Mavzu: an’anaviy ijrochilik rivojlanishi: ijtimoiy-pedagogik tahlil kirish


BOB. MILLIY MUMTOZ MUSIQANING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH JARAYONLARI


Download 95.68 Kb.
bet6/10
Sana31.03.2023
Hajmi95.68 Kb.
#1311090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AN’ANAVIY IJROCHILIK RIVOJLANISHI

2 BOB. MILLIY MUMTOZ MUSIQANING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH JARAYONLARI
2.1. Milliy ijrochilik san’atining kelib chiqish jarayonlari, O‘n ikki maqom

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror uslubi va ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi.


Milliy musiqa san’atining kelib chiqishi haqida so‘z yuritilganda, ularning shakllanish jarayonlari, musiqiy tuzilishi, qomusiy sharq olimlarining musiqa ilmi, xususan, maqomlarning nazariy tuzilishi haqidagi fikrlari o‘rganiladi va tahlil qilinadi. O‘zbek milliy mumtoz musiqasining asosi Maqom san’atidir.
Asrlar davomida ulug‘ olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida balki, dunyo miqyosida katta shuhrat e’tibor qozongan.
Maqom atamasi arabcha so‘z bo‘lib, “istiqomat o‘rni”, “turar joy” ma’nolarida bildiradi. Musiqa istilohida esa maqom – musiqa cholg‘ularida kuy hosil qiladigan tovushlarning joylashadigan o‘rni ya’ni parda hisoblanadi.
Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo‘lgani haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Bu borada Sosoniylar hukmronligi davrida ya’ni Shoh Xusrav Parvez saroyida (590-568yillar) xizmat qilgan mashxur musiqachi Borbad (627 yil vafot etgan) ijodiy merosi xususan “7 xusravoniy” tizimi diqqatni jalb qiladi. Musiqashunos olimlar katta ehtimol bilan aynan shu tizim keyinchalik maqomlar shakllanishiga sababchi bo‘lgan deb hisoblashadi. Borbadning asl ismi Falahbod bo‘lib, Eronning Marv shahrida tug‘ilgan. Shu sabali, manbaalarda Borbad Marvaziy nomi bidan keltiriladi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”si, Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin”i, Amir Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav”i, shuningdek keyingi davrlarga oid qator badiiy asarlarda Borbadning issiqnafas hofiz, mohir sozanda, badihago‘y bastakor ekanligi ifodalangan. Borbad O‘rta Sharqda mumtoz musiqa san’atining ilk professional namoyanlasi darajasiga kutarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan urin olgan.
Tarixchi-musiqashunos olimlarning risolalarida Borbad hayoti va ijodiga oid ko‘plab afsona-hikoyalar keltiriladi. Borbad yetuk musiqachi bo‘lib yetishgandan so‘ng Saroy musiqachilari orasiga kirishga, o‘z iste’dodini shoh Xusravga namoyish etishga harakat qiladi. Saroy sozandalari rahbari Sarkash Borbadning noyob iktidori va o‘ta moxir ijrochi eakanligidan xabar topadi va g‘arazli niyatda Borbadni saroyga kiritmaslikka xarakat qiladi. Kunlarning birida Borbad Marvaziy saroy bog‘boniga iltimos qilib shoh Xusrav bog‘da sayr qiladigan vaqtda bog‘ga kiradi va daraxt ustiga chiqib, o‘zining Shashtor sozi orqali yoqimli bir kuy chala boshlaydi. Xusrav Parvez bog‘ni sayr qilish asnosida qaerdandir ajoyib kuy taralayotganini yeshitadi va kuy ijrochisini topib huzuriga olib kelishlarini amr etadi. Saroy sozandalaridan hech qachon bunday yoqimli navo eshitmagan shoh Xusrav Borbadni Saroy musiqachilari rahbari yetib tayinlaydi.
Yana bir rivoyatda aytilishicha, Xusrav shohning Shabdiz laqabli sevimli tulpori bo‘ladi. Ana shu oti kutilmaganda o‘lib qoladi va bu xabarni shohga yetkazishga hech kim juraat eta olmaydi. Shunda saroy a’yonlari shohning yaqin kishisi Borbadga murojaat qilishadi va Shabdiz o‘lib qolganini shohga yetkazishni iltimos qilishadi. Borbad Xusrav Parvez xuzuriga kiradi va yangi kuy ijod etgani va buni xukumdorga taqdim qilmoqchi ekanini aytadi. Shoh ijozati bilan Borbad tulpor yurishini eslatuvchi kuy boshlaydi. Asar juda yoqimli va Borbad uni moxirlik bilan ijro etayotgan yedi. Kuy asta-sekin rivojlanib, tezlashib boradi. Bu huddi otning tez chopishiga o‘xshash ohang edi. Kuyning eng avji qismida to‘satdan Borbad to‘xtaydi va jim turaveradi. Xusrav Parvez hammasini tushunadi va: “Shabdiz o‘ldimi?” – deydi, shu tariqa Borbad kuy orqali qayg‘uli xabarni shohga ustalik bilan yetkazadi. Borbadning yuqori maxorati va iste’dodi haqidagi afsonalar ko‘p va bular orqali biz o‘tmishda yashab o‘tgan ilk tizimli musiqa bastakorining ijodi haqida tasavvur hosil qilishimiz mumkin.
Shuni aytish kerakki tizimli musiqalar hususan maqom tizimlari yuzaga kelishi uchun quyidagi besh omil zarur bo‘ladi. Ular:

  1. Rivojlangan shahar madaniyati

  2. Aniq fanlarning rivojlanganligi

  3. Falsafiy tafakkurning badiiy ijodgan singishi

  4. Musiqa ilmi

  5. Kasbiy musiqa qatlami

Ana shu omillarning barchasi sharq musulmon olamida IX-X asrlarga kelib jamlandi. Aynan shu davrda aniq fanlar rivojlandi Abu Nasr Farobiyning buyuk xizmatlari o‘laroq sharq musiqa nazariyasi ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi bosqichga ko‘tarildi, diniy-falsafiy qarashlar yoyila boshladi. Ana shu omillar ta’siri o‘laroq sharqning yirik shaxarlarida O‘n ikki maqom tizimi yuzaga keldi.
O‘n ikki maqomning tarixiy taraqqiyot yo‘li, uning shakllanish jarayoni masalasi yuzasidan biror aniq fikr aytish qiyin. Chunki u davrlarda hozirgi tizimdagi nota yozuvi bo‘lmaganligi bizni o‘tmish musiqamizning jonli na’munalarini tasavvur etishga imkon bermaydi. O‘n ikki maqom tizimi haqida faqatgina nazariy ma’lumotlargina keltira olamiz.
O‘n ikki maqom tizimi (Duvozdahmaqom) deyilganda, 12 maqom, ularning ma’lum qismlari asosida yuzaga kelgan tovushqatorlarning ma’lum turlari – 24 sho‘ba, 6 ovoz va murakkabot, deb atalgan lad ko‘rinishlari tushuniladi.
Ma’lumki, Sharq musiqa nazariyasi sohasida Safiuddin Urmaviy maqomlarni tizimlashtirish borasida ajoyib ishlar olib borgan edi. Bu tizim XV asr musiqa olimlari tomonidan yanada mukkammalashtirildi. Maqom, sho‘ba va ovozlar muayyan bir shaklda, yaxlit tizim asosida ta’riflanadigan bo‘ldi. Ularning hammasi jam’lar, deb hisoblansa-da, diapazoni turlicha bo‘lgan, shu bilan birga tovushqatorlar ifodasi bo‘lgan shu jam’lar tarkibidan ajralib chiqqan. 12 maqomning har biri ham jam’lar orasidan ajratib olingan mashhur lad uyushmalaridir. Manbalardan ma’lumki, jam’lar jinslarni qo‘shish bilan hosil etiladi.
XV asr musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan risolalarda jinslar ikki guruhga bo‘linib tushuntiriladi. Birinchi guruhga kvarta diapazonidagi to‘rt pog‘onali tovushqator (tetraxord)lar va ikkinchi guruhga kvinta diapazonidagi besh pog‘onali tovushqator (pentaxord)lar kiradi. Ba’zan jinslar birinchi guruhda besh pog‘onali, ikkinchi guruhda esa olti pog‘onali (geksaxord) bo‘lib ham keladi. Jinslar va jam’lar hozirgi nota tizimidagi temperatsiya etilgan diatonik tovushqatorlardan farq etadi. Yuqorida aytilganidek, ularda butun yoki yarim tondan bir oz kichikroq yoki kattaroq intervallar ham uchraydi.
O‘n ikki (Duvozdah) maqomning O‘rta Osiyo, Xuroson, Ozarbayjon xalqlari musiqasida eng taraqqiy etgan davri, taxminan XIII-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Shu xalqlar musiqa nazariyasiga oid yozma manbalar fikrimizning dalili bo‘lib xizmat etadi.
O‘n ikki maqomning tarixiy taraqqiyot yo‘li, uning shakllanish jarayoni masalasi yuzasidan biror aniq fikr aytish qiyin. Chunki u davrlarda hozirgi ma’nodagi nota yozuvi bo‘lmaganligi bizni o‘tmish musiqamizning jonli namunalarini tasavvur etishga imkon bermaydi.
Maqomlarning yaratilishi juda qadim zamonlarga borib taqalsa-da, biz ularni O‘n ikki maqom shaklida musiqa risolalarida berilgan mulohazalarga suyanibgina sharhlay olamiz.
Maqomlar turli shakllarda va miqdorda yashab keldi. Ularning O‘n ikki maqom shakli, ayniqsa, XIII-XV asrlardagi musiqa risolalarida aniqroq yoritilganligi, bu davrda ularning mashhur bo‘lib ketganligidan, xalq ommasi orasiga keng yoyilganligidan va musiqa amaliyotida muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi.
O‘n ikki maqom O‘rta Osiyo xalqlari musiqasida va Xurosonda qariyb Shashmaqom shakllangan davrgacha, yaxlit holda yashab keldi, deb o‘ylash mumkin. Shuning uchun ham XV-XVIII asrlarda yaratilgan musiqaga oid nazariy risolalarda O‘n ikki maqom masalasi asosiy o‘rin egallaydi.
Maqom tushunchasi so‘nggi davrlardagi ta’rif bo‘yicha ham “ijro etiladigan kuy va ashulalarning lad asosi” bo‘lib qola beradi. Musiqa risolalarida “maqom” atamasi “parda” iborasi bilan ham ataladiki, bu tushunchalar hozirgi zamon musiqa nazariyasida ladni bildiraveradi.
Demak, O‘n ikki maqom yoki parda o‘n ikki turli lad va ularga mos keluvchi musiqa asarlari ifodasidir. Maqomlarning boshlanish pardasi ham yuqorida aytilganidek ularning o‘zlari mansub bo‘lgan maqomlar nomi bilan ataladi. Shuni ham uqdirib o‘tish kerakka, O‘n ikki maqom hamda maqomlarning boshqa turlaridagi jonli musiqa asarlarida, asosiy lad qurilmalari chegarasidan chiqish hollari tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Musiqa risolalarida mualliflar dastlab, 12 maqom nomini sanab ko‘rsatganlar. Ular – Ushshoq, Navo, Buslik (Abu Salik), Rost, Husayniy, Hijoz, (Rahoviy), Zangula, Iroq, Isfahon, Zirafkand (yoki Kuchak) va Buzurg (Buzruk) maqomlaridir [21; 91].

Download 95.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling