Mavzu: Amir Temurning falsafiy qarashlari Reja


Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi va ahamiyati


Download 32.63 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi32.63 Kb.
#1508843
1   2   3   4
Bog'liq
Amir Temurning falsafiy qarashlari

Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi va ahamiyati.
Amir Temur davlatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng ye’tibor berdi. U bu haqda quyidagilarni yozdi: «Davlat ishlarini saltanat qonun - qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim». Amir Temur turk-mo’g’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boshqargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarni to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om yetdi. Bu masalaning ye’tiborli tomoni shundaki, bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka yega bo’lsalar-da, lekin amalda markaziy hokimiyatga bo’ysunganlar. Uluslar o’rtasida turli nizolar va kelishmovchiliklar bo’lmasligi uchun ularning faoliyatini shaxsan o’zi nazorat qilib turgan. Temur davlat mafkurasining kuchli hokimiyat va tayanch yekanligini tushunib yetganligi bois davlat, saltanat ishlarini yuzaga keltirishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga alohida ye’tibor bergan. Amir Temur vazir to’rtta sifatga yega bo’lishi lozim deb hisoblagan: asillik, toza nasllik; aql-farosatlilik; sipohi raiyat ahlidan xabardorlilik; sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Temur davrida davlat markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, ark begi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliq yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash va saroy xarajatlari bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullangan. Temur davridagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan yuqori darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta ye’tibor berdi. Samarqandni poytaxt qilib olgach dunyoning turli joylaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurildi. Hattoki g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan maxsus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron, Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar qad ko’taradi. Samarqand atrofida atab go’zal bog’lar yaratgan.Temur tug’ilgan joyi Keshda Oqsaroy, Jome masjidi, madrasalar barpo yettirdi.
Turkiston shahrida Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdiradi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlar hunarmandchilik va savdo markazlariga aylandi. Amir Temur savdo yo’llari rivojiga va uning tinchligiga alohida ye’tibor berdi. U boy o’ljalar bilan cheklanib qolmay, balki jahon karvon savdosi yo’llari (Yevropa va O’rta Osiyo mamlakatlarining Uzoq Sharq bilan) ustidan hukmronlik qilishni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandi. Sohibqiron Oltin O’rda hududidan o’tgan shimoliy savdo yo’lini ishdan chiqarish va savdo yo’lini O’rta Osiyo orqali o’tgan yeski ipak yo’liga yana burib yuborishga zo’r berib harakat qildi.
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham katta kuchga aylandi. U chet davlatlar bilan aloqani kengroq yo’lga soldi. U davr shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tashqi siyosatda qat’iy faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga olib chiqa oldi. Amir Temurning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabasidan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya yerkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif yetgan. U Yevropa mamlakatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib, o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatining dovrug’i bu mamlakatlarga borib yetishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya va Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. Shu bois ular Temur huzuriga muntazam yelchilar yuborib turganlar. Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. U o’z davrining fan va madaniyat homiysi sifatida ham shuhrat qozondi. Doimo kamsitilgan va ye’tibordan chetda bo’lgan mazhab tarafdorlarini o’z homiyligiga olgan. Darvesh, faqir-miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslikni o’zining insoniy burchlaridan biri deb bilgan.
Bularni Amir Temur tarixi saboqlari deb atash mumkin. Saboqlarning eng asosiysi quyidagilardir:
Birinchisi, Amir Temur l50 yil qaramlikdan so’ng, o’zbek milliy davlatchiligining mustaqilligini tiklagan, mamlakat va mintaqalarni birlashtirgan, o’z zamonasi uchun dunyo miqyosidagi taraqqiyparvar markazlashgan davlat boshqaruv tizimini yaratgan.
Ikkinchisi, sohibqiron o’z saltanatida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta`minlashga eng asosiy vazifa deb qaragan va bu borada barcha choralarni ishga solgan. Buning natijasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishilgan. Bu zotning adolatli, xalqparvar siyosati natijasidir. Bunday siyosat tufayli xalq bilan davlat o’rtasida o’zaro hamkorlik, bir-birini qo’llab—uvvatlash yuzaga kelgan, davlat butun choralar bilan o’z fuqarolari haqida g’amxo’rlik qilgan. Aholiga jabr-zulm o’tkazganlarni, o’g’ri-talonchilarni, bosqinchilarni qatti- jazolagan, xalq esa bunga javoban Amir Temur olib borgan siyosatni qo’llab-quvvatlagan, u o’rnatgan qonun-qoidalarga rioya etgan.
Uchinchisi, Amir Temur dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan. Uning hukmronlik davrida va shundan keyin mulkchilik munosabatlari, soliq tizimi taraqqiy etgan.
To’rtinchisi, Amir Temur fan va madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peshvolari olimlar, san`atkorlar, me`morlar, yozuvchilar, shoirlarga alohida qamxo’rlik ko’rsatib turgan. Bunday siyosatning natijasi o’laroq sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichiga asos solingan.
Beshinchisi, Amir Temur mohir va muzaffar sarkarda sifatida mamlakatning mudofaa qudratini ta`minoti, uni qurollantirish, harbiy intizom masalalariga alohida e`tibor bergan.
Oltinchisi, Amir Temur saltanatning barcha mintaqalaridagi haqiqiy ahvol, mahalliy amaldorlarning xalqqa munosabati, bozorlardagi narx-navo, joylardagi tartib intizom haqida anih, to’g’ri ma`lumotga ega bo’lishga katta e`tibor bergan. Buning uchun maxsus axborot to’plovchilardan, aloqa xizmatchilaridan, joylarga topshiriq bilan yuboriladigan ishonchli vakillardan foydalangan. Sohibqiron bevosita xalq bilan uchrashib turgan, xalqning arz va shikoyatlarini bevosita ko’rib va eshitib hal qilgan.
Ettinchisi, Amir Temur mansabdor shaxslarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, ular faoliyatini nazorat qilish masalalariga katta e`tibor bergan. Biror kishini u yoki bu lavozimga tayinlashdan uning nasl-nasabini, bilimini, qobiliyatini, hayotiy tajribasini, ahloqiy hislarini, o’z kasbiga, vataniga, xalqiga sadoqatini hisobga olgan. Mansabdorlar faoliyatiga baho berishda xalqning ular haqidagi fikri, adolat va insof bilan ish ko’rishlari, masalalarni qonuniy hal qilishlari asosiy me`yor bo’lib xizmat qilgan.
Sakkizinchisi, Amir Temur saltanatida davlat ahamiyatiga molik masalalar kengashlarda maslahatlashib hal etilgan. Sohibqiron va temuriylar o’z atrofiga olimu-fuzalolarni to’plab, davlatni boshqarishda ular bilan bamaslahat fikrlarini hisobga olib ish ko’rganlar.
To’qqizinchisi, Amir Temur shariat va «Tuzuklar» asosida jamiyat huquqiy hayotini boshqarishni yo’lga qo’ygan.
O’ninchisi, Amir Temur jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutgan va ularning manfaatini hisobga olgan va ta`minlagan.
O’n birinchisi, Amir Temur o’z davri shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat`iy, faol hamda maqsadga muvofiq harakat qilib, o’z saltanatini jahon miqyosiga olib chiqqan.
O’n ikkinchisi, Amir Temur saltanatida ibratli, ijobiy jihatlar, tadbirlar hukm surganligi bilan bir qatorda illatlar, qonunbuzarliklar, haqsizliklar, hatto yovuzliklar ham bo’lgan. Zotan bu xalqimiz o’tmishida tarixiy va siyosiy voqealarga, qarama-qarshiliklarga eng boy davrdir. eng asosiysi, bu davrni yoritishda bir tomonlikka-faqat ijobiy va salbiy jihatlarni bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilmaslik zarur. Umuman, Amir Temur va temuriylar tarixiga har tomonlama, ilmiy, umuminsoniy nuqtai nazardan yondoshish va baho berish kerak.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini o’rganish shuni ko’rsatadiki, har bir mustaqil davlat o’zining milliy mafkurasiga ega bo’lishi shart. Busiz tom ma`nodagi milliy davlatning bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda amir Temur saltanati va nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etildiyu Amir Temur va temuriylar davri qadim Turon oʻlkasida maorif va taʼlim tizimi, ilm-fan yuksak rivojlangan davr sifatida ahamiyatlidir. Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Qudratli saltanat va maʼrifatli jamiyat barpo etishda qadim turkiy davlatchilik anʼanalari va islomiy shariatga tayanib ish tutgan Amir Temur. har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi. Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, bu davrda oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.
Butun islom davrida boʻlganidek, bu davrda ham mamlakatda ilm fan rivojida madrasa taʼlimi asosiy oʻrin tutib, saltanatning madaniy markazlar boʻlgan yirik shaharlarda oliy taʼlim oʻchoqlari boʻlgan madrasalar koʻplab bunyod etilgan. Taʼlimga eʼtibor, ilm fanga homiylik Amir Temur va temuriylar davrida davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan edi. Sohibqironning saltanat maʼmurlari oldiga “Katta kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar”; “Mudarrislar va shayxlarga kundalik maoshlarini belgilasinlar”; “Sayidlar, ulamo, mashoyix, fuzalo, ulugʻlarni aziz tutsinlar”, degan vazifani qoʻyganligi “Temur tuzuklari”da ham aks etgan. Sohibqironning bu topshirigʻi tabiiyki butun saltanat doirasida ijro etilgan. “Musulmonlarga diniy masalalardan taʼlim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlaridan tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim”; “Sayidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, tarixchilarni sara, eʼtiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini oʻrniga qoʻydim”, deya taʼkidlaydi Sohibqiron oʻz tuzuklarida.
Dunyo tarixidan maʼlumki ilm fan taraqqiyoti katta sarmoya va davlat homiyligini talab etadi. Buni maʼrifatli hukmdor Amir Temur teran anglagani bois ulkan saltanatning barcha hududlarida ahli ilm, ahli ijodga homiylikni davlat siyosati darajasiga chiqardi. Zamonaviy terminlar bilan aytganda, ilm fanning turli sohalariga, taniqli olimu ulamolarga “davlat grantlari” ajratilib, ularning ilmiy faoliyati davlat gʻaznasidan moliyalashtirildi. Bu siyosat natijasida Islom dunyosining intellektual salohiyati Turon poytaxti Samarqandga va boshqa shaharlarga oqib kela boshladi. Olimlar jamiyatning nufuzli ijtimoiy qatlamiga aylandi. Ularning yashashi va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratildi.
Amir Temurning ilm fanga homiylik siyosati uning vorislari, xususan, Mirzo Ulugʻbek tomonidan ettirildi. Mirzo Ulugʻbek garchi uzoq Sultoniyada tavallud topgan boʻlsada, saltanat poytaxti Samarqandda tarbiya topdi, ilk savodini bobosi Amir Temurning saʼy harakatlari bilan butun islom dunyosining nufuzli ilm fan va maʼrifat markaziga aylangan shu azim shaharda chiqardi. Mirzo Ulugʻbek (l409-l449) islom dunyosining yirik taʼlim dargohlariga aylangan madrasalar barpo etish va bu madrasalarda dars berishga oʻz davrining yetuk olimu ulamolarini jalb yetishga katta eʼtibor qaratdi. Bu jihatdan Mirzo Ulugʻbek temuriy hukmdorlar ichida alohida oʻrin tutadi.
Shu tariqa, olimu ulamolar Amir Temur va temuriylar saltanatida katta hurmatga va mavqega ega ijtimoiy qatlamga aylangan ediki, bu Movarounnahr va Xurosonda Ikkinchi Islom uygʻonish davrini yuzaga chiqardi. Samarqand, Kesh, Buxoro, Hirot va boshqa shaharlarning maʼrifat va ilm fan markazlariga aylanishiga olib keldi. Buyuk ipak yoʻli boʻylab xalqaro savdo va madaniy aloqalar tiklandi, ilm fanning turli sohalaridagi hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, qoʻshni va uzoq mamlakatlar bilan elchilik munosabatlari oʻrnatildi. Bu oʻzgarishlar zamirida Amir Temur asos solgan va koʻplab temuriy hukmdorlar davom ettirgan ilm fanga, madaniyat va sanʼatga, maorifga eʼtibor, ularga homiylikka yoʻnaltirilgan davlat siyosati muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Shohruh (l405-l447), Mirzo Ulugʻbek (l409-l449), Sulton Abu Said (l45l-l469), Sulton Husayn (Boyqaro) (l469-l506) davrlarida fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson islom dunyosining yirik madaniy markazlari sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiy ham oʻz davrining koʻplab fan, sanʼat va adabiyot namoyandalariga homiylik qilib, Sohibqiron asos solgan anʼanalarni davom ettirgani maʼlum. Jumladan, Kamoliddin Behzod, Sulton Ali Mashhadiy, Husayn Uddiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy va boshqalar ijodiy faoliyatida Alisher Navoiyning homiyligi katta oʻrin tutgan.
Yangi Oʻzbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasida taʼlim tizimini yuksak darajada rivojlantirish, Oʻzbekistonda uchinchi renessans davrini yaratadigan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu masalalar Prezident Sh.M. Mirziyoyevning Xalq taʼlimi sohasini tubdan isloh qilish boʻyicha belgilagan vazifalarida ham yaqqol bayon etib berildi. Bu vazifalarni hayotga tatbiq etishda Amir Temur va temuriylar davri taʼlim tizimini chuqur oʻrganish va tarixiy tajribalardan zamonaviy asosda foydalanish ham amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Download 32.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling