Mavzu: Bojxona statistikasi
Tashqi savdo bojxona statistikasi ko‘rsatkichlari
Download 218.5 Kb.
|
Bojxona statistikasi
2.2. Tashqi savdo bojxona statistikasi ko‘rsatkichlari.
Tashqi savdo statistikasi axborotida eksport va import miqdori va qiymati, tashqi avdo balanslari saldosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi hamda u yoki bu tovarning ishlab chiqarilgan mamlakati va yetkazib beriladigan mamlakati to‘g‘risida, yetkazib berish shartlari, narxlar va boshqalar haqida tasavvur beradi. Pul ifodasida hisoblab chiqilgan eksport va import asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Uning negizida tashqi savdo samaradorligi aniqlanadi, tashqi savdo balansi saldosi, mamlakat to‘lov balansida tashqi savdoning o‘rni va ahamiyati belgilanadi. Tashqi savdoda muomalada bo‘luvchi tovarlar hisobi nafaqat qiymat, balki miqdor ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi, bu aniq bitishuv narxlari yoki o‘rtacha statistik narxlarto‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Tashqi savdo bojxona statistikasini shakllantirish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: Hisobot davri; Tovar oqimi yo‘nalishi (olib kirish yoki olib chiqish); Olib kirishda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat; olib chiqishda tovar yetkazib beriladigan mamlakat; Statistika qiymati; Tovar kodi va nomi; Netto og‘irlik; O‘lchashning qo‘shimcha birliklari kodi va nomi; O‘lchashning qo‘shimcha birliklari bo‘yicha miqdor; Bitishuv xususiyati; Bojxona rejimi turi; Tovar jo‘natuvchi (oluvchi)ning toifasi; Mintaqa. Keltirilgan ko‘rsatkichlar faqat tashqi savdo statistikasi bo‘yicha vaqti – vaqti bilan materiallarni e’lon qilish vatayyorlash imkonini beribgina qolmay, balki har xil tahliliy tadqiqotlar tayyorlash, shu jumladan, mintaqalar bo‘yicha tashqi savdo rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari toifalari bo‘yicha eksport – import operatsiyalar tahlilini o‘tkazish imkonini beradi. Muayyan davrda eksport va importda yuz berayotgan o‘zgarishlarni to‘liq tahlil qilish uchun eksport va import fizik hajmi indeksi ko‘rsatkichlaridan (tovarlar narxlari o‘zgarishidan qat’iy nazar eksport va import hajmlari dinamikasini aks ettiradi) va eksport import o‘rtacha narxlari indeksi (narxlar o‘zgarishining tovarning umumiy qiymatiga ta’sirini aks ettiradi) ko‘rsatkichlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Eksport – import operatsiyalarining qiymat hajmi, tashqi savdo hamkori mamlakati valyutasida ifodalangan kliring operatsiyalari ham shu jumlaga kiradi, O‘zbekiston Respublikasi Markazi banki ma’lumotlari bo‘yicha valyuta kurslari asosida AQSh dollariga qayta hisoblanadi. Agar kontrakt xorijiy valyutada imzolangan bo‘lsa, u holda ushbu valyuta AQSh dollariga va tegishlicha so‘mga qayta hisoblanadi, agar kontrakt so‘mda imzolangan bo‘lsa, so‘m AQSh dollariga qayta hisoblanadi. Xorijiy valyutani so‘mga va AQSh dollariga qayta hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Tekin yordam tartibidagi eksport – import operatsiyalarini, tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini baholash tegishli mamlakatlarning bozoridagi tovarlar narxlari yoki tijorat asosidagi eksport – import operatsiyalar amalga oshiriladigan bir nomdagi tovarlar narxlari bo‘yicha amalga oshirladi. Agar baholash AQSh dollarida emas, balki boshqa valyutalarda bajarilgan bo‘lsa, u holda ushbu valyutalar ham xorijiy valyutalar kurslari asosida AQSh dollariga qayta hisoblanadi. Bundan quyidagi algoritm bo‘yicha tovarning statistika qiymatini hisoblab chiqish mumkin bo‘ladi. bu holda statistika qiymatini chiqarish formulasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: Tovarlar eksporti (importi)ning jug‘rofiy taqsimlanishi mamlakatlar bo‘yicha tovarlar kelib chiqishi va iste’mol qilinishi belgilariga muvofiq bajariladi: eksport tovarlar boradigan (iste’mol qilinadigan) mamlakat bo‘yicha aks ettiriladi; import tovar kelib chiqqan (ishlab chiqarilgan) mamlakat bo‘yicha aks ettiriladi. Tovar boradigan (iste’mol qilinadigan) mamlakat deganda tovar iste’mol qilish, foydalanish yoki keyinchalik ishlov berish uchun mo‘ljallangan yuklash paytida pirovard mamlakat sifatida ma’lum bo‘lgan mamlakat tushuniladi. Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling