Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilari rangni his qilish idrokini o’stirishda nafosat tarbiyasining ahamiyati


Download 240.48 Kb.
bet9/12
Sana04.02.2023
Hajmi240.48 Kb.
#1157574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida oquvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi

Amaliy ishlarestetikasi.
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallangan bilimlarni amalda qo’llashni o’rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni chiroyli bajarishini rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy va estetik ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan bajarilishi ham amaliy ishlarga kirtish mumkin. Bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga, o’quvchilarning ijodiy faolligini oshirishga, estetik didini rivojlantirishga yordam beradi.
Musmtamqil ishlar estetikasi: O’quvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig’i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajarilgan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab estetik, aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqlarda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar o’rtasida uzviy aloqada bo’lishi kerakligini his etsinlar, bajarayotgan ishlari o’quvchilarga estetik zavq bag’ishlasin. O’quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda bo’lmasligi kerak.
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar. Mustaqil ishlar jarayonida ham o’quvchilarga estetik tarbiya berib boriladi.
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy va estetik did bilan yondashishni, ulardagi bilishga qiziqishlarini, olingan bilimlarini amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi.
Ekskursiya estetikasi.
Ekskursiya-bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ekskursiya o’quvchilarga estetik tarbiya berishda katta ahamiyatga ega, chunki tabiat qo’yniga, muzeylarga, turli tarixiy joylarga ekskursiyaga borilgan vaqtda o’quvchilar tabiatdagi go’zallikni, nafosatni his etadilar, har bir ishda estetik qarash
muhim ekanligini anglab yetadilar. Ishlab chiqarish ob’yektlariga ekskursiyalarga borgan vaqtda ishlab chiqarish vakillari ham ishtirok etsa u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi, etikasi, estetikasi bilan yaqindan tanishadilar.

Download 240.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling