Mavzu: Bojxona statistikasi


Bojlar va yig`imlarni щisob chiqish va to`lash


Download 218.5 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1580875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bojxona statistikasi

Bojlar va yig`imlarni щisob chiqish va to`lash odatda, bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan bojxona muassasasida o`tkaziladi. Biroq, bojxona ma’murlari boj va yig`imlar to`lanadigan boshqa muassasani щam ko`rsatishlari mumkin. +oidaga ko`ra, bojlar va yig`imlar bojxona ma’murlari tovarni o`tkazganga qadar to`lanadi. Biroq, xalqaro amaliyotda ushbu jiщatlarni kattik qo`llash qabul qilinmagan. Ko`plab mamlakatlarning bojxona qoidalari boj to`lovchining iltimosiga ko`ra boj va yig`imlar to`lanishi kechitirilishiga yo`l qo`yadi. Bunday amaliyot, jumladan, muntazam ravishda tovarlarni import qiluvchi shaxslarga nisbatan amal qiladi. Bojxona muassasalari boj to`lanishini kechiktirishga ruxsat berar ekan, to`lovchidan to`lovchidan kafolat yoki ta’minlashni talab qilishi mumkin.
Boj va boshqa yig`imlar to`lanadigan sana turli mamlakatlar qonunchiligi tomonidan turlicha belgilanadi:
A). Bojxona deklaratsiyasi berilishining ro`yxatdan o`tkazilgan sanasi bo`yicha ;
B). Bojxonada qayd etilgan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan sanasi bo`yicha;
V). tovar bojxonaga щaqiqatda taqdim etilgan sana bo`yicha (ba’zan – tekshirish sanasi bo`yicha).
Boj to`langanligini tasdiqlab, bojxona deklaratsiyasi nusxasiga belgi qo`yadi. Ushbu nusxa deklarantda qoladi yoki unga boj to`langanligini tasdiqlovchi щujjat beriladi.
Ichki iste’mol yoki eksport uchun bojxona tomonidan tovarning chiqarilishi o`zida bojxona rasmiylashtiruvining yakunlovchi operatsiyasini ifodalaydi. Biroq, xalqaro amaliyot va Kioto Konvensiyasi tavsiyalari ushbu operatsiyani tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi vaqtiga ko`ra oxirgisi deb щisoblamaydi. Yuk bojxona tomonidan yuqorida aytib o`tilgan barcha operatsiyalar tugallangunga qadar chiqarishi mumkin. Agar bojxona ma’murlari bojxona tozalashi bilan bog`liq barcha operatsiyalarni deklarant bajarishiga ishonsalar, ular tovarni deklarant bojxona uchun maqbul bo`lgan tovarga ilova qilingan щujjatlar yoki tovar to`g`risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo`lgan boshqa rasmiy щujjatni taqdim etishi sharti bilan chiqarishlari mumkin.
Kioto Konvensiyasi to`g`ridan to`g`ri bojxona ma’murlariga, agar bojxona tekshiruvi darщol o`tkazilishi mumkin bo`lmasa, tovarni operatsiyalar tugallangunga qadar chiqarishni tavsiya qiladi. Masalan, ekspert chaqirilgan va uning xulosasini kutish zarur bo`lgan щolda yoki namunalar (nusxalar) taxlili natijalari maxsus laboratoriyadan kelishini ko`tish zarur bo`lgan щollarda, deklarant, agar boj ekspertiza natijasida oshsa, qo`shimcha boj to`lash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
Jaщonda щamma joyda boj solig`i darajasi pasayishidan keyin bojxona rasmiylashtiruvi va tadbirlarini soddalashtirish va birxillashtirish, ko`plab operatsiyalarni ma’lumotlar va щujjatlarni ishlash texnik, shu jumladan elektron vositalar ixtiyoriga topshirish jarayoni bormokda.
Jaщon bojxona tashkiloti va Yevropa bojxonasining faoliyati jaщonning ko`plab mamlakatlarida kompyuter tizimi tashkil etilishiga ko`maklashdi. Kioto Konvensiyasi bojxona maqsadlarida kompyuterlarni qo`llashga nisbatan maxsus ilova bilan to`ldirildi. Ilova bojxona rasmiylashtiruvini jadallashtirish, u bilan bog`liq moddiy chiqimlarni qisqartirish (ya’ni amalda bojxona deklaratsiyasini to`ldirmasdan), paydo bo`luvchi to`rachilik to`siqlarini bartaraf etish uchun zamonaviy elektron texnikani qo`llash bo`yicha tavsiyalar beradi.
O`zbekiston Respublikasining bojxona щaqidagi qonun щujjatlariga muvofiq, bojxona chegarasi orkali olib o`tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o`tishi kerak. Uni o`tkazish tartibi va shartlari BK ning IV «Bojxona rasmiylashtiruvi» bulimida bayon qilingan qoidalar va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun щujjatlari, shu jumladan Davlat bojxona qo`mitasining me’yoriy щujjatlari bilan tartibga solinadi.
Bojxona kodeksida «bojxona rasmiylashtiruvi» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o`tkaziladigan operatsiyalar majmui. Biroq, mazkur tushuncha moщiyatini aniqlash uchun quyidagi ancha keng ta’rif maqsadga muvofiq щisoblanadi: bojxona rasmiylashtiruvi – tovarlarni olib o`tuvchi shaxslar va bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarlar va transport vositalarining muayyan bojxona rejimi ostida olib o`tilishi yoki ushbu rejim amal qilishining tugallanishi maqsadida Bojxona kodeksi bilan belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladigan, o`zaro bog`liq tashkiliy – щuquqiy va texnik tadbirlar tizimidir.
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlar va transport vositalarining chegara orqali olib o`tilishining qonuniyligini belgilash va tasdiqlash imkoniyatini beradi, tovarlarning olib o`tilishi tartibiga rioya qilishga ko`maklashadi, tashqi savdo bitishuvlari qonuniyligini tasdiqlaydi щamda boshqa choralar bilan birgalikda bojxona nazoratini amalga oshirishini ta’minlaydi.
BK ning 75 – moddasiga muvofiq, bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi faoliyat ko`rsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni jo`natuvchi yoki oluvchi yoxud ularning tarkibiy bo`linmasi joylashgan yerlarda bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.
Manfaatdor shaxsning yozma iltimosnomasiga binoan uning щisobidan va bojxona organining roziligi bilan bojxona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirishi mumkin.
Bojxona organilari joylashgan yerlarda emas, balki bevosita o`z щududlarida yoki binolarida bojxona rasmiylashtiruvini o`tkazishdan manfaatdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarini, uskunalar щamda aloqa vositalarini bepul berib qo`yadilar.
O`zbekiston Respublikasining bojxona щududida щududiy boshqarmalardan va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslaridan iborat Davlat bojxona qo`mitasi organlari tizimi ish ko`radi. Shunday qilib bizning davlatimiz щududida ro`yxatga olingan щar qanday yuridik shaxs biror bir bojxona organi faoliyati zonasida bo`ladi va o`sha yerda mazkur yuridik shaxslarning tovarlari va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkaziladi.
Bojxona organi tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan щamda barcha zarur щujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab un kundan kechiktirmay amalga oshiradi. Tabiiy ofatlar, avariyalar, falokatlar paytida zarur bo`lgan tovarlar, jonivorlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, xabarlar va ommaviy axborot maqsadlari uchun boshqa materiallar, O`zbekiston Respublikasining qonun chiqarish, ijro etish va sud xokimiyati yuqori organlari nomiga yuborilayotgan tovarlar, insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlar va shunga o`xshash boshqa tovarlar O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o`tilayotganda ularning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan va ustuvor tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddatlar davlatning boshqa organlari tovarlar va transport vositalarini nazorat qilishi uchun zarur bo`lgan vaqtni o`z ichiga olmaydi (BKning 76-moddasi).
BKning 77-moddasiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilishi lozim bo`lgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo`lgan shaxslar va ularning vakillari bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishtirok etishga щaqlidir. Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa, mazkur shaxslar va ularning vakilliri bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida щozir bo`lishlari va rasmiylashtirishni amalga oshirishda ularga zarur yordam ko`rsatishlari shart.
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo`lgan shaxslar deganda mamlakat qonunlariga muvofiq o`z nomidan deklaratsiya to`ldirish, tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazishda yuridik aщamiyatga ega xatti – щarakatni amalga oshirish vakolatiga ega bo`lgan ularni bojxona chegarasi orqali olib o`tuvchi bojxona brokeri tushuniladi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari ko`rsatib o`tilgan shaxslarga ularning iltimosiga ko`ra bojxona rasmiylashtiruvi o`tkaziladigan joyda bo`lish va rasmiylashtiruv o`tkazilishi ustidan bevosita kuzatish imkoniyatini berishi kerak.
Bojxona chegarasi orkqali tovarlar olib o`tuvchi shaxs, tashuvchi, ombor egasi yoki tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo`lgan boshqa shaxs bojxona organining talabiga binoan bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilishi lozim bo`lgan tovarlarni transportda tashish, tortishni yoki ularning miqdorini boshqacha tarzda aniqlashni, ortish, tushirish, qayta tushirish, buzilgan o`rovlarni tuzatish, o`rovlarni ochish, tovarlar va transport vositalarini o`rash yoki qayta o`rashni, shuningdek bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo`lgan binolar, idishlar va boshqa joylarni ochishni o`z щisobidan amalga toshirishi shart.
Agar tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan bo`lsa yuqorida ko`rsatilgan operatsiyalar bojxona organining ruxsati bilangina amalga oshiriladi (BKning 78-moddasi).
Xulosa
Asosiy bojxona rasmiylashtiruvi boshlanishidan oldin va tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilishidan oldin bojxona rejimiga taalluqli barcha щarakatlar dastlabki operatsiyalarga tegishli bo`ladi. Masalan, bojxona to`lovlarini ta’minlash sifatida pul mablag`larining bojxona organi depozitiga o`tkazilishi, vaqtinchalik deklaratsiyalar rasmiylashtirilishi, ichki bojxona tranziti tartibi, tovarlarni vaqtincha saqlash uchun omborga joylashtirish va boshqalar bunga misol bo`ladi.
Dastlabki operatsiyalar chog`ida bojxona organlari dastlab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradilar. Bu rasmiylashtiruv bunday olib kirish va olib chiqish man etilgan tovarlar va transport vositalarini O`zbekiston Respublikasi щududiga olib kirish va olib chiqishga yo`l qo`ymaslikka, shuningdek tovarlar va transport vositalarini bojxona maqsadlari uchun birxillashtirishga qaratilgan bo`ladi.
BKning 84-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasining bojxona щududiga tovarlar va transport vositalarini olib kirishda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar щududidan tovarlar va transport vositalarini olib kirishda tashuvchi bojxona chegarasini kesib o`tish to`g`risida bojxona organini xabardor qiladi.
Tovarlar va transport vositalari O`zbekiston Respublikasi bojxona щududidan tashqariga olib chiqilayotgan tovarlar va transport vositalarini olib o`tuvchi shaxs bu tovarlar va transport vositalarini olib chiqish niyati to`g`risida bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi xabarnomani qayd etadi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar щamda transport vositalari keltirilishi lozim bo`lgan vaqt va joyni tayin qiladi. Agar tovarlarni olib o`tuvchi shaxs ushbu xabarni yetkazmasa, bu vazifa tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.

Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling