Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilari rangni his qilish idrokini o’stirishda nafosat tarbiyasining ahamiyati


II. bob. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida o’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash


Download 240.48 Kb.
bet7/12
Sana04.02.2023
Hajmi240.48 Kb.
#1157574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida oquvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi

II. bob. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida o’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash
2.1. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida o’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi
Boshlang’ich sinf mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarni estetik tarbiyasini shakllantirishda turli usullar, interaktiv metodlardan keng foydalaniladi.
Qo’l mehnatiga o’rgatishda, o’quvchilarga estetik tarbiya berishda qo’llaniladigan asosiy shakl va metodlar tizimi quyidagilar:
Og’zaki bayon qilish.
Tushuntirish va hikoya qilish.
Suhbat.
Mashqlar.
Amaliy ishlar.
Labaratoriya ishlari.
Ekskursiya.
Kitob bilan ishlash.
Texnik vositalar.
Mustaqil ishlar.
Uchrashuvlar.
Ko’rgazmalar.
Sayohatlar.
Yangi pedagogik texnologiyalar.
Biz bu terminlarning, ya’ni bu shakl-metodlarning har biriga estetik jihatdan yondoshib, uning zamirida estetika yotibdi deya olamiz. Chunki, bu shakl-metodlar estetika va estetik tarbiya bilan uzviy, chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarga estetik tarbiya berishda, dunyoqarashini shakllantirishda, mehnat ta’limi va tarbiyasiga tayyorlashda yuqoridagi usul, shakl va metodlardan samarali foydalanilsa, o’qituvchi o’quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasining malaka va ko’nikmlarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash to’g’ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlar shakllanadi, o’quvchilarning estetik didi o’sadi.
Og’zaki bayon qilish estetikasi.
Bu usul ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi.
Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir .Suhbat orqali o’quvchilarning nutqi o’sadi, estetik dunyoqarashi kengayadi, har bir narsaga o’zining estetik qarashi bilan yondashishga harakat qiladilar. Tushuntirish va hikoya qilish estetikasi.
Bu usul materialning jonli va obrazli bayon qilishdi. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Bazan suhbat davomida o’quvchilarning qanchalik o’zlashtirayotganliklarini bilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib bajarilsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. O’quvchilar rasmlarni ko’rish, anglash, kuzatish orqali ularning ijodiy faolligi oshadi, estetik dunyoqarashi kengayadi, go’zallik, nafosatni his etadi .
Bu o’rinda tushuntirayotganda ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning estetik qarashlarini rivojlantirishga, ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirishga alohida ahamiyat berish kerak. Bundan tashqari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichi bir xil emasligini nazarda tutish lozim.
Tushuntirishda bo’sh o’zlashtiruvchilarga alohida e’tibor barish lozim. Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushuntirilayotgan material yuzasidan ularga bir- ikkita savol berish mumkin. Bu metod o’quvchilarga axloqiy, estetik tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega.

Download 240.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling