Mavzu: Ba'zi bir pallali o't o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Reja: Kirish


Download 36.33 Kb.
bet7/8
Sana27.01.2023
Hajmi36.33 Kb.
#1132376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ba\'zi bir pallali o\'t o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi.

X U L O S A
Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae. Bu sinf vakillari yer yuzining hamma joylarida tarqalgan bo‘lib, tarkibida 4 ta kenja sinf, 104 oila, 3000 avlod va 63. 000 turni birlashtirgan. Bir pallali o‘simliklar o‘ziga xos belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi. Bu sinfga kiradigan o‘simliklarning ichki tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ularda poya va ildizlarining yo‘g‘onlashmasligiga sabab po‘stloq bilan markaziy silindr qismi o‘rtasida ikkilamchi paydo qiluvchi to‘qima - kambiy qavatning bo‘lmasligidadir. Lekin, ayrim bir pallalilardan yog‘ochsimon dratsena, yukkalarda kambiyning hosil bo‘lishi bilan ular eniga yo‘g‘onlashadi. Bir pallali o‘simliklarning o‘qildizi bir vaqt qurib qolishi tufayli poyasining pastki tomonidan qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqib, sochma - popik ildizni hosil qiladi. Barglari oddiy paralel yoki yoysimon tomirlangan. Barg shakllari lansetsimon, lentasimon chiziqsimon, naychasimon, tuxumsimon bo‘ladi.


Yog‘ochlik o‘simliklarning poyasi yosh davrida epidermis bilan, keyinchalik ikkilamchi qoplog‘ich to‘qima-periderma bilan o‘ralib oladi. Peridermani probka kambiyasi, ya’ni-fellogen ishlab chiqaradi. Fellogen o‘zidan yuqoriga fellemani,ichkariga fellodermani ishlab chiqaradi. Fellogenning o‘zi epidermisdan yoki po‘stloqning tirik xujayralaridan xosil bo‘ladi. Probka bilan qoplangan qavat o‘zidan suv va havoni o‘tkazmaydi. Probka bilan qoplangan poyalarda chechevichkalar bo‘ladi. O‘simlik chechevichka orqali nafas oladi hamda ortiqcha suvlarni bug‘latib turadi. Peridermaning ichkarisida birlamchi po‘stloqning hujayralari joylashgan. Ularda oziq moddalar to‘playdi. Ba’zan bu hujayralarda kristallar ham uchraydi. Mas: lipaning poyasida ko‘rish mumkin. Ba’zi bir o‘simliklarning po‘stlog‘ida smola yo‘llari yoki efir moylari ishlab chiqaruvchi bezli hujayralar joylashgan bo‘ladi. Poyaning markaziy silindri peretsikldan boshlanadi. Peretsikldan ichkarida, ya’ni ikkilamchi po‘stloqda floema joylashgan. Poyaning yog‘ochlik qismi ksilema va o‘zakdan iborat. Ksilema bilan floema o‘rtasida kambiy bo‘linib ko‘payib turadi. Kambiy hujayralari faqat qishda bo‘linishdan to‘xtaydi. Kambiy o‘zidan yuqoriga floema elementlarini ichkari tomonga esa, ksilema elementlarini ishlab chiqaradi. Floemaga nisbatan ksilema qismi bir-necha martaba oshiq ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham poyaning po‘stloq qismiga nisbatan yog‘ochlik qismi qalin bo‘ladi. Daraxtlarning yog‘ochlik qismiga qarab, yoshini aytish mumkin. Kambiyning bahorda ishlab chiqargan suv naylari yirik, yupqa po‘stlik, ksilema elementlari siyrak joylashgan bo‘ladi. Kambiyning kuzda ishlab chiqargan suv naylari mayda, qalin po‘stlik, ksilema elementlari zich joylashgan bo‘ladi. Natijada bahor bilan kuz o‘rtasida yillik chegara xalqa xosil bo‘ladi. Bu xalqalarni yillik xalqa deyishadi. Yillik xalqalarning soniga qarab, o‘simliklarning yoshi aytiladi. O‘zakdan po‘stloqqa qarab o‘zak nur hujayralari joylashgan bo‘ladi. O‘zak nur hujayralari po‘stloqqa suv va mineral moddalarni, po‘sloqdan markazga esa organik moddalarni o‘tkazadi. Daraxtlarning yog‘ochlik qismi markaziy tomoni "Yadro" bo‘lib hisoblanadi. Markazda bo‘lgan suv naylarining teshiklari berkiladi. Suv naylari hamda ksilemaning parenxim xujayralarining po‘sti oshlovchi moddalar, smola yoki boshqa organik moddalar bilan sug‘oriladi. Shuning uchun daraxtning poyasi juda mustaxkam bo‘ladi. Shuning uchun ham paxtaning poyasi duradgorlikda ishlatiladi. Daraxtlarda "Yadro" 14-20 yilda tuziladi. Mas:qarag‘ayda "yadro" 30 yilda tuziladi. Yadroning qattiqligi o‘simlikning yoshiga bog‘liq emas,ob-havoga, tuproqqa bog‘liq. "Yadro" tuzilgandan so‘ng ksilemaning "Yadro" atrofidagi yosh qismi o‘tkazuvchanlik vazifasini bajarib turadi.

Download 36.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling