Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet23/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Dengizdagi harbiy harakatlar

1864-yil boshlarida dengizdagi harbiy harakatlar tarixida muhim voqealardan biri sodir bo’ldi. 17-fevralda Konfederatsiyaning “H.L. Hunley” deb nomlangan suv osti kemasi shimolning “Xausatonik” nomli kemasini cho’ktirib yuboradi. “H.L.Hunley”ning o’zi ham halok bo’lishiga qaramasdan bu jang dengiz janglari tarixida birinchi marta suv osti kemalaridan foydalanilganligi bilan ajralib turadi.

1864-yilda federal flotning kuchaytirilishi shunga olib keldiki, Konfederatsiya dengiz qamalini yorib o’tish fikridan butunlay voz kechdi va o’zining butun e’tiborini sohillarni himoya qilishga qaratdi. Shunga qaramasdan, Konfederatsiya floti CSS “Albemarle” zirhlisi yordamida hujum operatsiyasini amalga oshirishga va bir necha oy davomida Albemarle ko’rfazida nazorat o’rnatishga muvaffaq bo’ladilar. Biroq, 1864-yil 28-oktabrda CSS “Albemarle” federal flotning shiddatli hujumi natijasida cho’tirib yuborildi va shimolliklar ko’rfaz ustidan o’z nazorati qayta tikladilar. 2-23-avgust kunlari Mobayl ko’rfazi uchun sodir bo’lgan dengiz jangi ham 1864-yil harakatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Mobayl janubliklarning Meksika qo’ltig’ida joylashgan oxirgi porti bo’lisb, uning ishg’ol etilishi juda katta strategik ahamiyatga ega bo’lgan. Bu vazifani admiral Devid Farragut qo’mondonligidagi eskadriliya muvaffaqiyat bilan bajardi va Mobaylni qo’riqlayotgan CSS Tennessee zirhlisi taslim bo’lishga majbur etdi. Okeanlarda Janub kreyserlari shimolliklarning dengiz savdosiga sezilarli zarar yetkazdilar. Biroq, 1864-yil iyunida janubning mashhur “Alabama” reyderi Fransiyaning sherbur porti yaqinida cho’ktirib yuboriladi. Janubning boshqa mashhur reyderi “Florida” esa shu yilning oktabrida Braziliyaning Bayya portida federal flot tomonidan qo’lgan olinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, federal flotning mazkur keskin harakati AQSh hukumati va Braziliya imperiyasi o’rtasida munosabatlarning sovuqlashuviga sabab bo’lgan edi.


Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling