Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilari rangni his qilish idrokini o’stirishda nafosat tarbiyasining ahamiyati


Download 240.48 Kb.
bet2/12
Sana04.02.2023
Hajmi240.48 Kb.
#1157574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida oquvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi

Kurs ishining maqsadi.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi, O’zbеkistоn Rеspublikаsining
“Tа’lim to’g’risidа” gi qоnuni, “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi”, o’zbek pedagogikasi antologiyasi, sharq mutafakkirlarining estetik qarashlari tog’risidagi fikrlаri, mаvzugа оid ilmiy-pеdаgоgik, psixоlоgik, mеtоdik, mаnbаlаr.
Tаdqiqоtning predmeti: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni estetik tarbiyalashda tabiat vositalaridan foydanilsa, shаrt-shаrоitlаri o’rgаnilsа, аniqlаnsа, ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashda maktabdagi mаvjud imkоniyatlаrdаn sаmаrаli fоydаlаnilsа, ota-onalar oilada bolalarni estetik tarbiyalashga dоir bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrni egаllаshlаri tа’minlаnsа, pеdаgоgik bilimlаrni o’zlаshtirishdа sаmаrаli nаtijаlаrni qo’lgа kiritish mumkin.





I.bob. Boshlang’ich sinf mehnat ta’limining ilmiy-nazariy asoslari

1.1. Boshlang’ich sinf mehnat fanining ahamiyati, maqsad va vazifasi


Tarbiyaning bo’g’ini boshlang’ich ta’limdan boshlanadi. Ta’lim sohasida umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari oldiga qo’yiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Bu talablar tabiat va jamiyat talablarini bilish maqsadida ma’lum mazmunni fan va texnikaning eng yaxshi yutiqlar bilan boyitishga ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat ta’limining rolini oshirish va bolalarni tarbiyalashga ajratilgan. Bu o’z navbatida mehnat ta’limi oldiga murakkab va mas’uliyatli vazifalar qo’yadi. Vujudga kelgan imkoniyatlardan mehnat o’qituvchisi shaxsini har tomonlama rivojlanishi uchun to’liq imkoniyat beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yoshligidanoq bu jamiyat insonlarning o’zaro birikuvi yordamida insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo’lgan intilishi natijasida vujudga kelishi, ayniqsa, boshlang’ich sinflar faoliyati ham ijodiy tanqid ostiga olingan edi. Bunda asosiy jihat maktab boshlang’ich sinflarda kasbga qiziqtirish va maktab ko’nikmalari shakllanmay qolayotganliklari yigit va qizlarning o’z qobiliyatlarini, istaklari ijodiy mehnat moyilliklariga monand holda hayot yo’llarini belgilab olishda qiyinchiliklar sezayotganliklariga ta’kidlangan va shu bilan birgalikda umumiy o’rta ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog’liq vazifalar belgilab olingan edi.
Boshlang’ich sinflardagi mehnat ta’lim-tarbiyasi va ma’lumoti, maktabdan mehnat ta’limini namoyon bo’lishi va uning o’zagi bo’lib u bolalarning bilimi, ishlab chiqarish faoliyati o’z -o’ziga xizmat qilishi, o’zaro yordam ko’rsatish estetika va jismoniy rivojlanish j arayonidagi mehnat kuchi harakatlarini qamrab oladi.
Boshlang’ich ta’limi mehnat ma’lumoti buning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida yigit va qizlar mehnatning nazariy va amaliy hamda samarali, eng oddiy asosiy negizlari va tarbiyaviy qismlarni, umumlashgan mehnat malakalarini bilish va amalaiy faoliyatn usullarini egallashga qaratilgan.
1932-yilda boshlang’ich va o’rta maktablarning o’quv dasturlari va rejimi to’g’risidagi qarorida maktablarda fan asoslarini fanlardan foydalanib o’tish ishlab chiqildi. O’quv rejasiga boshqa o’quv fanlari bir qatorda mehnat ta’limi ham mustaqil fan bo’lib kirdi.
1952-yilda mehnat ta’limiga jamoatchilik e’tibori maktab boshlang’ich sinflarda ta’lim va mehnat tarbiyasini rivojlantirishning zarurligi ko’rsatildi.
1954-yilda mehnat ta’limini boshlang’ich sinf o’quv rejasiga o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi.
Sharq mutaffakkirlarining pedagogik g’oyalari, uzoq o’tmishga borib taqaladi.
O’rta Osiyodan o’tgan qadimiy buyuk ipak yo’li Xitoy, Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog’lanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga bo’lgan qiziqishiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat qilishga bo’lgan munosabatini o’zgartirib raqobatga arzigulik qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga, hunarmandchilikka, chevarchilikka qiziqishlarini takommillashtiradi.
Forobiyning insoni fazilatlari to’g’risidagi ta’limidan quyidagi ma’lum xulosalariga kelish mumkin:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yoshlikdanoq bu jamiyat insonlarning o’zaro birikuvi yordamida insonlarning o’z moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo’lgan intilshi natijasida vujudga kelishi va jamiatdan tashqarida insondan, jamiatdan ajralgan holda o’zaro yordamsiz o’z ehtiyojini qondira olmasligini tushuntirib berish.

  2. O’quvchilarning barcha tug’ma qobiliyatlarini yuksak kamolotga hamda mukammallikka erishishi uchun sarf qiladi va bu yo’lda o’zini qurshagan tabiati hodisalaridan foydalanadi, ularni o’ziga xos bo’ysindiradi, buning uchun ilm-fanni turli hunarlarni o’rganadi Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning rivojlanishida ta’lim tarbiyaning o’rni yosh avlodlarni tarbiyalashda kasbkorlikning, hunarmandchilikning ijodiy ta’siri u insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targ’ibot qilganlar.

Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya va ta’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Aqliy tarbiya.

  2. Jismoniy tarbiya.

  3. Estetik tarbiya .

  4. Axloqiy tarbiya .

  5. Mehnat tarbiyasi.

Ibn sino fikricha bolaga ma’lum bir kasb-hanar o’rgatish zarur. O’quvchi kasbhunarni ma’lum darajada o’rganib bo’lgandan so’ng uni hunaridan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini o’rganish lozim.
Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm-faning ravnaqiga bog’liq, yoshlarning baxt-saodati va kamoloti uning bilimi, ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun ham olim, yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlarda rahmdil, mehribon, kishilarga iltifotli, xayrixoh bo’lishni, najotsiz odamga qo’l cho’zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, jur’atsizlik, boylikka xirs qo’yish kabi sifatlarga yo’l qo’ymaslikni talab etadi.
Prezidentimiz I.A Karimovning Respublika Oliy majlisi IX-sessiyasida so’zlagan nutqida boshqa ta’lim turlari qatori umumiy o’rta ta’lim maktablari, ayniqsa, boshlang’ich sinflar faoliyati ham jiddiy tanqid ostiga olingan edi. Bunda asosiy jihat boshlang’ich sinflarda kasbga qiziqtirish va mehnat ko’nikmalari shakllanmay qolayotganligi yigit va qizlarimiz o’z qobiliyatlari, istaklari ijodiy va mehnat moyilliklarga monand holda hayot yo’llarini belgilab olishda qiyinchiliklar sezilayotganligi ta’kidlangan va shu bilan birga umumiy o’rta ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog’liq vazifalar belgilab olingan edi.
Mehnat ta’limi o’qituvchilar rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikmalarini egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligini beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o’quv faoliyatidir1.
Mehnat ta’limi mazmuni shu vazifalarga to’la bog’liqdir, ya’ni shu vazifalarga ko’ra belgilanadi. Masalan: ta’limni unumli mehnat bilan birga qo’shishni ta’minlash zarurligi boshlang’ich sinfdagi o’qitish mazmuniga, jumladan, mehnat ta’limi mazmuniga qator talab qo’yadi:
1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyatlari imkoniyatiga qarab unumli mehnatni o’z ichiga olishi kerak.
2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining unumli mehnati ularning o’quv faoliyatlariga tartiban qo’shilib ketishi kerak.
3.Unumli mehnat mazmunida bolalarning yosh imkoniyatlari, mehnat ta’limi vazifalari, ishlab chiqarish muhitining xarakteri hisobga olinishi kerak.
4.Maktab boshlang’ch sinflarga ta’limning ishlab chiqarish malakasini berish bilan tugallanishi kerak.
Boshlang’ish sinflarda o’quvchilarning amaliy faoliyatlariga alohida e’tibor beriladi, bunga o’quv vaqtining 80-85% i ajratiladi. Mehnat topshiriqlarini bajarishda o’quvchilar ko’rsatmali qo’llanmalar, materiallar, o’yinchoqlar, tabiiy materiallardan buyumlar tikadilar va yasaydilar.
I-IV –sinflarda ustaxona amaliy mashg’ulotlari bilan mehnat darslarining bog’lanishi va harakteriga ko’ra bir tomonlamadir ya’ni, V-VII-sinflardagi mehnat ta’limi mazmunini hisobga olgan holda tuzilishi kerak.
Mehnat ta’limining metodlaridan biri suhbat bo’lib odatda mehnat ta’limi shartlarida o’quv ko’rgazmasi bilan birga amalga oshiradigan tushuntirish tez –tez qo’llanadi.
Hikoya va tushuntirishga qator talablar qo’yiladi:

  1. Mazmuning to’griligi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga aytiladigan o’quv rejasining mazmuniga mos kelishi va ilmiy asoslangan bo’lishi kerak.

  2. Materialni o’zini oqlagan izchillikda bayon qilishi. Avval o’quvchilarni tarkibiy qismlarga bo’lish, ularni o’rganish va unga chuqurroq qarash kerak.

  3. Aniqlik va isbotlilik. Mehnat ta’limining mazmuni, odatda, o’quvchilar tanishadigan nazariy qoidalarni va mehnat usullarini bajarish qoidalarini qisqa, aniq va ishonchli asoslash imkonini beradi.

  4. Bayonni tushuntirib berish. Agar o’qituvchi o’zi bayon qilayotgan materialga loqayd munosabatda bo’lsa bu hol o’quvchilarga ham o’tadi va aksincha o’qituvchi mavzuni ta’sirchan yo’sinda bayon qilsa yaxshi saqlab qoladilar.

  5. O’qituvchining nutq madaniyati, uni o’quvchilar tushina oladigan bo’lishi.

Mehnat ta’limi bo’yicha davlat ta’limiga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o’quvchilarning mehnat ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasining me’yorlari ifodalanadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha yetib kelgan juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan. Ibn Sino tavsiya qilgan asarida tarbiya va ta’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Mehnat ta’limi o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligini beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir. Mehnat ta’limining maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilariga faqat bilim ko’nikma va malakalar berishgina emas, balki ularda mehnatga, jamoa va mulkka, jamoa va uning alohida a’zolariga ongli munosabatini, shaxsiy va jamoa foydasi uchun ishlashga tayyorgarlikni tarbiyalashdan iboratdir.
Mehnatga ongli munosabat – har bir shaxsning axloqiy qiyofasining asosiy xususiyatidir. Har bir o’quvchi mehnatni shaxsiy hayoti va o’zaro yordam xissini tarbiyalab borishi lozim. Mehnat topshirig’ini bajarish jarayonida ular ba’zi ishlarni birgalikda, bir-birlariga yordam berib, maslahatlashib bajarishga to’g’ri keladi. Bu imkoniyatga o’qituvchi vaqtida tabiiy va tashlandiq materialni ko’plab yig’ish hamda maktabga olib kelib mehnat darsida ham foydalanadi. Shuning uchun o’qituvchi har bir darsda bu haqida bolalarga ko’rsatma berishi yangi bajarilgan ishlardan ularga namunalar ko’rsatib turishi yaxshi natija beradi. Boshlang’ich sinf ta’limida o’qitishning har xil metodlaridan foydalaniladi. Ta’lim metodlarini tanlash avvalo o’quv materiali va o’quv vazifasining harakteriga bog’liq.
Mehnat ta’limiga doir o’quv vazifalari maktabdagi boshqa fanlarning o’quv vazifalari singari o’quvchilarga yangi bilimlar berish, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish bilimlarni amalda qo’llash va hokazolar. Bilim asosan bir xilligi uchun ta’lim metodlari ham asosan bir xil bo’ladi. Bu gap asosan nazariy mashg’ulotlarga taaluqli bo’lib, bunday mashg’ulotlar quyi sinf o’quv dasturlarida bevosita nazarda tutilgan.
Boshlang’ich sinflarda mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish mehnat ta’lim metodikasida juda muhim o’rin tutadi. Mantiqiy o’qitish metodlarini o’ziga xos xususiyatlari shuki, unda o’qitish jarayonini o’qituvchining mehnat usullarini namoyish qilish va o’quvchilarning unga taqlid qilishi asosida tashkil topadi. Asosiy qoidalari, shartlari quyidagilardan iborat:

  1. topshiriqni aniqlash, uning maqsadi va bajarishni tushintirish.

  2. o’quvchilarda zarur bilimlarni mavjud bo’lishi.

  3. ta’lim metod va usullarini shakllantirayotgan ko’nikma va malakalarni hususiyatlariga moslash.

  4. o’quvchilarni o’z vaqtida baholash, o’quvchilarni baholash natijalaridan habardorligi.

  5. o’quvchilar faoliyatini aktiv harakteri.

Bunda o’quvchilarning tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari, shu kasblar ularning munosabatlariga muvofiq va qobiliyatlari turlariga mos bo’lishini, kasb tanlashning ongli, mustaqil ravishda amalga oshirishini, o’quvchilarning shaxsiy intilishlarini, imkoniyatlarini jamiyat ehtiyojlari bilan mos kelishini ta’minlashi lozim. 1-4- sinfda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlari mahalliy ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, istiqbollarni belgilovchi rahbar, idoralar tavsiyalari asosida hamda mahalliy kasb-hanar kollejlari va akademik litseylarning yo’nalishlarini hissobga olgan holda tashkil etadi. 1-4sinf mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarda kasblar turlariga oid bilim, ko’nikma va malakalarni maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarini hissobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiradi. Hozirgi sharoitni hissobga olgan holda ko’proq maktablarda mehnat ta’limi mashg’ulotlarining mazmuni asosiy milliy hunarmandchilik kasblari yo’nalishida olib boriladi.
Mehnat ta’limi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv xonasi hamda unda maxsus ish joyini tashkil qilish va ulardan xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini tashkil qilish. O’quvchilarni mashg’ulotlar uchun zarur materiallar, xom- ashyo asboblar bilan ta’minlash, moslamalar mexanizmlar bilan ishlarini tashkil qilish, sanitariya – gigiyena mehnat xavfsizligi bo’yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarning to’liq bajarilishini ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish.
O’quvchilarning turli kasblar bo’yicha mehnat jarayonlari va kasb egalari bilan yaqindan tanishtirishni amalga oshirish uchun korxonalar, jamoa xo’jaliklari, tashkilotlar, kasb-hunar kollejlari bilan doimiy aloqalar o’rnatish lozim. Rasmiy hujjatlar, ish rejalari, o’quv xonada ishlash qoidalari, ayrim mexanizmlar, elektr jihozlari bilan ishlash, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari, sinf jurnalini yuritishdan iborat. Mashg’ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish. Bunda mahalliy sharoitlar ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda o’quvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin bo’lgan kasb turlarini tanlash, o’g’il va qiz bolalarning o’zlari xos mehnat mashg’ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish. Mashg’ulotlarda zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar, yangi didaktik vositalardan keng foydalanish, mehnat ta’limi va tarbiyasining birligini ta’minlash.
O’quvchilarda turli kasblarga tegishli dastlabki ko’nikma, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish .
Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarni aqliy va axloqiy, estetik jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy, psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olish. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish.
O’quvchilarni bilim, o’quv ko’nikmalarini turli usullar bilan davlat ta’lim standartlariga binoan nazorat qilib borish ishlarini bajarish lozim bo’ladi.

Download 240.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling