Mavzu: atmosfera havosini mexanik va filtrlash usullar bilan changdan tozalash
a) Forsunka usulida ishlab chiqarilgan qurumli gazlarni rekuperatsiya
Download 367.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-МА\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-rasm. Korxonalarda hosil bo‘lgan qurumli gazlarni rekuperatsiya qilish.
a) Forsunka usulida ishlab chiqarilgan qurumli gazlarni rekuperatsiya
qilish sxemasi: 1 -elektro filtr; 2-gaztortgich; 3-siklo n la r; 4 - ventilatorning pnevmotransporteri. 5 b) Natriyni fosfat quritish jarayonida hosil bo‘lgan changni rekuperatsiyalash sxemasi: 1-puflagichli quritgich; 2 -batareyali siklonlar; 3 -gaz tortgich (nasos); 4 -tekis skrubber; 5-nasos; 6 -sovitgich eritma uchun idish; 6 -turbokalsiatr. d) Karbamid ishlab chiqarishda tarkibida gaz holatida ammiak, chang holatida karbamid bilan aralashma gazni rekuperatsiya qilish sxemasi. 1- ko‘pikli qurilm a; 2-ventilyator; 3-kondensat uchun idish; 4-oraliq idish; 5- nasos; 6-yutuvchi suyuqlik uchun idish. 2.2-rasm. Korxonalarda hosil bo‘lgan qurumli gazlarni rekuperatsiya qilish. Changni qaytadan ishlab chiqarishga berishni tashkil qilish. Ushbu usul eng keng qo'llaniladi va yuqori samarali usul bo‘lib, korxonada chiqindisiz texnologik jarayonni hosil qilish imkonini beradi (2.2-d-rasm). Bir korxonada hosil b o ‘lgan changni ikkinchi korxonada xomashyo sifatida foydalanish yo‘li bilan rekuperatsiya qilish. Bu usul asosan kimyo korxonalarida 6 hosil bo'lgan changni rekuperatsiya qilish uchun qo‘llan iladi. Masalan: H 2 SO 4 ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chang tarkibida S 2 0 3 bor bo'lgan gazni batareyali siklonlar va elektrofiltrlar yordamida ushlab qolib maxsus ishlov berilgandan so‘ng shaxtalarda, cho‘yan eritish uchun ishlatiladi. Ushbu olinayotgan H 2 SO 4 quyidagi tarkibda olinadi: 40-60% Fe, 1-2 % S, 0.33 - 0.42 % Сu, 0.42 - 1.3 % Zn, 0.32 - 0.58 % Sn , 1 0 - 20 g /t nodir metallar. Qurilish maqsadida changdan foydalanish. Ushbu usul juda keng tarqalgan bo'lib, quyidagicha amalga oshiriladi: 1) qurilish materiallari ishlab chiqarishda (tsement ishlab chiqarishda tutib olingan sement changni xomashyo sifatida ishlatiladi); 2) qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida ishlab olingan changdan mayda dispers to‘ldirgich sifatid a foydalanish mumkin (asfalt qotishmalari, izolatsion materiallar, kleyli massalar olish vah .k .). Qishloq xo‘jaligida foydalanish. Ba’zi sanoat changlari tarkibida o‘simliklar uchun yaxshi ozuqa vazifasini o‘tay oladigan elementlar bo’ladi. Shuning uchun, qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Masalan: sement ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chang tarkibida 15% CaO, 22% P 2 O 5 , mavjud. Chang tarkibidagi foydali komponentlarni ajratib olish uchun qayta ishlash. Turli metallurgiya korxonalarida ajralib chiqadigan changlar tarkibida qimmatbaho metallaming kukunlari bo‘lishi mumkin. Ularni ajratib olishda flotidorlardan foydalaniladi, bunda rangli qimmatbaho metallar ajratib olinadi. Changni ba’zi fizik-kimyoviy xususiyatlaridan foydalanish jarayonlarida ishlatish. Ba’zi changlar suspenziyaga solinganda cho‘kmani suvsizlantirish xususiyatiga ega. Nazоrat savоllari. 1. Gaz yuvuvchi qurilmalarning afzalligi va kamchiliklari nimadan ibоrat? 2. Gaz yuvuvchi qurilmalar qanday sinflarga bo’linadi? 3. Еngli filtrning tuzilishini tushuntiring. 4. Elеktrоfiltrlarning ishlash printsipini tushuntiring. 5. Gaz tоzalaydigan qurilmalarning samaradоrligi qanday aniqlanadi? 6. Suyuqlik sоchib bеruvchi qurilmani tuzilishi va ishlash prinsipini ayting. 7. Nasadkali skrubеrlar qanday gazlarni tоzalashda tishlatiladi? 8. Markazdan qоchama skurubеrlarni ishlash printsipini va tuzilishini ayting. Download 367.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling