To’g’ri burchak. Takrorlash: noma`lum kamayuvchini topishga doir,
sonni bir necha birlik kamaytirishga doir, ayirmani, yig’indini topishga doir
sodda masalalar. O’rganilgan turdagi misollarni echish.
YAngi material ustida ishlash.
1. Jadvalda yoki doskada to’g’ri va to’g’rimas burchaklar chizib qo’yiladi.
Bu to’g’ri burchak. Bu esa to’g’rimas burchak. CHizmachilik uchburchagida
(go’niyada) (mana bunda) to’g’ri burchak bor. (CHizmachilik uchburchagini uning
to’g’ri burchagini, to’g’rimas burchagini ko’rsatadi). Uchburchakning uchini
ko’rsating. Uchburchakning to’g’ri burchagi oldidagi uchini ko’rsating. SHunday
uchburchak yordamida berilgan burchak qanday ekanini, ya`ni to’g’ri burchak yoki
to’g’rimas burchak ekanini bilamiz. Bu uchburchak yordamida berilgan burchak
qanday ekanini bilib olamiz; berilgan burchakning uchini uchburchakning uchi
bilan ustma-ust tushiramiz, uchburchakning tomonini burchak tomoni bilan ustma-
ust tushiramiz, burchakning ikkinchi tomoni to’g’ri burchakning tomoni bilan
ustma-ust tushadimi yoki yo’qmi? U joylashdi, demak, burchak to’g’ri burchak.
Agar ustma-ust tushmasa, u holda burcha to’g’ri burchak bo’lmaydi.
13
Doskada chizilgan har bir burchak shunday tekshiriladi, doskaga chiqarilgan
o’quvchilar ishlashadi.
2. Bolalar o’z uchburchaklaridan foydalanib, darslikdagi to’g’ri va
to’g’rimas burchaklarni aniqlashadi (29-mashq).
Do'stlaringiz bilan baham: |