffisienta uchun tekshiriluvchilarning soni etarli darajada ko’p bo’lishi, shaxsiy ko’rsatkichlar dispersiyasi esa juda kichik bo’lishi kerak. Masalan: o’smirlar Vekslernnng bolalar va kattalar uchun mo’ljallangan testlaridan, 1- da 100 % ko’rsatkich, 2 - da esa 85 % ko’rsatkich bilan baholanishdi. O’tkazish koeffisienta 1,25 ni tashkil qiladi. Bu koeffisient kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan test natijasini katta yoshdagilar uchun mo’ljallangan test natijasiga bo’lib olinadi. Olingan 1,25 natija amaliy psixolog uchun bolalarni kichik yoshdagi bolalar test varianta bilan tekshirib, o’smirlarni katta yoshdagi odamlar testa bilan tekshirish, bu bevosita ko’rsatkichlarni 1,25 ga bo’lib yoki ko’paytirib, katta yoshlilar testi natijasiga solishtirish imkonini beradi.
Katta yoshlilar uchun mo’ljallangan shaxsni o’rganuvchi testlarni bolalar psixodiagnostikasida qo’llashdagi cheklanishlar jiddiy ahamiyatga ega, chunki kattalardagi sifatlar kichik bolalarda bo’lmasligi mumkin. Aksincha, kichik bolalardagi o’ziga xos xususiyatlar kattalarda bo’lmasligi ham mumkin. Shuning uchun katta yoshlilar testi etarli darajada validlikka ega bo’lmasligi mumkin. Birinchi tomondan, hali boladagi yo’q xususiyatni baholash kerak bo’ladi. Ikkinchi tomondan, ulardagi biror bir xususiyatni baxolamay qolish mumkin.
Bu holatdan chiqish uchun katta yoshlilar testini bolalar uchun qo’llashda uning psixologik o’sishiii va yoshga bog’liq psixologik xususiyatlarii bilish lozim. Bularni bilgan holda test patijalarini baholash mumkin. Bolalar va kattalarning shaxsiy rivojlanish darajasini bevosita solishtirish, baholash juda qiyin kattalar shaxsini miqdoriy baholashdan ko’ra sifat jihatdan baholash muhimrokdir. Lekin miqdorni baholashning xdm alohida o’rni mavjud.
Tavsiya etilayotgan psixodiagnostik metodlar tazimi maktabga kirayotgan kichik yoshli bolalarning va boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy jarayonlarini, shaxsiy va shaxslararo munosabatlarini, ulardagi amaliy ko’nikmalarni baholash maqsadida foydalaniladi. Bu tizim asosida bolalarni maktabga nsixologik tayyorgarligini, ularning boshlangich sinflarda o’zlashtirish darajasini baholash mumkin. Bunday nsixodiagnostik baholash kompleksiga kuyidagilar kiradi:
1. Atrof-muhitda umumiy mo’ljal olish.
2. Bolalarning maktab ta’limiga munosabati.
3. Diqqat-e’tibor.
4. Xotira.
5. Tafakkur.
6. Nutq.
7. Badiiy-tasviriy qobiliyat.
8. Maktab malakasi va ko’nikmalari.
9. Muvaffaqiyatga erishish motivlari,
10. Shaxs xususiyatlari.
11. Shaxslararo munosabatlar.
Bu to’plamga metodikalardan foydalanib, bolaning maktabga tayyorgarligi yoki tayyor emasligini baholash va o’z rivojlanishidan oldinda borayotganligini aniqlash mumkin. Bu usullar bolaning qobiliyatlarini aniqlash va u bilan maqsadga muvofiq holda mashg’ulot olib borishga yordam beradi. Metodikalar to’plami maktabdagi ma’lum bir tarbiyaviy ishlarning samaradorligini to’g’ri baholash imkonini berish bilan birga 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’rganishda qo’llash mumkin bo’lgan usullarni xam o’z ichiga oladi. Bu usullar yordamida olingan baholar bitga yagona standart tizimga o’tkaziladi va kichik maktab yoshidagi maktab o’quvchisining psixologik rivojlanishi individual xaritasiga yoziladi. To’plamga 3 xil tipdagi metodikalar kiritilgan.
1. Bola endi maktabga kirayotganda ko’llaniladigan uslublar.
2. Maktab ta’limiga tayyorgarligini va ruhiy rivojlanganligini baholovchi testlar.
3. Bolaning ruhiy rivojlanishini aniqlovchi testlar. Bolalar uchta asosiy sohada - bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar asosida psixologik jihatdan o’rganiladi. Agar bolaning ruxiy rivojlanish darajasi baholanishi zarur bo’lsa, ularning har biri maxsus usullar bilan baholanishi mumkin.
Bu to’plamdagi metodikalar Diqqat, tafakkur, xotira, nutq va idrokning rivojlanish darajasini aniqlaydi. O’quv faoliyati motivasiyasi, muvaffaqiyatga erishish, o’rtoqlari va katta yoshlilar bilan munosabat xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Psixologiyada har bir bilish jarayonlarini o’rganishda turli-tuman natijalar olinganligi sababli metodikalarniig minimal aniqligiga e’tibor berilgan. Birinchidan, bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi holatlar, ikkinchidan, o’qitish va tarbiya ta’sirida shakllanadigan xususiyatlar, masalan: diqqat - e’tibor, xotira, idroq tafakkur, nutq, tasavvur, muvaffaqiyat motivasiyasi va shu kabilar. Har bir metodika bitta ko’rsatkichni baholashga imkon beradi va 5-10 minut vaqt talab qiladi. Har bir bolani har tomonlama tekshirish uchun 3-6 soat vaqt kerak bo’ladi. Tavsiya etilayotgan uslublar yordamida bolani psixodiagnostika qilish quyidagi vazifalar echimini beradi:
1. Mazkur bola qanday rivojlanayotganligini aniqlash.
2. Boladagi layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida aniqlash.
3. O’qishdan ortda qolish yoki noto’g’ri tarbiyaning sababini
topish.
4. Kelajakda tanlanadigan kasbga tayyorlanish va tanlash uchun bolaga, o’kituvchiga va ota-onalarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.
Bu metodikalar yordamida bolani tekshirishda vaqtni tejashning yana bir usuli yakka tartibda emas, balki guruhiy tekpshrish olib borishdir. Bu shart-sharoitlar to’g’risida har bir uslubdan keyin yozma izohlar berilgan. Agar izohlar yo’q bo’lsa, bu uslubni ham yakka tartibda, ham guruh sharoitida qo’llash mumkin.
Psixodiagnostik tekshirishga kirishishdan oldin quyidsh ilarni bajarshn lozim:
1. Metodika matnini diqqat bilan o’qib, tanishib chiqish kerak.
2. Izoxlar mavjud bo’lsa, uni o’kish lozim.
3. Metodikani qo’llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash.
4. Metodika yordamida hech bo’lmasa 1 ta bolani sinov uchun mukammal tekshirib, natijalarni tahlil qilib ko’rish lozim.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling