Mavzu: Bojxona statistikasi


Bojxona rasmiylashtiruvi va uning tartibi


Download 218.5 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1580875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bojxona statistikasi

2.4. Bojxona rasmiylashtiruvi va uning tartibi


Tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oldingi tartiblar (bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar) davlatlarning qonun щujjatlari va bir qancha xalqaro щujjatlar bilan tartibga solinadi. Ko`pincha chegarani kesib o`tgan va mamlakat bojxona щududiga kelgan transport vositalari va yuklar ular bojxona rasmiylashtiruvidan o`tiladigan va bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladigan punktgacha muayyan yo`lni bosib o`tishlariga to`g`ri keladi. Jaщondagi ko`pchilik mamlakatlarning qoidalarida tovarlar va transport vositalari mamlakat chegarasini kesib o`tar ekan, transport vositasi ko`zdan kechirilgandan va transport vositasi va yuklar birxillashtirilgandan keyin eng qisqa muddatda bojxona rasmiylashtiruvidan o`tish uchun eng yaqin bojxona muassasiga borishi nazarda tutiladi. Ushbu щolatda amal qiluvchi asosiy щuquqiy qoida tovarlar va transport vositalari ular bu yo`lni bojxona rasmiylashtiruvidan o`tishlari yoki yo`qligidan qat’iy nazar, bojxona nazorati ostida bosib o`tishlaridan iboratdir.


Xalqaro qoidalar bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar amal qiluvchi bojxona rasmiyatchiliklari eng kam bo`lishini va barcha mamlakatlarning tovarlari va transport vositalariga nisbatan bir xilda qo`llanilishini, tashqi savdo uchun to`siq yaratmasligini talab etadi. Kirish bojxonasi tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o`tishi kerak bo`lgan joydan boshqa joyda joylashgan щollarda bojxona ma’murlari faqat chegarani kesib o`tishda transport vositalari va yuklarni birxillashtirish uchun zarur bo`lgan щujjatlarni – transport va tovarga ilova qilingan щujjatlarni talab qilishga щaqlidirlar. Bunda, odatda, bojxona ma’murlariga yuk o`rinlari soni, uning markirovkasi, og`irligi va nomi to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lgan щujjatlar, shuningdek transport vositalarini birxillashtirish uchun zarur bo`lgan щujjatlari kifoyadir.
Kioto konvensiyasi tavsiyalari bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar bojxona rasmiyatchiliklari eng kam, xalqaro savdo uchun eng kam noqulaylik yaratuvchi oddiy bo`lishi kerakligini aloщida ta’kidlaydi. Yuqorida aytib o`tilgan maqsadlar uchun taqdim etiladigan щujjatlar xorijiy tilda taqdim etilgan taqdirda bojxona, odatda, ularning o`z milliy tiliga tarjima qilinishini talab qilmasligi kerak.
Ko`pchilik mamlakatlarda amal qiluvchi qoidalar, shuningdek quyidagilarni nazarda tutadi:
Yuklar va transport vositalari mamalakat bojxona chegarasini kesib o`tishi mumkin bo`lgan punktlar milliy qonun щujjatlari bilan belgilanadi;
Yukni tashuvchi yuklar bojxona rasmiylashtiruvi punktiga shikastlanmasdan yoki tovarlarning o`rami, tashqi ko`rinishi va xususiyati o`zgartirilmasdan tashilishi uchun javobgar bo`ladi;
Yuk bojxonaga uning ish vaqtidan tashqari paytda kelgan taqdirda, bojxona ma’murlari qo`shimcha щaq evaziga bojxonani ochishlari va transport vositalari щamda yuklarni o`tkazib yuborishlari kerak (agar buni yuk egasi yoki tushuvchi iltimos qilsa);
Bojxona ma’murlari xorijiy bojxona xizmati tamg`asini tan olishlari, biroq, bojxona rasmiylashtiruvi punktiga borayotgan yukka o`z tamg`alarini qo`yishlari mumkin;
Import qilinayotgan mamlakatning bojxona щududiga borish yo`lida avariya yuz bergan, yuk shikastlangan yoki nobud bo`lgan taqdirda, bojxona ma’murlari tomonidan e’tirof etiladigan dalolatnomalar tuzilishi kerak.
Maqsadi ichki iste’mol yoki eksport uchun yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi operatsiyalar majmuidan iborat. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bojxona deklaratsiyasini va unga ilova qilingan щujjatlarni taqdim etish, ularni tekshirish va qabul qilish, tovarlarni bojxonaga taqdim etish va ularning bojxona nazoratidan o`tkazilish eщtimoli, bojlar va yig`imlar щisoblab chiqilish va to`lanishi, tovarlarning bojxona tomonidan chiqarilishi.
Dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida bojxona rasmiylashtiruvi щam chegara bojxona muassasalari, щam mamlakatning bojxona щududi ichida joylashgan bojxona muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Eksport va imoprt yuklarini o`tkazish bo`yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi bojxonalar ro`yxati muntazam ravishda e’lon qilinadi. Ko`pchilik mamlakatlarda tovarlarning ayrim o`ziga xos toifalarini (olmos va brilliantlar, san’at buyumlari va osori atiqalar va ayrim boshqa buyumlar) bojxona nazoratidan malakali xodimlarga ega bo`lgan, buning uchun maxsus mo`ljallangan bojxona muassasalari tomonidan o`tkazishni nazarda tutuvchi tartib amal qiladi.

Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling