Mavzu: Bojxona statistikasi


Download 218.5 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1580875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bojxona statistikasi

Bojxona statistikasi – tashqi iqtisodiy aloqdlar statistikasining tarmogi bo`lib, bojxona organlari faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni miqdor jixatdan sifat tarkibi bilan uzviy bog`lagan xolda makon va zamonda taxlil qiladi. Bojxona statistikasi ma’lumotlari asosida mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati taxlil qilinadi va kelgusi istiqbol rejalari tuziladi.
Shuningdek, bojxona statistikasi bojxona to’lovlarining xisoblanishi, valyuta nazorati, bojxona qiymatini nazorat qilish, bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar xarakati, xalqaro yuk tashishlar, kontrabanda va bojxona to’g’risidagi kirim xujjatlarining buzilishiga qarshi kurashish, bojxona organlarini kadrlar bilan jamlash va shu kabi boshqa soxalarda bojxona organlari faoliyati yakunlari buyicha yuritiladigan miqdoriy ko’rsatkichlarni xam o’rganadi.
Bojxona statistikasini yuritishning xuquqiy asoslari quyidagi xujjatlarda keltirilgan: - O’zbekistan Respublikasi Bojxona kodeksining 375,376,377-moddalari;
- O’zbekistan Respublikasining 1997-yil 29-avgustdai «Davlat bojxona xizmati to’grisida»gi qonuni;
- O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyulda «O’zbekis­ton Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasini tashkil etish to’g`risida»gi 1815-son farmoni;
- O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 30-iyulda «O’zbekistan Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining faoliyatini tash­kil etish masalalari to’g`risida»gi 374-son qarori.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan xolda, bojxona sta­tistikasi O’zbekistan Respublikasi chegaralari orqali olib o’tilayotgan tovarlar xisobini yurituvchi - tashqi savdo bojxona statistikasi va boj­xona organlarining turli yo’nalishlardagi ma’lum davr yakunlari bo’yicha faoliyati xisobini yurituvchi - maxsus bojxona statistikasiga bo’linadi.

Bojxoana statistikasi



Tashqi savdo bojxona statistikasi



Maxsus bojxona statistikasi

Bojxona statistikasida kuzatish va o’rganish predmetining bir yo’nalishi


- mamlakatning tashqi savdo aylanmasi, ya’ni tovarlarning miqdoriy va qiymat tomonidan ifodalangan ko’rsatkichlaridir. Shuni xam aytish joizki, bojxona statistikasi miqdor va qiymat ko’rsatkichlaridan tashqari, bojxona chegarasidan olib o’tilayotgan tovarlarning boshqa xususiyatlarini Xam xisobga oladi. Jumladan, eksport va import qilinayotgan tovarlarning geografik yo’nalishini, kelib chiqish mamlakatini va boshqalar. Bojxona statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga, tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga ko’maklashish;
- O’zbekiston Respublikasi eksporti va importi bo’yicha ma’lumotlarning to’liq va haqqoniy xisobi yuritilishini ta’minlash;
- davlatning tashqi savdo tovar oqimi asosiy qonuniyatlari, tuzilmasi va dinamikasini undagi makroiqtisodiy xolat bilan bog`liq xolda taxlil qilish;
- tashqi savdo siyosati va tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish soxasida qaror qabul qilishlari uchun O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyat organlarini tashqi savdo boj­xona statistikasi ma’lumotlari bilan ta’minlash;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning tarif va notarif usullari qo’llanilishini taxlil qilish uchun tashqi sav­do bojxona statistikasi ma’lumotlarini taqdim etish;
- bojxona organlari va valyuta nazorati organlari vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshirish uchun tashqi savdo ma’lumotlarini taqdim etish;
- matematik statistika usullaridan foydalanib, turli xil indeks ko’rsatkichlarini (masalan, narxlar indeksi, fizik xajm indeksi va xk.) Xisoblash;
- O’zbekiston Respublikasining milliy xisob tizimi va to’lov balansi doirasida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashtirish maqsadida tashqi savdo bojxona statistikasining boshlangich ma’lumotlarini tayyorlash;
- davlatning tashqi savdo siyosatidan kelib chiquvchi boshqa vazifalarni bajarish.
Hozirgi paytda bojxona statistikasi ma’lumotlarisiz tashqi savdo aloqalarini rejalashtirish va tashqi bozorni o’rganishni tasavvur qilish qiyin. Shu sababli, statistik ma’lumotlarning to’liq va xaqqoniy bo’lishi juda katta axamiyatga ega bo`lib, bu ma’lumotlar tashqi iqtisodiy siyosat yo’nalishini belgilashda va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga keltirishda davlat xokimiyati organlari tomonidan tegishli qarorlarni qabul qilishda asos bo`lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligi mamlakatning jaxon iqtisodiyotining ilg`or cho’qqilarini zabt etishini va iqtisodiy o’sish sari olg’a siljishiga xizmat qiladi. Shu tufayli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni kengaytirish hamda o’zaro foydali xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi imkoniyatlaridan foydalanish har bir mamlakat faoliyatining muxim yo’nalishi bo`lib xisoblanadi. Bu faoliyatning konkret natijalari asosan tashqi savdoda amalga oshirilib, bojxona statistikasi ma’lumotlarida o’z aksini topadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda savdo-sotiq yetakchi o`rin tutadi va quyidagi kursatkichlarda o’z ifodasini topadi:
- jon boshiga to’g`ri kelgan Tashqi savdo aylanmasi;
- Tashqi savdo xajmi va tuzilishi;
- import va eksport tarkibi;
- importning mamlakat iste’molidagi salmogi;
- eksportning yalpi ichki maxsulotdagi va ayrim maxsulotlardagi salmog`i;
- mamlakatning xalqaro savdodagi salmogi va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar yordamida Tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovarlari narxi va tarkibining o’zgarishi, tovar aylanishining xududiy taqsimoti, Tashqi savdo tashkilotlari faoliyatining samaradorligi, uning xalqaro mexnat taqsimotidagi o’rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida xalqaro savdoning axamiyati kabi muxim jixatlar o’rganiladi.
Tashqi savdo bojxona statistikasining xisobga olish ob’ektiga O’zbekis­ton Respublikasi bojxona chegaralari orqali olib o’tiladigan tovarlar kiradi. Tashqi savdo bojxona statistikasining kuzatish va o’rganish ob’­yektiga - Tashqi savdo almashinuvidir, ya’ni mamlakat moddiy resurslarini ko’paytirishi yoki kamaytirishi mumkin bo’lgan tovarlarni olib kirish va olib chiqish bilan bog`liq bo’lgan xarakatdir. Tashqi savdo bojxona sta­tistikasining predmeti – O’zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali olib qo’yiladigan va mamlakat moddiy resurslarini ko’paytirishi yoki kamaytirishi mumkin bo’lgan tovarlarni miqdor jixatdan sifatlar­ kabi bilan uzviy bog`langan xolda makon va zamonda o’rganadi.
Tashqi savdo bojxona statistikasini yuritishning xuquqiy asosini quyidagi xujjatlar tashkil qiladi:
- O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 376-moddasi;
- BMT qoshida tashkil etilgan Statistika qo’mitasining 2010-yil 23 – 26-fevral kunlari bo`lib o’tgan 41-sessiyasida «Xalqaro tovarlar savdosi statistikasi: konsepsiya va tushunchalar, 2010» (XTSS-2010) nomi ostida qayta ko’rib chiqilgan tavsiyalari;
-Mustaqil Davlatlar hamdo’stligiga a’zo davlatlar Xukumat boshliqlari kengashining 2013-yil 20-noyabridagi qarori bilan tasdiqlangan «MDXga a’zo davlatlar Tashqi savdo bojxona statistikasining yagona uslubiyati»;
- O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining «O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdosi bojxona statistikasi uslubiyati»ni tasdiqlash to’grisidagi 2016-yil 26-iyuldagi 197-son buyrug’i.
Bojxona statistikasi tashqi savdoda, shuningdek bojxona to‘lovlarini hisobga olish va tahlil qilish, kontrabandaga qarshi kurash va bojxona qoidalari buzilishi, nosavdo oboroti va hokazolarbilan bog‘liq maxsus sohalarda yuz berayotgan hodisalarda yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarning miqdor jihatini o‘rganadi.
Davlat statistikasidan farq qilgan holda bojxona statistikasida barcha dastlabki axborot eng quyi darajadan eng yuqori darajagacha beriladi, biroq unda ko‘rsatkichlar jami ancha kam.
Quyidagilar bojxona statistikasining asosiy vazifasi hisoblanadi:

  • Mamlakat eksport va importi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq va ishonchli hisobga olinishini ta’minlash;

  • Tashqi savdo rivojlanishi tamoyili, eksport va import tuzilmasini, tovar oqimlari harakatini makroiqtisodiy vaziyat tahlili bilan birgalikda tahlil qilish;

  • Davlat hokimiyati oliy organlari tomonidan bojxona siyosati hamda tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish sohasida qarorlar qabul qilinishida ularni axborot bilan ta’minlash;

  • Respublika bozori kon’yunkturasi tahlili;

  • Davlat budjetiga boj to‘lvlari tushumi ustidan nazorat qilish;

  • Bojxona organlari vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshirish;

  • Savdo va to‘lov balanslarining ayrim moddalarini tuzish uchun ma’lumotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash;

  • MDH mamlakatlari o‘rtasida tashqi savdo bojxona statistikasi bo‘yicha axborotni uzoqroq ayirboshlashni ta’minrlash;

  • Davlat bojxona siyosatidan kelib chiquvchi boshlqa vazifalar.

Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasiga va maxsus bojxona statistikasiga bo‘linadi.
Mamlakatning tashqi savdo oboroti, ya’ni tovarlar eksporti va importi ularning miqdor va qiymat ifodasida, shuningdek eksport va importning jo‘g‘rofiy yo‘nalishi («tovart - mamlakat», «mamlakat - tovar») tashqi savdo bojxona statistikasining kuzatishi va o‘rganishi mavzusi hisoblanadi.
Tashqi savdo bojxona statistikasida eksport deganda olib kirilishi majburiy bo‘lmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan yoki qazib olingan tovartlarning mamlakatdan olib chiqilishi tushuniladi. Bunda mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar sirasiga, shuningdek mamlakatga olib kelinadigan hamda ularning asosiy sifat va texnik tavsiflarini o‘zgartiruvchi ishlov beriladigan chet elda ishlab chiqarilgan tovarlar ham tegishli bo‘ladi. Tovarlar eksporti moddiy boyliklarning milliy zaxiralarini kamaytiradi (eksport tovarlarni sotishdan olingan tushum – to‘lov balansining kirim qismi).
Import deganda mamlakatga tovarlarolib kirilishi tushuniladi. Importga mamlakatning ichida ist’emol qilishga, qayta eksport qilishga mo‘ljallangan tovarlar va mamlakat tashkilotlari uchun chet elda xarid qilingan tovarlar kiritiladi. Tovarlar importi moddiy boyliklarning milliy zaxiralarini ko‘paytiradi.
Mamlakatning bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda tovarlarga deklaratsiya to‘ldirishda O‘zbekiston Respublikasida foydalaniladigan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) da keltirilgan eksport va import tovarlar tashqi savdo bojxona statistikasida kuzatishning bevosita ob’ektlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 7 – moddasiga muvofiq tovarlar deganda har qanday ko‘char mol – mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan transport vositalaridan boshqa transport vositalari, intellektual mulk ob’ektlari, oldi – sotti va ayirboshlash ob’ektlari hisoblanuvchi bajarilgan ishlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning natijalari tushuniladi. Bundan tashqari, tashqi savdo bojxona statistikasida quyidagilarning hisobi yuritiladi:

  • To‘lov vositasi hisoblanmaydigan tanga bo‘lmagan oltin va kumush;

  • Hadya, tekin yordam sifatida badallar hisobiga BMT texnik ko‘maklashish jamg‘armasiga yetkazib beriladigan tovarlar;

  • Harbiy maqsaddagi tovarlar;

  • Elektr energiyasi, suv, tovarlarni (neft, gaz) quvurlar orqali yetkazib berish;

  • Xorijiy kemalar, samolyotlar va yuk avtomobillari uchun sotilgan hamda tegishlicha mamlakat kemalari, samolyotlari va yuk avtomobillari uchun chet elda sotib olingan bunker yoqilg‘i, yonilg‘i, oziq - ovqat va materiallar;

  • Bir yilag va undan ko‘p vaqtga ijaraga olingan tovarlar (yetkazib berish vaqtida ijaraga olingan tovarning to‘liq qiymati bo‘yicha hisobga olinadi);

  • Mamlakatga olib kelingan holda qayta eksport qilinadigan tovarlar;

  • qo‘shma korxonalarning ustav jamg‘armasi hisobiga olib kirilgan (olib chiqilgan) tovarlar;

  • tovarlar olib kirilishi va olib chiqilishi vaqtidan qat’iy nazar mamlakat hududida va chet elda o‘tkaziladigan yarmakalar, ko‘rgazmalar va boshqalarda sotilgan (sotib olingan) tovarlar;

  • olib kirilishi va olib chiqilishi vaqtidan qat’iy nazar konsignatorlar orqali sotilgan (sotib olingan) tovarlar;

  • olib chiqilgan (olib kirilgan) kino, tele, video va audio mahsulotlar, litsenziyalar haqini to‘lash ham shu jumlaga kiradi;

  • muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, banknotlar va tangalar (ularning tijorat qiymati bo‘yicha hisobga olinadi);

  • ishlov berish maqsadida olib kirilgan (olib chiqilgan) tovarlar;

  • chet eldagi tashkilotlar iste’moli uchun eksport – import operatsiyalarini amalga oshiruvchi boshqa mamlakatlar tashkilotlari kontraktlari bo‘yicha sotib olingan tovarlar va tegishlicha mamlakatda xorijiy tashkilotlar iste’moli uchun kontraktlar bo‘yicha sotilgan tovarlar;

  • shaxsiy tusddagi pochta jo‘natmalari baholash qiymati bo‘yicha (jo‘natmada ko‘rsatilgan qiymat);

  • musodara qilingan import tovarlar;

  • muayyan muddat tamom bo‘lgach bir xil nomdagi tovarlarni qaytarish shartlarida olib chiqilgan (olib kirilgan) tovarlar (tovar ssudasi).

Davlat chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi bilan bog‘liq bir qancha operatsiyalar tashqi savdo hajmiga kiritilmaydi va binobarin, bojxona statistikasida hisobga olinmaydi. Bunday tovarlarga quyidagilar tegishlidir:

  • monetar oltin, ya’ni milliy va xalqaro banklar almashtiradigan oltin;

  • muomaladagi qimmatli qog‘ozlar, banknotlar va tangalar;

  • mamlakat hududi orqali o‘tuvchi tranzit xorijiy tovarlar;

  • mamlakatga olib kirilmaydigan qayta eksport qilinadigan tovarlar;

  • vaqtincha olib chiqiladigan va tegishlicha olib turiladigan tovarlar (jumladan, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va konsignatsiya uchun mo‘ljallangan tovarlarning sotilmaydigan qismi), poygalar, yugurishlar va shunga o‘xshashlarda qatnashishi uchun vaqtincha olib chiqiladigan va olib kiriladigan hayvonlar; prokat uchun chet elga olib chiqiladigan hamda qaytib olib kiriladigan vatan kino va telefilmlari; savdo namunalari sifatida olib chiqiladigan va olib kiriladigan tovarlar;

  • chet elga vaqtincha olib chiqiladigan va olib kiriladigan qaytariladigan idish. Konteynerlar va transport vositalari hamda ularning qaytarilishi;

  • yo‘lovchilarning shaxsiy bagaji, chet eldagi elchixonalar, diplomatik missiyalar, vakolatxonalar, savdo vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar uchun mo‘ljallangan ashyolar (xizmat va shaxsiy) (chet elda mamlakat bilan uning tashkilotlari o‘rtasida tovarlar harakati tovarlarning mamlakat ichidagi harakati deb tushuniladi);

  • bir yiladn kam muddatga ijaraga olingan tovarlar;

  • tuzatish uchun jo‘natiladigan hamda tuzatishdan keyin qaytariladigan transport vositalari va asbob – uskunalar;

  • eksport uchun tayyorlagan tovarlar, biroqmamlakat tashkilotlariga ulardagi mavjud o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga sotilgan tovarlar;

  • mamlakat hududidagi xorijiy xaridorlarga (elchixonalar, vakolatxonalar, savdo vakolatxonalari) xorijiy valyutaga ulgurji va chakana savdo orqali sotilgan tovarlar;

  • ijaraga olingan ko‘chmas mulk (binolar, yer va boshqalar);


Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling