Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet21/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Anlanta uchun kurash

Sharqda olib borilgan Overlend kampaniyasi bilan bir vaqtda g’arbda Anlanta uchun kurash nomi bilan mashhur bo’lgan kampaniya ham boshlangan edi. Tennessi armiyasining Chattanug jangidan so’ng zaiflashib qolganligidan foydalanishga qaror qilgan general Sherman armiyasi Anlantaga hujum boshlaydi. 27-iyunda Kenneso to’gi yaqinida sodir bo’lgan jangda Sherman armiyasi general Jonston qismlariga qarshi front bo’ylab hujumga o’tadi, lekin janubliklar mudofaani saqlab qolishga muvaffaq bo’ladilar. Shunday bo’lsada, Jonston qo’mondonlikdan chetlashtiriladi va uning o’rniga Jon Bell Xud tayinlanadi.

4 oy davom etgan hujumlardan keyin, 1864-yil 2-sentabrida federal armiya Anlantaga kirib keldi. General Xud Sherman armiyasini orqadan aylanib o’tib hujum qilishga harakat qildi, biroq 15-noyabrda Sherman taqibni to’xtatdi va o’zining mashhur “dengizga yurish”ini amalga oshirib, 1864-yil 22-dekabrda Savannani egalladi. “Dengiz yurishi” boshlanishi bilan general Xud general Tomasning armiyasiga hujum qilishga va uni qismlarga bo’lib yanchib tashlashga qaror qiladi. Biroq 16-dekabrda sodir bo’lgan Neshvill jangida Tennessi armiyasi butunlay tor-mor etiladi va harakatdan to’xtatiladi.

Harbiy muvaffaqiyatlar 1864-yilgi prezidentlik saylovlariga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Ittifoqni tiklash va qullikni bekor qilish shartlari ostida tinchlikka erishishni yoqlab chiqqan Linkoln ikkinchi marta AQSh prezidenti etib saylandi.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling