Mavzu: Bojxona statistikasi
Download 218.5 Kb.
|
Bojxona statistikasi
Tovarning kelib chiqishi (ishlab chiqarilgan) mamlakat sifatida tovarlar ishlab chiqarilgan yoki ishlov berilgan mamlakat tushuniladi.
Savdo qiluvchi mamlakat deganda, qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar tovarni sotgan yoki sotib olgan savdo qiluvchi shaxs hududida turgan mamlakatni tushunish zarur Butlovchi asbob – uskunalar yetkazib berilishini hisobga olish kodlar ko‘rsatilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha alohida asbob – uskunalar hiobiga o‘xshash yuritiladi. Suv, temiryo‘l, avtomobil, havoda tashishlar bo‘yicha eksport va import hisobi quyidagicha yuritiladi: eksport bo‘yicha – chegara bojxonasidagi bojxona yuk deklaratsiyasi shtempelida qo‘yilgan chegara orqali chiqarishga ruxsatnoma sanasi bo‘yicha; import bo‘yicha – ichki iste’mol uchun yukni chiqarishga bojxona yuk deklaratsiyasidagi bojxona ruxsatnomasi sanasi bo‘yicha; quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar, shuningdek elektr energiyasi eksporti yoki importi sanasi sifatida quvur yoki elektr quvuri chegara yoki boshqa nazorat taqsimlash punktlarida tuzilgan qabul qilish – topshirish dalolatnomasidagi sana qabul qilinadi; tovarlarni pochta orqali jo‘natishda – pochta kvitansiyasi sanasi bo‘yicha. Bojxona statistikasi, tashqi savdo statistikasidan tashqari, shuningdek maxsus bojxona statistikasini ham o‘z ichiga oladi. U quyidagi bo‘limlardan iboratdir: bojxona yuk deklaratsiyalari bazasi tashqi savdo bojxona statistikasi bilan hisobga olinadigan bojxona rejimi bo‘yicha tovarlar olib chiqilishi va olib kiritilishini tavsiflaydi; bojxona to‘lovlari TIF daromadlarini shakllantirishda bojxona to‘lovlari miqdorini tavsiflaydi. Bunda hisob bojxona to‘lovlari turlari bo‘yicha yuritiladi: import boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yig‘imlarning boshqa turlari miqdor va qiymat ifodasida eksport tovarlari hisobi bo‘yicha valyuta nazorati, valyuta tushumi muddatlari va summalarini, import tovarlar hisobini har bir kontrakt bo‘yicha naqd xorijiy valyutani hisobga olgan holda; musodara qilingan tovarlar tashqi savdo oborotida, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan takroran bojxona qoidalari buzilishi va kontrabanda hollari, musodara qilingan ashyolar qiymatini, undirilgan jarimalar summasini tavsiflaydi; xalqaro pochta jo‘natmalari O‘zbekistondan chiqarilgan va O‘zbekistonga qo‘yilgan jo‘natmalar va boshqa pochta jo‘natmalari hisobini ifodalaydi; xalqaro tashishlar bojxona chegarasidan o‘tuvchi transport vositalari hisobini aks ettiradi; yo‘lovchilar oboroti O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali o‘tgan jismoniy shaxslar hisobini aks ettiradi. Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning Uyg`unlashgan tizimi haqidagi xalqaro konvensiya 1983-yil 14-iyulda Bryusselda qabul qilingan bo`lib, 1988-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. O’zbekiston Respublikasi 1998-yil 29-avgustdan bu Konvensiyaga qo’shilgan bo`lib, 2000-yilning 1-yanvaridan amaliyotga kiritilgan. Uyg`unlashgan tizim tovarlar tavsifining umumiy tizimini o’z ichiga olgan bo`lib, unda tovarlar pozitsiya va subpozitsiyalarga ajratilgan. Uyg`unlashgan tizim oddiydan murakkabga, oddiy tovardan maxsulot ishlab chiqarish jarayoni tovarlariga qarab o’zgarib boradi. Xuquqiy xujjat sifatida uyg`unlashgan tizim quyidagilardan iborat: a) uyg`unlashgan tizim qoidalari; b) pozitsiya va subpozitsiya, bo’lim va boblarga berilgan yuridik izoxlar. Uyg`unlashgan tizimda tovar guruxi ikki raqamdan, tovar pozitsiyasi to’rt raqamdan va subpozitsiya olti raqamdan iborat. Uyg`unlashgan tizim asosida O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) yaratilgan bo`lib, uni yuritishning xuquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, «Davlat bojxona xizmati to’g`risida»gi qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 199-yil 8-iyuldagi PF-1815-son qarorida keltirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida» 2012-yil 10-sentyabrdagi PK-1816-son qarori ijrosini ta’minlash massadida DBKning 2012-yil 14-sentyabrdagi 236-son buyrug’i bilan 2012-yil 1-oktyabrdan uyg`unlashgan tizimning 2012-yil shakliga asoslangan yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasi TIF TN bojxona organlari faoliyatiga joriy etildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasida tovarlarning sinflanishini bir xilda tushunilishini ta’minlash maqsadida bo’limlar, guruxlar va muayyan tovar pozitsiyalariga izoxlar, shuningdek, yuridik kuchga ega bulgan TIF TNni talqin qilishning asosiy qoidalari ishlatiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning yangi prinsiplari qo’llanilishi (kvotalash, litsenziyalash, tarifli boshqarish) Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar ustidan nazoratni amalga oshirishning yangi you’nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni (TIF) boshqarishda qo’llaniladigan tovarlar nomenklaturasi (TH), Yevropa iqtisodiy xamjamiyati tarifli statistik nomenklaturasi va tovarlarni tashkqi iqtisodiy faoliyatda qulaylik yaratish uchun xar bir tovarga aloxida, aloxida kod raqamlari bilan belgilash va ularga izox berish uyg`unlashgan tizimi asosida ishlab chiqilgan. Xozirgi kunda qo’llanilayotgan TIF TN 10 raqamdan iborat kodlarga asoslangan bo`lib, raqamlarning boshlang’ich qismidagi 6 tasi uyg`unlashgan tizim bo’yicha tovarlarning kod raqami xisoblanadi, shu olti raqamga qo’shilgan keyingi ikki raqam Yevropa iqtisodiy xamjamiyatining kodlar nomenklaturasi (EIJ KN) asosidagi tovar kodi xisoblanadi. Tovarlar kodlarining to’g’ri belgilanishi Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda muxim rol o’ynaydi. Tovarlarning bojxona chegarasidan olib o’tilishida ularni noto’g’ri sinflash yoki o’z nomi bilan emas, boshqa nom bilan deklaratsiyalash, bojxona qonunlari buzilishi deb baxolanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. TIF TN oltita bir-biriga uguvchi bo’laklarga guruxlashtirilgan bo`lib, bo’limlar, guruxlar, tovar pozitsiyalari, subpozitsiyalari va podsubpozitsiyalardan iborat. Tovarlarni TIF TN bo'yicha tasniflashda tovar tayyorlangan materialning kelib chiqishi, vazifasi, kimyoviy tarkibi va boshqalar e’tiborga olinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi rim raqamlari bilan belgilanuvchi quyidagi bulimlarga bulinadi: Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling