Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilari rangni his qilish idrokini o’stirishda nafosat tarbiyasining ahamiyati


Boshlang’ich sinf o’quvchilariga estetik tarbiya berishda mutafakkirlar merosidan foydalanish


Download 240.48 Kb.
bet6/12
Sana04.02.2023
Hajmi240.48 Kb.
#1157574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida oquvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi

1.3. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga estetik tarbiya berishda mutafakkirlar merosidan foydalanish.
O’quvchilarni o’z ona Vatanlarini yanada yaxshiroq bilishlari, hozirga qadar, bizgacha yetib kelgan qadimiy me’morchilik yodgorliklarini va shu kabi milliy qadriyatlarimiz namunalarini ko’z qorachig’idek asrashga o’z hissalarini qo’shish, ajdodlarimiz mehnati mahsuliga hurmat bilan qarash va shu orqali ularda vatanparvarlik hisilarini uyg’otish asosiy omillaridan biridir.
Yosh avlod zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymon e’tiqodli bo’lishi Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldiradigan buyuk ajdodlarimizning ishini davom ettira oladigan bo’lishlari lozim. O’qituvchi darsni shunday tashkil etmog’i lozimki bu jarayonda o’quvchilarning nafaqat zamonaviy texnologiyadan foydalangan holda ,balki ajdodlar merosidan foydalanib yangi bir usulni joriy qilishga o’rgatmog’imiz lozim.
Mutafakkirlar merosidan boshlang’ich sinf mehnat darslari jarayonlarida foydalanish orqali o’quvchilarni san’atga, mehnatga, kasbga, badiiy merosimizga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ijodkor va kelajakda malakali kadrlar bo’lib yetishishlariga ko’maklashishdan iborat. Mutafakkirlarimiz merosi bo’lgan san’at asarlari, she’rlar, dostonlar, hikoyalar, ertaklar, masallar, hadislardan mehnat darslarida mahnatga, san’atgaahloq va odobga tegishlilaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular orqali o’quvchilar badiiy milliy merosimizni o’rganish ,san’atga va Vatanga bo’lgan muhabbatlarini singdirish kabi ulkan maqsadlari amalga oshiriladi.
Mehnat ta’limi jarayonida mutafakkirlarimiz qoldirgan boy meroslar: she’rlar, hikoyalar, dostonlar, maqollar, hadislar, ertaklar, tasviriy va amaliy san’at ustalarining asarlaridan foydalanish orqali o’quvchilar bilimini,intellektual salohiyatini, ijodkorligini oshirish, estetik didini yuksaltirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Darslar samaradorligi ortadi, o’quvchilarni kasb egalari bo’lishiga ko’maklashadi. Ustoz va shogird an’analari davom ettiriladi.
Mehnat va estetik tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar. Ta’lim tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib,buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib yetishishi kasb-hunar o’rganish nafaqat aholini hurmat qilish hamda estetik tarbiya berish,insonni ulug’lash masalalariga alohida etibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.

Download 240.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling