1865-yil janglar
Shermanning dengizga yurishi
1865-yil 1-fevralida general Sherman general Grantning asosiy kuchlariga qo’shilish uchun Savannadan yo’lga chiqdi. Uning janubiy Karolina orqali harakatlanishi ko’plab yo’qotishlarga sabab bo’lgan bo’lsada, 18-fevralda Charlstonning egallanishi bilan yakunlanadi. Oradan bir oy o’tib uning armiyasi Shimoliy Karolinada Ittifoqning asosiy kuchlariga qo’shilishga muvaffaq bo’ladi.
Appomattoks kampaniyasi va urushning tugashi
1865-yil bahoriga kelib general Grantning 115 ming kishidan iborat edi. 54 ming kishilik armiyaga ega bo’lgan general Li 1-aprelda sodir bo’lgan Fayv-Foks jangida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Petersbergni, 2-aprelda AKSh poytaxti Richmondni tashlab chiqishga qaror qiladi. 1865-yil 9-aprelda Janub armiyasining qolgan-qutgan qismlari Appomatoksda Grantga taslim bo’ladi. 1865-yil 10-mayda AKSh prezidenti J. Devis va uning hukumati a’zolari qamoqqa olingach, Konfederatsiya o’z mavjudligini tougatdi. 12-13-mayda Fuqarolar urushining oxirgi, biroq janubliklar g’alabasi bilan tugagan Palmito jangi bo’lib o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |