Urushning tugashi
Konfederatsiya armiyasi qismlarining taslim bo’lishi iyun oyi oxirlariga qadar davom etdi. 1865-yil 23-iyunda general S. Ueyt boshchiligidagi hindu qismlari taslim bo’ladi. Konfederatsiya harbiy dengiz flotining ayrim qismlari rasmiy kapitulatsiyadan keyin ham harbiy harakatlarni davom ettiradilar. Masalan, CSS Shenandoa kreyseri Tinch okeanida shimolliklarning kemalariga hujum qilishni davom ettiradi. Gap shundaki, kema kapitani urushning tugaganligi haqidagi xabarni ancha kech olgan edi. Anlantika okeanida esa Fransiyada qurilgan CSS Stounouoll Jekson zirhlisi urush tugagandan so’ng bir necha kun o’tib Gavanaga yetib keladi.
1865-yil 14-aprelda AQSh prezidenti A. Linkolnga Konfederatsiya tarafdori bo’lgan qotil tomonidan suiqasd uyushtiriladi. Og’ir yaralangan Linkoln o’ziga kelmasdan, 15-aprelda olamdan o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |