Мавзу: бошланғич синф математика дарсларида амалий машқлар ечиш жараёнида ўҚувчиларнинг фикрлаш қобилятларини ўстириш


Download 487.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana08.01.2022
Hajmi487.8 Kb.
#241086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echish jarayonida oquvchilarning fikrlash qobilyatlarini ostirish



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI  

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

  

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 

 

BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI  

 

«MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI» FANIDAN 

«

 

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AMALIY 

MASHQLAR ECHISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING FIKRLASH 

QOBILYATLARINI O’STIRISH

 »

 

 

MAVZUSIDAGI 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bajaruvchi:    

 

3-bosqich talabasi Saidova Qunduz 

Ilmiy rahbar:  

 

o’qituvchi Norqulov Lutfullo  

 

 



 

 

 

 

SAMARQAND – 2015 

 

 

 

 

 

 


 

MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA 



AMALIY MASHQLAR ECHISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING 

FIKRLASH QOBILYATLARINI O’STIRISH 

 

KIRISH 

 

Boshlang’ich  sinf  matematika  o’qitish  ishida  eng  asosiysi  o’qituvchining 



materialni bayon metodini rad qilish deb tushunish yaramaydi. O’qitishdagi bayon 

metodi  o’quvchilarda  qiziqish  va  ularning  diqqatini  uyg’otish,  ular  oldiga 

kelajakda echishga to’g’ri keladigan masalalar va problemalarni qo’yish kerak. 

Boshlang’ich  ta`lim  o’quvchilarning  fikrlash  qobiliyatlarini  o’stishi, 

faollashtirishnnig mazmuni quyidagidan iborat: 

1)  YAngi  bilimlarning  o’zlashtirishda  va  ularni  amalda  qo’llanishda  fikrni 

mustaqil ravishda ishlatish. 

2)  Bilib  olish  qobiliyatini  rivojlantirish  (ya`ni,  matematik  tadqiqot 

metodlarini  va  ularni  yangi  masalalar  echishga  tatbiq  qilish  malakalarini 

o’zlashtirish). 

3)  Har tomonlama psixik rivojlanish, ya`ni tegishli ifoda sifatlarining tashkil 

topishi,  aqliy  mehnatga  bo’lgan  qiziqishning  rivojlanishi,  o’quv  faolityai 

sabablarini anglash va hokazolar. 

Boshlang’ich  sinflarda  ham,  sistematik  kursni  o’rganishda  ham  echiladigan 

deyarli har qanday masala sinf uchun «mantiqiy» diqqat ob`ekti bo’lishi mumkin, 

shuning  uchun  masalaning  echimi  masaladagi  «ichki  mexanizmning»  asosini 

tashkil  etuvchi  bog’lanishlar  tekshirishning  oxiri  bo’lmay,  balki  boshlanishi 

bo’ladi. Masalaga bunday yondashishning maqsadga muvofiqligi shundaki, bunda 

andazaga  o’rin  qolmaydi,  o’quvchi  aktiv  ravishda  fikr  yuritadi,  bir-biri  bilan 

bog’langan bunday masalalarni ko’rib chiqish echishning umumlashgan usullariga 

olib keladi. 

Agar  mulohazaning  teskarisini  ishga  solishga  harakat  qilinsa,  hattao  oddiy 

misolning  echilishi  ham  ajoyib  tadqiqotning  boshlanishi  bo’lib  xizmat  qiladi. 

Masalan  arifmetik  misolda  amallar  tartibini  aniqlashni  har  bir  o’quvchi  oson 




 

tushuna  oladi.  Amallar  tartibi  ma`lum  bo’lgan  (aytaylik,  qo’shish,  ayirish, 



ko’paytirish  bajariladigan)  misollar  tuzish  vazifasi  o’ylashga  majbur  qiladi. 

SHunisi  qiziqki,  yil  oxirida  o’quvchilardan  so’zga  hammadan  ko’proq  qanday 

mashqlar  yoqadi  deb  so’ralganda  IV-sinfning  yaxshi  matematiklaridan  biri  xuddi 

ana shunday topshiriqlar yoqishini aytib berdi. 

YAna bir misol keltiramiz: 

25 ∙ 3 + 8 = 75 + 8 = 83 

O’qituvchi bu yozuvni har kim qayta tiklay oladigan qilib, undan nechta soni 

o’chirish  mumkin,  25  sonini  o’chirish  mumkinmi,  yana  qaysi  soni  o’chirish 

mumkin? Qaysi soni o’chirish mumkin emas? deb so’raydi. 

«Ortiqcha  ma`lumot»  haqidagi,  «ma`lumotning  etishmovchiligi»  haqidagi 

mazmunli  suhbat  ana  shunday  kelib  chiqadi.  Ko’pgina  metodistlar  mantiqiy 

qonuniyatlarni  tekshirishganda  ko’proq  ishonchli  bo’lishi  uchun  hayotiy  misollar 

keltirishni  tavsiya  qiladilar.  «O’quvchi  bola  hakim»  ifodasida  ham  ortiqcha 

ma`lumotlar  bor.  Matematik  xarakterdagi  ifodalar  tuzish  vazifasi  ham 

o’quvchilarga anchagina qiziqarli bo’ladi: 

1)  Qutida 10 ta qalam bor, 6 tasi ko’k va 4 tasi qizil. 

2)  O’ng  cho’ntagimda  chap  cho’ntagimdagidan  ikkita  kam  yong’oq  bor, 

chap cho’ntagimda esa o’ng cho’ntagimdagidan ikkita ortiq yong’oq bor. 

Umumiy  bog’lanish  esdan  chiqib  qolganda  modellarga  murojaat  qilish 

fikrlashning eng maqsadga muvofiq hamda xatoning oldini olishga imkon beruvchi 

usuldir.  Masalan,  hatto  kishilar  ham  noma`lum  bo’luvchini  yoki  noma`lum 

bo’linuvchini topish qoidasini kamdan-kam esda saqlab qoladilar. Biroq x : 2 = 3 

yoki  6  :  x  =  3  modeliga  qarab,  noma`lum  son  ma`lum  son  orqali  qanday 

ifodalanishini sonini aniqlab olish, shuning bilan birga esdan chiqib qolgan qoidani 

esga  tushirib  olish  mumkin.  o’quvchilarni  zarur  bo’lib  qolgan  hollarda  ma`lum 

bog’lanishnnig  modeliga,  ya`ni  unnig  soda  xususiy  hollariga  murojaat  qilishni 

o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 



 

Modellardan  foydalanish  mazkur  bog’lanish  hamma  xususiy  holalr  uchun 



to’g’ri,  umumlashtirilgan  bog’lanish  ekanini  bilishga  hamda  o’z  tajribasiga 

tayanishga asoslangandir. 

Masalalar echganda, echimning tahlili qiyinlik qilganda o’quvchilar o’zlarini 

yo’qotib  qo’yadilar.  Echishning  mumkin  bo’lgan  bir  necha  hollarini  ko’rib 

chiqishga  to’g’ri  keladigan  masalalar  klassifikatsiya  qilishning  modeli  bo’ladi. 

Masalan  «Ikkita  mashinaning  nechta  g’ildiragi  bor?»  degan  savol  (1-sinf)  shartli 

javoblar berishga majbur qiladi: agar bular (uch g’ildirakli) velosipedlar bo’lsa 6 ta 

bo’ladi;  agar  ikki  g’ildirakli  velosipedlar  bo’lsa  4  ta  g’ildirak  bo’ladi.  Agar 

mashinalar  «Neksiya»  markali  bo’lsa,  u  holda (zapas  g’ildiraklarni  sanamaganda) 

6 ta g’ildirak bo’ladi va hokazo. 

Boshqa misol. Nuqtalar o’rniga mumkin bo’lgan sonlarni yozing (1-sinf): 

7 + … – = 9 

Echish: 2 va 0; 3 va 1, 4 va 2 va hokazo. Echishning umumiy ifodasi a ≥ 2 

bo’lganda a va a – 2. 

Ko’ramizki,  bunday  hollar  masaning  shaklini  o’zgartirganda  kelib  chiqishi 

mumkin  (keltirilgan  misol  7  +  2  –  …  =  9  misolidan  ma`lum  2  sonini  noma`lum 

songa  aylantirish  bilan  hosil  qilish  mumkin  edi,  shundan  juda  ko’p  echimlar 

topilar, lekin dastlabki sonlarni tiklash mumkin bo’lmas edi. 

Turli mantiqiy va kombinatsiyaga doir masalalar, «fahmlash»ga doir andaza 

bo’lmagan savollar hamda masalalarni tekshirish arifmetika va algebra darslarining 

mantiqiy  nagruskasini  ancha  kuchaytiradi.  Bunday  masalalar  sinfdan  tashqi 

ishlarda echiladigan masalalar degan fikrlar mavjudddir. Biroq tajriba ko’rsatadiki, 

darsda  bunday  masalalarni  echish  matematikani  o’rganishga  bo’lgan  barqaror 

qiziqishni uyg’unlashtirishga imkon beradi, hamma o’quvchilarning, shu jumladan 

eng  bo’sh  o’quvchilarning  ham  fikrlash  faoliyatini  aktivlashtiradi.  Programma 

materialini  ongli  ravishda  o’zlashtirshiga  yordam  beradi.  Ba`zan  fahmlashga  doir 

masalalar maktabda o’rganiladigan qonuniyat ta`siri masalalar to’plamidan olingan 

bir muncha odatdagi mashqlardan bir muncha bo’rttiribroq ko’rsatadi. 




 

O’quv  jarayonining  intensivligini  oshirish  o’quvchilarning  aqliy  fikrlash 



qobiliyatlarini  o’stirishning  tezlashtirish  shartlaridan  biridar.  O’quv  jarayonining 

intensivligini  oshirish  faqat  o’quv  vaqtini  tjamli  sarf  qilishgagina  va  darsni  puxta 

tashkil  qilishgagina  emas,  balki  o’quvchilarni  mustaqil  ravishda  fikrlashga, 

mulohaza  yuritish,  tahlil  qilish,  taqqoslash,  solishtirish,  umumlashtirishga 

o’rgatadigan faol o’qitish metodlarini qo’llashga ham, ya`ni o’qitish metodlarining 

intensivligini  oshirish  –  darsni  o’tkazish  texnikasiga  ham,  o’quv  materialini 

mantiqiy ishlab chiqish vositalariga ham taalluqlidir. 

Psixologlar  taqqoslash  va  qarama-qarshi  qo’yish  usullari,  o’rganiladigan 

xossalarni  o’zlashtirish  hamda  esda  saqlab  qolishda  eng  samarali  usul  ekanini 

aniqladilar.  Masalan,  og’zaki  hisob  o’tkazayotganda  «…ta  kamaytir»,  «…marta 

kamaytir», «…ta orttir», «…marta orttirish» terminlari yordami bilan hisoblashga 

doir  topshiriqlar  berish  tavsiya  etiladi.  To’g’ri  masalani  echib  bo’lgandan  keyin 

o’quvchilarga  teskari  masalani  tekshirish,  sharti  shu  masala  shartiga  o’xshagan, 

lekin  echilishi  butunlay  boshqacha  bo’lgan  masala  berish  maqsadga  muvofiqdir. 

Afsuski,  matematika  darsliklari  ana  shu  maqsadlar  uchun  yomon  moslashgan, 

shuning  uchun  darslikdan  biror  masalani  echgandan  keyin  o’qituvchi  o’zi  tuzgan 

masalani berishga to’g’ri keladi. 

Mashqlar  sistemasining  mantiqiy  to’laligiga  erishish  ham  o’quvchilarning 

aqliy  faoliyatini,  fikrlash  qobiliyatini  o’stiradi,  kuchaytiradi.  Masalan,  hisoblash 

tenikasi  malakalarini  mustahkamlashda  o’quvchilar  tafakkuriga  kuchi  etadigan 

nagruzka tayinlash qiyin bo’lib qoladi. Bu holad misollarni turlilatish yaxshi ta`sir 

qiladiki,  u  bir  xil  tipdagi  misollarni  «andoza»  yordamida  echishning  oldini  oladi, 

har xil tipdagi misollar uchrab qolgan sharoitda dovdiramaslikka o’rgatadi. Misol: 

1-yoki  2-sinf  o’quvchilari  qo’shishga  doir  misollar  echayotganda  yig’indini 

hisoblashga  doir  trivial  (juda  soda)  misollar  beribgina  qolmasdan,  berilgan 

yig’indiga  ko’ra  ikkala  qo’shiluvchini  yoki  qo’shuvchilardan  birini  (ikkinchisi 

berilgan) topishga doir teskari masala berish, to’g’riligini aniqlash yoki biror yo’l 

bilan  ularni  to’g’ri  qilish  kerak  bo’lgan  yozuvlar  berish  mumkin.  o’qituvchi 

o’quvchilarga aytib yozdiradi, yozilganni to’g’ri o’qishni mashq qildiradi, berilgan 



 

yozuvlardagi  harflar  o’rniga  yozuvlar  to’g’ri  bo’ladigan  sonlarni  qo’yishni  taklif 



etadi. 

(8 + x = 45 + 8, 

x ni toping) 

o’quvchilarga shunday misollarni o’zlari tuzishni taklif etadi. 

SHuni  ta`kidlab  o’tish  kerakki,  boshlang’ich  maktab  o’qituvchiari 

matematika  o’qituvchilari  ishlatadigan  usullarini  ham,  masalan  matematik 

diktantlarni muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilmoqdalar. 

Masalalar  echish  to’g’risida  alohida  to’xtalib  o’tish  kerak.  Bu  erda  ham 

masalalar  echish  formalarining  turli-tumanligi  yangi  usullar  bilan,  masalan, 

o’quvchilarni  masalalar  echishini  analiz  yoki  sintez  qilishga  o’rgatishga 

yo’naltirilgan  misollar  bilan  boyitadi.  Bu  erda  ilg’or  o’qituvchilar  qo’llanadigan 

echish formalarini sanab o’tamiz: 

a) berilgan masalaning shartidan bir necha teskari masala tuzish; 

b)  berilgan  masalani  echish  usulini  umumlashtirish  maqsadida  uning  son 

ma`lumotini o’zgartirish; 

v)  ortiqcha  ma`lumotlari  bo’lgan  (ba`zan  bir-biriga  qarama-qarshi 

ma`lumotlari bo’lgan) masalalarni tekshirish; 

g) son ma`lumotlari etishmaydigan masalalar echish va ularni «tuzatish». 

d)  berilgan  masalaga  o’xshash  bo’lib,  echilishi  boshqacha  bo’lgan  masala 

hosil qilish maqsadida masala shartidagi bir necha so’zlarni o’zgartirish; 

e)  berilgan  masaladan  qiyinroq  masala  echish  va  berilgan  masala  shartini 

murakkablashtirish; 

j)  o’quvchilarning  o’zlari  mantiqiy  mulohazalar  yordamida  qanday  yangi 

miqdorlar topish mumkinligini aniqlab bo’ladigan «savolsiz masala»lar echish. 




Download 487.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling