Mavzu: an’anaviy ijrochilik rivojlanishi: ijtimoiy-pedagogik tahlil kirish


Download 95.68 Kb.
bet8/10
Sana31.03.2023
Hajmi95.68 Kb.
#1311090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AN’ANAVIY IJROCHILIK RIVOJLANISHI

5. Maqomi Husayniy. Husayniy so‘zi ma’lum shaxsning (bastakorning) ismidir. Husayniyning tovushqatori va pog‘onalari ud sozining quyidagi pardalaridan chiqarib olinadi, intervallari va sentlari esa quyidagicha:
Misoli:

Demak, shunday lad tovushqatorlariga mos kuy va ashulalar Husayniyga aloqadordir.


6. Maqomi Hijoziy. Hijoz – Arabistonda Makka va Madina hamda ular atrofidagi past-tekislikka ishora etilgan maqom nomidir. Lekin bu maqomni arab musiqasiga tegishli, deb qaramaslik kerak. Uning O‘rta Osiyo, Huroson va Ozarbayjonda qo‘llaniladigan boshqa nomi Segoh iborasi bilan mashhurdir.
Hijozning tovushqatori pog‘onalari, intervallari hamda sentlari Ud torlari va pardalarida bunday:
Misol:

Demak, shunday lad tovushqatorlariga mos keladigan kuy va ashulalar maqomi Hijoziyga kiradi.


7. Maqomi Rahoviy (Rohuviy). Kavkabiy (XVI asr)ning risolasida ko‘rsatilishicha, bu Rum shaharlarining birinchi nomi bo‘lgan. Musiqaga oid boshqa manbalarda Rahoviy O‘n ikki maqomlardan birining nomi ekanligi va hindlarda lalt (yoki lilt) nomi bilan mashhur ekani ko‘rsatiladi. Ba’zi mulohazalarga ko‘ra, u “rah” yoki “roh” – yo‘l ma’nolarida ham keladi. Chunki maqomlarning bizgacha etib kelgan variantlari va xalq musiqa asarlarida “Suvoriy” nomi bilan mashhur otliqlar yurishini tasvir etadigan kuy va ashula yo‘llari ko‘plab uchraydi. “Suvoriy” – otliqlar yurishiga tegishli degan ma’noda kelsa, Rahoviy yo‘lga, yo‘l yuritishga tegishli ma’nolarni beradi. “Rahoviy” so‘zining bizning kungacha etib kelgan shakli “Suvoriy” bo‘lsa ham ehtimol.
8. Maqomi Zangula. “Zangula” (“qo‘ng‘iroq”, “qo‘ng‘iroqcha”) so‘zi tuya bo‘yniga ilinadigan yoki do‘mbiraga bog‘lanadigan qo‘ng‘iroq (zang) ma’nosida ham keladi. Undan tashqari, raqs tushishda qo‘l-oyoqqa taqib jiringlatiladigan mayda qo‘ng‘iroqchalar ham shu ibora bilan ataladi. Zangula nomi bilan atalgan maqom, ko‘proq raqs va ashulalaridan iborat bo‘lsa kerak.
Zangulaning tovushqatori, pog‘onalari va intervallari ud sozining quyidagi pardalaridan chiqarib olinadi hamda sentlari quyidagicha:

Demak shunday tovushqator Zangulaning lad asosidir.
9. Maqomi Iroq. “Iroq” iborasi hammaga ma’lum mamlakatning nomi va unga nisbatan berilgan O‘n ikki maqom va Shashmaqomdagi muayyan maqom nomidir. Uning tovushqatorini ud sozi torlari va pardalaridan chiqarib olinadigan o‘rni hamda sentlari quyidagichadir:

Iroq maqomining boshqa varianti ham borki, uning lad tovushqatoridagi pog‘onalari, intervallari va sentlari ud sozining quyidagi pardalariga to‘g‘ri keladi:

Iroq maqomining bu variantida oxirgi interval bo‘d ikkita 180 va 24 sentli intervallarga aylantirilgan. Bunday hollar o‘rta asr Sharq musiqa nazariyasida uchrab turadi va maqomlar nomiga zoid (orttirilgan) iborasi qo‘shib o‘qiladi. Iroq maqomi haqida Shashmaqom bo‘limida yana to‘xtab o‘tiladi.

Download 95.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling