Mavzu: amir temurning ichki va tashqi siyosati


II bob. Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi


Download 65.97 Kb.
bet4/6
Sana03.12.2023
Hajmi65.97 Kb.
#1798173
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMIR TEMURNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI (2)

II bob. Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi.
2.1. “Temur tuzuklari”. Amir temur shaxsi va uning buyukligi.
Ko‘plab yozma manbalarning ma’lumot berishicha, o‘z davrining yirik harbiy va davlat boshlig‘i bo‘lgan Amir Temur siyosiy, huquqiy asoslarga ega bo‘lgan ulkan davlat barpo etgan edi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davrida Sohibqiron Amir Temur avvalo, adolatli va qonunchilikka tayangan davlatchilik asoslarini barpo etish bilan birga davlat yaxlitligi va kuch-qudratini mustahkamlashning asosiy omili bo‘lgan kuchli mudofaa tizimi yaratdi hamda temuriylarga meros qilib qoldirdi. Amir Temur o‘z saltanatining boshqaruv tizimini yaratishda o‘sha davrning yirik va ko‘zga ko‘ringan harbiylari, amirlar va beklar, fozillar, olimu-ulamolar, o‘z pirlarining o‘gitlari hamda maslahatlariga tayangan edi. Misol uchun, “Tuzuklar”da keltirilishicha Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Toyobodiy shunday o‘git beradi: “Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p xalal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvoffiq ish tutishing kerak.” SHuningdek, “Tuzuklar”da yana shunday ma’lumot beriladi: “O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarni sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni ko‘nglini topib do‘stga aylantirish, do‘st -dushman orasidagi muomala, murosayu-madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qo‘lladim. Pirim Abu Bakr Toyobodiy menga yozmishlarkim: Abdulmansur (zafarmand) Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘llasin, ya’ni, 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. CHunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bo‘lgan johil odamga qiyoslash mumkin: uning so‘zlari pushaymonlik va nadomat keltirgay. SHunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, po‘shaymon bo‘lmagaysan.”
Amir Temur va temuriylar davrida fuqarolarda davlat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni hurmat qilish, ularga ma’suliyatli yondashish tushunchalari shakllangan. Bu esa davlat tomonidan ilgari surilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishdagi kafolatlardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Amir Temur davlati markazlashgan davlat bo‘lib, butun hokimiyat davlat boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur davlatining boshqaruv asoslari shakllanishi rivojida kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarni hal qilishda katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh urug‘lari, yuqori martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari, bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar, bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok etganlar. Ushbu kengashda mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.Kichik kengashda Amir Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan. Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan. “Tuzuklar”da mukammal davlat boshqaruvini tashkil etish quyidagicha ifodalanadi:
- davlat daxlsizligini va mustahkamligini har tomonlama muhokama qilish;
- oliy hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi hamda mustaqil siyosat yurgizishi;
- vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar;
- markazga tobe bo‘lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining vazifalari;
- oliy davlat kengashi;
- davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi hamda mamlakat tinchligi, osoyishtaligini saqlash;
- muntazam qo‘shin tashkil etib, qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash,
lavozimlarga ko‘tarish, rag‘batlantirish va ularga maosh to‘lash;
- aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash;
- harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni(noiblar, amirlar, sipohiylar va boshq.) rag‘batlantirish;
- Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar.Zamonaviy adabiyotlarda keltirilishicha, Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning quyidagi sakkizta asosiga amal qildi:
- davlat o‘z vazifasini bajarmog‘i uchun, eng avvalo, siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi;
- davlat va jamiyatning yaxlitligi buzilmasligi;
- davlat va jamiyat muayyan bir qonunlar, trtiblar va mafkura asosida boshqarilmog‘i;
- boshqaruvning turli tabaqalari, yo‘nalishlari, sohalarini muvofiqlashtirib turuvchi ma’lum bir tizim shakllangan bo‘lishi;
- jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ahvoli davlat e’tiborida bo‘lishi;
- fan va madaniyatning ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urishiga davlat ahamiyatiga molik qat’iy siyosat sifatida qarash;
- har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra, davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi;
- davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur,mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparavchilik ila anglamog‘i.
SHu bilan birga Amir Temur yuqoridagi sakkizta asosni yana bir to‘qqizinchi asos bilan boyitdi. U ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur bo‘yicha bunday tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan. Bu tabaqalar quyidagilar edi:
1.Sayyidlar, olimlar va shayxlar.
2.Katta tajribaga ega ilmli kishilar.
3.Duo qiluvchi taqvodorlar.
4.Lashkarning sipohlari, sarhang va amirlar.
5.Askar va xalq ommasi.
6.Davlat boshqaruv ishlarini ipidan ignasigacha biladigan maslahatgo‘y, dono va aqlli kishilar.
7.Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i.
8.Tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar.
9.Muhaddislar va muarrixlar.
10.Tasavvuf vakillari va oriflar.
11.Hunarmandlar va san’atkorlar.
12.Ajnabiy sayyohlar va savdogarlar.
Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriyboshqaruv tizimidagi tartiblr bilan aloqador holda uning harbiy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lganligidan ham dalolat beradi.Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari qonunlar ustuvor bo‘lgan va fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat asoslarining yuzaga kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustuvorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan.
“Temur tuzuklari”. Amir temur shaxsi va uning buyukligi.
Rus olimi D.Logofet Temur davridagi tuzumga quyidagicha baho berib: “Yevropada Konstitutsiya haqida tushunchaga ham ega bo‘lishmagan bir davr- da ana shu Temur davlatida Konstitutsion qonunlar majmuasi mavjud bo‘lgan va amal qilgan”, deb yozgan edi. Olim Temur davlatidagi “Konstitutsion qo- nunlar majmuasi” deganda “Temur tuzuklari”ni nazarda tutgan edi.Sohibqiron Amir Temur tomonidan yozib qoldirilgan “Temur tuzuk- lari”ning bir qo‘lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja’far podshoh tomonidan mil- liy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbatiy amalga oshirgan. Tuzuklaming ana shu nusxasi XIX asr- ning oxirlarida rus tiliga tarjima qilingan va bugungi kungacha yetib kelgan. Asar butun dunyoga mashhur bo‘lib, ko‘p tillarga tarjima qilingan. Uning forscha tarjimasi ingliz mayori, professor Uayt tomonidan 1783-yilda Oks- fordda chop etilgan. Ushbu nashrning forscha matni hech o‘zgarishsiz Kalkutta va Bombey shaharlarida, 1963-yilda Eronda nashr etilgan. Asar 1787-yilda fransuz sharqshunosi L. Lyangle tomonidan fransuz tiliga ham tarjima qilinib nashr etilgan. “Temur tuzuklari” ikki bo‘lim va 56 banddan iboratdir. Kitobda bo‘limlar maqola nomi bilan atalgan.“Tuzuklar”ning birinchi bo‘limida Temurning davlatni barpo etish va mus- tahkamlash, qo‘shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklari bayon etilgan. Ikkinchi bo‘limida esa, Amir Temur tomonidan o‘tkazilgan kengash tafsilotlari va ularda Sohibqironning amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan. Shuningdek, bu bo‘limda Amir Temur nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand-u nasihatlari ham berilgan.“ .. .Davlat agar din-u oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, - deb yozadi Amir Temur, - unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xshaydi, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kas-u nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.Shuning uchun ham o‘z saltanatim binosini dini islom, to‘ra va tuzuk aso- sida mustahkamladim”.Amir Temur yana davom etib: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlami mam- lakatdan quvib chiqardim”1, - deb yozadi.Oliyjanob axloqiy fazilatlarni Amir Temur hazratlari ulug‘labgina qolmagan, balki bu fazilatlarning bajarilishini davlat hududida yashayotganfuqarolardan, hatto o‘z oila a’zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilgan.“Temur tuzuklari”da ishlab chiqilgan ayrim tamoyillarga e’tibor qaratamiz:
Birinchidan, “men o‘z saltanatim binosini dini islom va tuzuk asosida mustahkamladim”.
Ikkinchidan, hayotda davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va haqi- qatning ustuvorligini ta’minlash uchun kurashdim. Oddiy xalq manfaatlarini himoya qilish, jabrdiydalarga madadkor bo‘lish, ig‘vogar va tuhmatchilarga ishonmaslikka amal qildim... Adolat va insof bilan tangrining bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim... Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohlarga in’omlar ulashdim. Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim... Buzuqi va og‘zi shaloq g‘iybatchi odamlarni majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmat-u g‘iybat qilsalar, quloq solmadim.
Uchinchidan, davlatni boshqarish, idora qilish ishlarini halol, nasl-nasabli, asil, vijdonli, aql-farosatli, xushmuomalali, sabr-toqatli kishilarga topshirdim. Amir Temur “Davlat arboblari bag‘ri keng, og‘ir, vazmin, odamlarga nisbatan kek saqlamaydigan, kechirimli va g‘oyatda xushaxloqlilik fazilatlariga ega bo‘lishi kerak”, - deb hisoblar va bu fazilatlami juda-juda qadrlar edi: “Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim”, degandi u.
To‘rtinchidan, yuksak insoniy, axloqiy fazilatlarni ulug‘lash, noinsoniy, noaxloqiy va tubanlik ko‘rinishlariga qarshi shafqatsiz kurash. Amir Temur yozadiki, “...hozirgi damgacha o‘tgan sultonlaming qonunlarini va turish-tur- mushlarini donolardan so‘rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlarini, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim”.
“Temur tuzuklari”dagi pand-u nasihatlar T emuriy shahzodalarga bag‘ ishlab yozilgan bo‘lsa-da, bu tuzuklardagi davlat tutish ishlaridan sharq hukmdorlari, jumladan: Shoh Jahon, Buxoro amiri Abdullahadxon va Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davlat ishlarini boshqarishda keng foydalanganlar.Sovetlar davrida Amir Temur va temuriylar davri qisqa qilib tarixda saqlangan bo‘lsa-da, bu davrning buyuk sardori Amir Temur bosqinchi, jallod, kallakesar shaxs sifatida tarixda gavdalantirildi. Bu davr tarixi ham boshqa davrlar tarixi singari bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, butunlay boshqacha qiyofaga kiritildi va o‘zbek xalqi tarixi soxtalashtirildi. Hatto, shu darajaga borib yetildiki, tarixdagi boshqa hukmdorlar qilgan xunrezliklarning ayrimlari Amir Temur nomi bilan bog‘landi. Ular bu buyuk shaxsning xalq, yurt va nihoyat jahon xalqlariga qilgan ulkan xizmatlarini berkitishgacha borib yetishdi.Chunki ular bu xalq bir paytlari o‘z yurtining dunyo miqyosida alohida o‘ringa ega bo‘lganligini, shu yurt, shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda jahon ahlini lol qoldirganini, xorij davlat hukmdorlarining ko‘pchiligi o‘zlariga qaratilgan xavfdan xalos bo‘lish uchun bu sarkardadan yordam so‘raganlarini va eng muhimi, bu xalq o‘z o‘tmishining buyuk ekanligini bilishlarini hech ham xohlamas edilar.Ular o‘tmishda buyuk qudratli davlat tuzib, dunyoni titratgan, dunyo sivi- lizatsiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, jahonda bir emas, ikki marta uyg‘onish sodir etgan xalq hech qachon kimlarningdir zug‘umi, zulmi ostida yashashni istamasliklarini bilar edilar. Shu bois ham ular Amir Temurni jallod, kallakesar, bosqinchi sifatida gavdalantirib, tarix sahifalarini o‘zgartirgan edilar.O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi boy va qiziqarli tarixni haqqoniy va xolisona qayta tiklash imkoniyatini ham berdi. Biz nafaqat Amir Temur va temuriylar davri tarixini qayta tikladik, balki Amir Temur nomini oqlab, poklab, istiqlolning faxri, g‘ururi sifatida qabul qildik.
Yuqorida zikr etilgan 12 nasihat matni quyidagilardan iborat:
1. Bunday sifatlarning eng aw ali deb, men beg‘arazlikni hisobladim. Ham- maga ham men bir xil jiddiy va odil qarardim, hech kimni bir-biridan farq qil- masdim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymas edim.
2. Men har doim din aqidalariga qat’iy rioya qilardim va tangri taoloningamri bilan ulug‘langan shaxslarga hurmat bilan qarardim.
3. Men kambag‘allarga ko‘p ehson qildim: har bir mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar yaxshi hal qilishga butun jahdimni sarfladim.
4. Butun harakatimni umumiy foydaga qaratdim. Bunda birovga besabab ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘kragidan itar- madim. Qur’ondagi parvardigoming amri bandalar uchun vojibdir, degan ma’nodagi barcha oyatlarni o‘zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo‘yi bar- cha yumushlarimda ularga amal qildim.
5. Diniy masalalar bilan bog‘liq ishlarni men kundalik va dunyoviy ishlardan doimo yuqori qo‘yib keldim.
6. Men barcha so‘zlarimda haqiqatgo‘ylikka amal qildim: bu dunyo va u dunyo haqida eshitganlarimdagi haqiqatni yolg‘ondan ajrata bildim... har bir ishda adolat saqlashga va to‘g‘ri yo‘l tutishga umr bo‘yi harakat qildim.
7. Men hech qachon bajara olmaydigan va’dani bermaganman. Bergan va’damni to‘liq bajarayotib, hech bir kimsaga nohaqlik bilan ziyon yetkazmadim.
8. Men o‘zimni Ollohning yerdagi eng birinchi itoatkor bandasi, deb bildim va uning yoki payg‘ambarning amrisiz biror ishga qo‘l urmadim. Parvardigorning amrisizyerdayashayotgan xalqlarning birortasiga ziyon yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriyat qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo‘lishga intilmadim va shuningdek, hech qachon ko‘proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Men hech qachon birovga hasad bilan qaramadim.
9. Men dinga har doim birdek qaradim. Tangrining amrini va payg‘ambar hadislarida aytganlarini to‘la ado etishga intildim. Men barcha qilmishlarimda shariat yo‘sinlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o‘zimni tiydim. Payg‘ambami va uning maslakdoshlarini o‘zimning yagona va eng yaxshi do‘stlarim deb bildim.
10. Men islom bayrog‘ini baralla ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z buyukligimning qudrati deb bildim. Men iymon bilan qudrat bir onadan tug‘ilgan deb eshitganman. Shuning uchun mustahkam iymonga tayangan qudrat buyuk bo’ladur.
11.Men doimo sayyidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim. Bu kishilar, har doim mening majlisimda ishtirok etardilar. Ularning din masalalari yuzasidan aytganlarini men diqqat bilan tinglab olardim va aniq bajarardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi.
12.Men o‘zimning ikromiyatim va rahmdilligim tufayli kishilarning eng past tabaqalarining ham, hatto gadoylarning ham rahmatiga sazovor bo‘ldim. Men butun jahdim bilan bu tabaqadagi kishilarning ahvolini osonlashtirishga harakat qildim.Eshitganmanki, podshohlarning shuhrati ularning o‘z fuqarolariga rahm- dilligidadir. Eshitganmanki, xudo biror kimsani ulugMash bilan rahmat ato etgan boiadi. Tangrining bunday rahmatiga erishgan kishi esa odil va rahmdil bo’lishi kerak. Men saltanat taxtiga o‘tirishim bilan shu qoidalarga doimo amal qildim va bu sihatlarni o‘zlashtirib oldim, - deb ta’kidlangan edi ushbu nasihatlarda.
Uning harbiy siyosati davlatni boshqarishning boshqa sohalari singari asosan adolatga va bunyod- korlikka qaratilgan edi.Ba’zi mamlakatlarda adolat poymol etilgan, hukmdoming xalqqa jabr-zulmi kuchaygan hollar ham Amir Temurni shu mamlakat hukmdorlariga qarshi yurish boshlashiga majbur etgan. Bunday qilish, o‘sha mamlakatlarda adolat o‘rnatib, xalq manfaatiga yo‘l ochishlik uning amal qilgan g‘oyasi hisoblangan. Bu xususda “Tuzuklar”da quyidagilami o‘qiymiz: “Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-u fasod kuchayib ketarkan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-u fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatning sharofati bilan mamlakatni zolimning qo‘lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi”.
Amir Temur o‘z rejalarini amalga oshirish uchun urushlarsiz,qon to‘kishlarsiz harakat tarafdori edi. Besabab biror yurtga qilich ko‘tarib bormagan, imkon qadar munosabatlarni diplomatik yo‘llar bilan hal etishga harakat qilgan. Munosabatlarni tinch yo‘l bilan, diplomatiya usuli bilan hal etishni istamagan raqibga qarshi urush qilishga majbur bo‘lgan. Bu xususda hazrat Sohibqiron hayotidagi harbiy yurishlarining sabablarini quyidagi ayrim misollar orqali ham bilib olish mumkin.Amir Temur Misr hukmdori az-Zohir Sayfiddin Barquq (1390-1399) bilan diplomatik aloqalar o‘matish borasida bir necha bor yozishmalar qilgan. Mana shunday bir sharoitda Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389 - 1420) Amir Temur tomonidan Arzirun (Turkiyaning shimoli-sharqida joylashgan) shahri yaqinidagi Avnik qal’asiga hukmdor qilib qo‘yilgan Otlamish qovchinni jang- da asir olib, uni Misr sultoni saroyiga jo‘natib yuboradi5. Temur Barquqga uni qaytarish borasida 20 dan ortiq xat yuboradi. Xatlarga qo‘rslik bilan javoblar qaytaribgina qolmay, balki Temuming elchilari jazoga tortiladi. Buning usti- ga Barquq Temur dushmani To‘xtamish bilan ittifoq ham tuzadi. Bu xabarlar Temurni bu davlatga qarshi umsh ochishiga majbur etadi.Amir Temuming Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1 3 8 9 -1 4 0 2 ) bilan to‘qnashuvi ham ana shunday sabablar tufayli sodir bo‘ldi. Iroqi arab hokimi va Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf Amir Temurdan yengilgach, qochib borib, Usmoniylar saroyidan panoh topdilar. Amir Temur va Boyazid o‘rtasida elchilar qatnab, maktublar almashindi. Maktublarda Amir Temur Iroqi arab va Ozarbayjon hukmdorlarini qaroqchilik va yo‘lto‘sarlikda ayblab, ulami tutib berish yoki mamlakatdan badarg‘a etishni Boyaziddan talab qilgan. Boyazid esa bu talabni kamsituv sifatida qabul qilib, Temurga o‘ta qo‘rs ohangda javob yo’llagan. Bundan tashqari, To‘xtamish bilan ham ittifoq tuzgan. Bu holatlar ikki o‘rtada urushni keltirib chiqargan va 1402-yilda Anqara jangi bilan yakunlangan.Sohibqironning Hindistonga yurishi ham Hind hukmdorlarining mamlakat aholisiga va musulmonlarga nisbatan g‘ayriqonuniy siyosatiga, ulaming talonchiligi va Temur davlatiga xavfini yo‘qotish sababli edi. Bu haqda Sohibqironning Sherozda hukmdor bo‘lib turgan nabirasi Pirmuhammadga yozgan xatidan ham bilish mumkin. Bu xatda ushbu sabab haqida shunday yoziladi:”...Bizning ulug‘ xotiramizga yetkazilgan xabarlarga qaraganda marhum sulton Feruzshoh ...vafot etgach, zarharit ko‘llari Dehli va Islom diyoriga taalluqli boshqa joylami uning farzandlariga bermasdan, g‘oratgarlik va talon- tarojni o‘zlariga shior qilib, tojirlaming kelishib-ketishi eshiklarini berkitib, qaroqchilikni chunon avj oldiribdilarki, xarobgarchilik qilish imkoni bo‘lgan biror daqiqani bekor o‘tkazmas ekanlar”.
Amir Temurning buyuk davlat arbobi ekanligi yana shunda ko‘rinadiki, u o‘z saltanatiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqqan edi. Bunday rahbarlar Sohibqiron talabiga ko‘ra quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan:
1. Oliyjanob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi.
2. Nozik aql va ziyraklik.
3. Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinlarga murojaat qila bilish.
4. Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelmoq.
Bu qoida va talablar hokimiyatni idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o‘rinni egallagan.Amir Temuming davlat yuritish ishlarini o‘ta pishiqligini uning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan ibratomuz so‘zlaridan ham bilib olish mumkin.Amir Temur o‘z hayoti va faoliyati davomida shunday buyuk xizmatlar qildiki, uni dunyo xalqlari bugungacha yodda saqlaydilar. Uning O‘rta Osiyo tarixi va jahon tarixidagi o‘rni va roli beqiyosdir.


Download 65.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling