Mavzu: an’anaviy ijrochilik rivojlanishi: ijtimoiy-pedagogik tahlil kirish


Download 95.68 Kb.
bet9/10
Sana31.03.2023
Hajmi95.68 Kb.
#1311090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AN’ANAVIY IJROCHILIK RIVOJLANISHI

10. Maqomi Isfahon. Isfahon eronning mashhur shaharlaridan biri. Bu nom shu shaharga nisbat berilgan. Maqomi Isfahonning ladi, va uni tashkil etgan pog‘onalari hamda intervallari ud sozining quyidagi pardalaridan hosil qilinadi.

Demak, shunday lad tovushqatoriga mos kuy va ashulalar majmuasi Isfahon maqomiga kiradi.
11. Maqomi Zirafkand yoki Kuchak. Zirafkand ‑ pastga sakrash, tushish va to‘shak, yotish payti ma’nolarida keladi. Bunga sabab, o‘tmishda bu maqom turli maqsadlarda ijro etilganligidir. XVIII-XIX asrlarda yozilgan ba’zi musiqa risolalarida ko‘rsatilishcha, har bir maqom kunning ma’lum vaqtlaridagi inson kayfiyatini aks ettirgan (quyiroqqa qarang). Zirafkand yotar vaqtdagi kayfiyatni aks ettirgani uchun shu nomni olgan bo‘lsa ehtimol. Zirafkandning “uzzol” ma’nosi ham bor (Shashmaqom bo‘limiga qarang). Uning ikkinchi nomi esa Kuchak (kichik) maqomidir.
Uning lad tovushqatori pog‘onalari va ular orasidagi intervallari va sentlari ud cholg‘usida quyidagichadir:

Maqomi Zirafkandga kiradigan kuy va ashulalaring lad asosi shunday tovushqatordan iborat.
12. Maqomi Buzurg (Buzruk). Buzurg – katta, ulug‘ ma’nolarida kelib, ulug‘ maqom demakdir. Hatto Shashmaqomdagi shaklida ham u juda ko‘p kuy va ashulalarni o‘z ichiga olgan.
Maqomi Buzrukning lad tovushqatori, pog‘onalari va ularning orasidagi intervallar quyidagichadir:

Demak, shunday lad tovushqatoriga mos kelgan kuy va ashulalar Buzurg maqomiga xosdir.
O‘n ikki maqom XIII-XV asr musiqa risolalarida shunday ta’riflanadi. Shuni ham aytish kerakki, har bir maqomning tovushqatori udning boshqa pardalaridan ham hosil qilinishi mumkin. Shuning uchun Zaynulobidin Husayniy maqomlarning yuqorida keltirilgan pardalaridan tashqari ularning tovushqatorlarini chiqarib olish mumkin bo‘lgan udning boshqa pardalaridagi variantlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Binobarin, maqomlar boshqa tonikadan boshlanganda yuz beradigan o‘zgarishlarni ham aytib o‘tgan. Chunki maqomlar tushunchasiga binoan, ularning hammasi uchun tonika vazifasini ma’lum nota (ya’ni bu erda sol yoki do notasi) bajara olmaydi. Hatto Shashmaqomda ham har bir maqom ma’lum tonikadan boshlanadigan tovushqator tushunchasini ham ifodalaydi (bu erda udning boshqa pardalaridan chiqarib olinganda hosil bo‘ladigan maqom tovushqatorlari keltirilmadi).
O‘n ikki maqom tizimiga ular asosida yaratilgan Ovoz nomi bilan mashhur bo‘lgan olti turli lad uyushmalari, maqomlarning shoxobchalari hisoblangan ularning yigirma to‘rtta sho‘balari kiradi.

Download 95.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling