Mavzu: an’anaviy ijrochilik rivojlanishi: ijtimoiy-pedagogik tahlil kirish


Download 95.68 Kb.
bet7/10
Sana31.03.2023
Hajmi95.68 Kb.
#1311090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AN’ANAVIY IJROCHILIK RIVOJLANISHI

1. Maqomi Ushshoq. “Ushshoq” iborasi arabcha “oshiq” so‘zining ko‘pligi, ya’ni “oshiqlar” demakdir. Dastlab, bu maqom lirik kayfiyatlarni ifodalagan. Ushshoq maqomi lirik (ishqiy) she’rlar bilan ijro etiladigan asar hamda oshiqlar tilidan aytilgani uchun unga “Ushshoq” nomi berilgan bo‘lsa kerak. U, yuqorida zikr etilgan jam’lar jumlasidan birinchi doira hisobalanadi, shuning uchun Sharq musiqa olimlari Ushshoqni eng qadimgi, ya’ni birinchi maqom, deb ataganlar.
2. Maqomi Navo. “Navo” so‘zi – kuy, ohang, mungli kuy ma’nolarida keladi, ya’ni “navo chekish” demakdir. (Navoiy ham o‘z taxallusini shu so‘zdan olib, gul (mahbub) ishqida navo chekuvchi bulbul ma’nosida ishlatgan edi). Navo ham qadimiy maqomlardan biridir. Uni “Nag‘mai Dovudiy” deb ham ataganlar. Bu xaqda XVI-XVIII asr manbalarida rivoyat va afsonalar keltiriladi.
Maqomi Navo jam’larning to‘qson bir turi jumlasidan o‘n beshinchi (Husayniyning “Qonun”ida esa o‘n to‘rtinchi) doirani tashkil etadi, ya’ni birinchi guruh jinslarning II nav’i bilan ikkinchi guruhni tashkil etgan jinslarning II nav’i qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
3. Maqomi Buslik. Musiqaga oid risolalarda ko‘rsatilishicha Buslik so‘zi ismi xos Abu Salikdan olingan. Maqomi Buslikning tovushqtori frigiy deb atalgan natural ladga mos kelib, uning notadagi ifodalanishi quyidagichadir:
Misoli:

Shuni ham aytib o‘tish lozimki, o‘zbek-tojik xalqlari musiqasida Ushshoq, Navo va Buslik maqomlari tovushqatorlariga hech qanday o‘zgarishsiz mos keladigan kuy va ashulalar juda ko‘p uchraydi. Buslik maqomining lad tovushqatorlaridagi to‘rtinchi-beshinchi pog‘onalar oralig‘i bu xalqlar musiqasida yarim parda o‘rniga butun parda bo‘lgan hollar ayniqsa ko‘p uchraydi.
4. Maqomi Rost. Rost so‘zi o‘zbek, tojik xalqlarida rost, ya’ni mos keladigan ma’noda ishlatiladi. XVI-XVII asr musiqa risolalarida ko‘rsatilishcha, ko‘pchilik kuy va ashulalar shu lad tovushqatorining dastlabki pardasidan boshlanib, ularning ko‘pi shu ladga mos kelgani uchun ham Rost nomini olgan. Shu sababli Rost maqomini “ummul-advor”, ya’ni jam’ doiralarining onasi, deb ataganlar.

Download 95.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling