Mavzu: Bojxona statistikasi


Tashqi savdo bojxona statistikasida tovarlar yetkazib berishning tijorat shartlari


Download 218.5 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1580875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bojxona statistikasi

2.3. Tashqi savdo bojxona statistikasida tovarlar yetkazib berishning tijorat shartlari.
Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish importdan tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kad, shaklidir. Kds.. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan Buyuk Ipak yoʻli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi.
T.sning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi.
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk BritaniyaGermaniyaYaponiyaShveysariyaAQSHJanubiy KoreyaRossiyaItaliyaNiderlandiyaBelgiyaTurkiyaFransiyaXitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.Mamlakatlar oʻrtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol oʻynaydi.
Bojxona statistikasidan tashqari, yuqorida aytilganidek, tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi o‘z ichiga xizmatlar bilan savdo qilish statistikasini ham oladi.
Xizmatlar - anglanadigan ashyolardan farq qiluvchi «mahsulotlar»dir. Ular transport, kommunikatsion, qurilish, sug‘urta, moliya, kompyut yer va axborot xizmatlarini, reklama, buxgalteriya hisobi, boshqaruv maslahatlarini va boshqalarni qamrab oladi. Bitishuv tuzishda tomonlar o‘zaro kelishgan bozor narxi xizmatlar qiymatini belgilash uchun asos hisoblanadi. Tashqi savdoda xizmatlar hisobi bilan davlat statistika organlari shug‘ullanadi.
Xalqaro amaliyotda oldi – sotti bitishuvlari tovar yetkazib berishning har xil tijorat shartlarida sodir etiladi. Xalqaro savdo palatasi tomonidan belgilangan savdo atamalarini talqin etishning xalqaro qoidalari («Inkoterms – 90») asosida tovarni bir mamlakatdan boshqasiga yetkazib berish bo‘yicha sotuvchi va xaridor o‘rtasida paydo bo‘luvchi ko‘plab holatlar ko‘rib chiqiladigan iqtisodiy adabiyot yetarli miqdorda mavjud. Bunda, tovarlarning statistika qiymati hisob – kitobida foydalaniladigan yagona bazis tovarlarni yetkazib berishning tijorat shartlariga bog‘liq narxlarni yagona qayta hisoblab chiqish uslubiyati bilan bog‘liq masalalar qarab chiqilmaydi. Yagona bazis qayta hisoblab chiqish sotuvchi tomonidan xaridorga taqdim etilgan hisobvaraq - faktura (invoys)ga u kontraktda qayd etilgan tovarni yetkazib berishning tijorat shartlariga muvofiq ko‘radigan xarajatlarinigina kiritadi. Ushbu xarajatlar asosida valyutada ifodalangan tovarlarning deklaratsiyalanadigan turkumining haqiqiy qiymati shakllanadi.
Tashqi iqtisodiy bitishuvlarda tovarlar yetkazib berishning har xil tijorat shartlarini hamda tovar narxi shakllanishining shu bilan bog‘liq turli prinsiplarini hisobga olgan holda tovar aylanishi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun tovarlar qiymati bo‘yicha ma’lumotlarni shunchaki jamlash noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lur edi, chunki ushbu qiymat baholari turlicha bo‘lib, o‘ziga narx tuzilmasini shakllantirishning har xil jihatlarini kiritadi. Bir xil tovar xarid qilish joyida bir xil narxga (masalan, sotuvchining omboridan xarid qilishda), jo‘natish portida boshqa narxga (balandroq), kelish portida uchinchi bir narxga (yanada balandroq) ega bo‘ladi,chunki tovar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon borishi davomida uning qiymati yetkazib berish, sug‘urta va boshqa ustama xarajatlar qiymati hisobiga oshib boradi.
Tashqi savdo oborotining qiymat baholanishida qiyosiy ma’lumotlarni olish uchun tovar qiymatini yagona bazisga keltirish zarur:

  • eksport qilinadigan tovarlarni – eksport qiluvchi mamlakatning FKB (franko – kema – borti) yoki FRCh (franko - chegara) shartlari negizida (yetkazib berish joyi);

  • import qilinadigan tovarlarni – import qiluvchi mamlakat chegarasi QSF (qiymat, sug‘urta va fraxt) yoki TST (tashish va sug‘urta yetkazib berish joyigacha to‘langan) shartlari negizida.

FKB (bortda erkin) toifasi – sotish shartidir. Unga muvofiq tovar narxiga uning qiymati hamda yetkazib berish va tovarni kema bortiga yuklash xarajatlari kiritiladi.
QSF (qiymat, sug‘urta va fraxt) toifasi – tovarni sotish shartidir. Unga muvofiq tovar narxiga uning qiymati hamda tovarni sug‘urtalash va import qiluvchi mamlakat portigacha yetkazib berish xarajatlari kiritiladi.
QSF shartlarida sotilgan tovarlar eksport bo‘yicha FKB shartlari bo‘yicha hisobga olinadi. Ushbu holda narxlar narxdan tovarni borish joyigacha transportda tashish va sug‘urta bo‘yicha xarajatlar chiqarib tashlanishi yo‘li bilan FKBda qayta hisoblanadi.
FKB shartlarida sotib olingan tovarlar import bo‘yicha QSF shartlariga ko‘ra hisobga olinadi. Ushbu holda tovarning qiymati boshqa mamlakat hududi bo‘ylab tovarlarni transportda tashish va sug‘urta bo‘yicha xarajatlar qo‘shilishi yo‘li bilan QSF shartlarida qayta hisoblanadi.
Tovarlar yetkazib berishning tijorat shartlarini bir xilda talqin qilish maqsadida Xalqaro savdo palatasi tomonidan «Savdo atamalarini talqin qilishning xalqaro qoidalari» (Inkoterms) ishlab chiqilgan. Inkoterms birinchi marta 1936 yilda tashqi savdoda eng ko‘p uchraydigan atamalarni talqin qilishning xalqaro qoidalari jamini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan edi. So‘ngra 1953, 1967, 1980 yillarda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Hozirgi vaqtda «Inkoterms» 1990 yilgi tahrirda amal qiladi. «
Inkoterms»ning har bir sharti javobgarlikning barcha turlari xaridorga yuklanishidan boshlabbarcha javobgarlikni sotuvchi tortadigan vaziyatlargacha bo‘lgan shartlarni o‘z ichiga oluvchi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi tavakkalchiliklar, xarajatlar va javobgarlikning alohida taqsimlanishini anglatadi.
Tovarni yetkazib berishni tijorat shartlari, shuningdek bazis shartlar ham deb ataladi, chunki ular tovarni eksport qiluvchi sotuvchidan import qiluvchi xaridorga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni kim ko‘tarishiga bog‘liq ravishda tovar bitishuvining bazis (asos bo‘luvchi) narxini belgilaydi.
Bitishuv narxiga tovarni yetkazib berishning tijorat sharti (shartnoma) bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq sotuvchi zimmasiga

Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling