Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilari rangni his qilish idrokini o’stirishda nafosat tarbiyasining ahamiyati


Download 240.48 Kb.
bet5/12
Sana04.02.2023
Hajmi240.48 Kb.
#1157574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida oquvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi

Mehnat tarbiyasi
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo’lib kelgan. Mehnat odamlarning biror maqsadi uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun bolalarni juda kichik yoshidan boshlab mehnatga o’rgatish zarur .
Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insoniy fazilat deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlama kamol toptirishni yuksak ko’tarinki ruh bilan madh etgan. Yoshlarni sidqidildan mehnat qilishga , mehnatni qadrlashga chaqirgan. Ular yoshlarni kasb-hunar o’rganishga, har kim o’zi qiziqqan va o’ziga munosib faoliyat bilan shug’ullanishiga da’vat etganlar. Mehnatkash odam hech vaqt birovga qaram bo’lib qolmaydi degan fikrni ilgari surganlar. O’qituvchilar mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasi masalalariga alohida e’tibor berib, yoshlardagi qiziquvchanlik, tejamkorlik, do’stlik va odamiylik, ijodkorlik kabi oliyjanob fazilatlar mehnat orqali vujudga kelishini ularga tushuntirishlari kerak .
Yoshlarni mehnatsevar bo’lib tarbiyalanishi bilan bir vaqtda , inson qo’li bilan yaratilgan narsalarni qadrlashga, ardoqlashga va uni uvol qilmaslikka odatlantirish zarur. Mehnat faqat hayotiy zarurat va moddiy farovonlik manbai bo’lib qolmay, yoshlarda yaxshi xulq va ma’naviy sifatlarni vujudga keltiradi; loqaydlik va beparvolik kabi illatlarni bartaraf etib, kishida quvonch va mamnunlik hislarini paydo qiladi.
O’qituvchilar boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda yoshligidanoq biror hunar yo kasb etagini mahkam tutgan yigit-qizlar hayotda o’z o’rinlarini topishlarini, qoqilmasliklarini ularning ongiga singdirib borishimiz lozim.
Ota-bobolardan qolgan hikmatda “Bir yigitga qirq hunar oz deb bejizga aytilmagan.
O’quvchilarni mehnat tarbiyasi dastlab oilada, maktabda o’quv-tarbiya ishining butun tizimida, bolalarning ommaviy tashkilotlari faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi.
Maktabda mehnat tarbiyasining yaxshi borishi maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab kichkintoylarga mehnat tarbiyasi berib borishga bo’g’liqdir. Bolalarga kattalarning mehnati, kasb-hunarlari to’g’risida so’zlab berish ularning mehnatini hurmat qilish lozimligini tushuntirib borish ham zarur.
Boshlang’ich maktabdagi mehnat mashg’ulotlari o’quvchilarning har tomonlama uyg’un rivojlanishiga xizmat qilib, u o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni, badiiy didni o’stirishda va ularni axloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida o’rin egallaydi. O’quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun, avvalo ular bajargan ishining inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirish va bu ishni bajarishga ularni qiziqtirish zarur1.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, barcha tarbiya turlari o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Barkamol shaxs tarbiyasida mehnat ta’limining ahamiyati katta. Bilamizki barkamol shaxsda barcha tarbiya turlari mujassamlashgan bo’ladi, ya’ni barkamol shaxs har tomonlama yetuk, jismonan kuchli, yuksak didli, axloqan namunali va albatta mehnatsevar bo’lishi kerak.
Ushbu xislatlardan birontasi unda yug’unlashmagan bo’lsa , u holda barkamol shaxs hisoblanmaydi. Hamma tarbiya turlari zamirida mehnat tarbiyasi yotadi.
Mehnat darslarida biror buyum yasash orqali o’quvchilarga mehnatsevarlikni, uni bezash jarayonida estetik tarbiyani, tejamkorlik orqali axloqiy tarbiyani singdiramiz .
Barkamol shaxs tarbiyasida mehnat ta’limi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 240.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling