10
Rasmga qarab og’zaki masala tuzdirib, yechish.
Yaylovda 2 ta ot bor edi, uning yoniga yana 3 ta ot kelib qo’shilsa, hamma
otlar nechta bo’ladi?
Demak, 2 + 3 = 5 ta ot bo’ladi. Agar 3 ta otga 2 ta ot kelib qo’shilsa ham 5 ta
ot hosil bo’lar ekan.
2-misolda esa guldagi misollarni bajaramiz.
1 bilan 1 ning yig’indisi 2 bo’ladi; 4 bilan 1 ning yig’indisi 5 bo’ladi; 3 bilan
1 ning yig’indisi 4 bo’ladi; 2 bilan 1 ning yig’indisi 3 bo’ladi deb tushuntiramiz.
3. 3-misolni og’zaki bajarish.
11
Bu misollar quyidagicha ta’riflanadi:
a) 1 bilan 2 ning yig’indisi 3 bo’ladi; 3 bilan 2 ning yig’indisi 5; 2 bilan 2
ning yig’indisi 4 bo’ladi;
b) 4 bilan 2 ning ayirmasi 2; 5 bilan 2 ning ayirmasi 3; 3 bilan 2 ning
ayirmasi 1 ga teng ekan.
4-misolni og’zaki bajaramiz.
4 hosil qilish uchun 2 bilan 2 ning yig’indisi, 3 bilan 1 ning yig’indisi deb
olish mumkin. Demak, bo’sh kataklarning o’rniga son qo’yib bajarish kerakligi
tushuntiriladi.
Xulosa. 4 bilan 1 ning yig’indisi ham 5; 3 bilan 2 ning yig’indisi ham 5; 2
bilan 3 ning yig’indisi ham 5 ekanligi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: