Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet22/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Petersbergning qamali

Viriginiya shtatida joylashgan Petersbergning qamal qilinishi va shahar atrofida sodir bo’lgan qator janglar bilan birga Fuqarolar urushining oxirgi bosqichini tashkil etib, bu kampaniya 1864-yil 9-iyundan 1865-yil 25-martiga (boshqa manbalarga ko’ra 3-aprelga) qadar davom etdi.

General Grant federal armiya qo’mondonligini qabul qilgach, qurbonlar bilan hisoblashmasdan dushmanga doimiy bosim o’tkazish taktikasini o’z harbiy strategiyasining asosi etib belgilaydi. Qurbonlar sonining ortib borishiga qaramasdan, u qaysarlik bilan janub tomonga harakat qilar va Richmondga yaqinlashib borar edi. Biroq Kold-Xarbor yaqinidagi jangda general Li uni to’xtatishga muvaffaq bo’ladi. Dushmanning qarshiligini sindira olmagan Grant, o’z strategiyasidan voz kechishga va armiyasini Petersburgga tashlashga majbur bo’ldi. U shaharni bir zarba bian egallay olmaydi va shu tariqa uzoq davom etgan Petersberg qamali boshlanadi. Dushmanni aylanib o’tishga imkoniyati bo’lmagan general Li Petersbergni tark etishga majbur bo’ladi. Umuman olganda, Petersberg kampaniyasi deyarli local janglardan iborat bo’lib, yo’llarni egallash yoki ushlab turish, fortlarni ishg’ol etish yoki ushlab turish hamda chalg’ituvchi harakatlarning ko’pligi bilan izohlanadi.

Urushning bu davri janglarda qora tanlilardan tuzilgan “rangli otryadlar”ning ommaviy ravishda qo’llanilgani bilan ham xarakterlanadi. Ularning yo’qotishlari, ayniqsa, Varonka va Chaffins-Farm janglarida nihoyatda ko’pchilikni tashkil etdi.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling