Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilari rangni his qilish idrokini o’stirishda nafosat tarbiyasining ahamiyati


Estetik tarbiya (Nafosat tarbiyasi)


Download 240.48 Kb.
bet4/12
Sana04.02.2023
Hajmi240.48 Kb.
#1157574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida oquvchilarni estetik ruhda tarbiyalash metodikasi

Estetik tarbiya (Nafosat tarbiyasi).
Estetik tarbiya (Nafosat tarbiyasi) bu o’quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uygotish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda nozik didli bo’lish, go’zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushinish, xullas, o’z hayotini go’zallik qonunlari asosida qura olish barkamol shaxsning eng zaruriy fazilatidir.
Insonda go’zallikni tushunish birdaniga vujudga kelmaydi, balki u jamiyat va odamlar, atrof-muhit ta’sirida shakllanib boradi. Nafosat tarbiyasi – eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot tuyg’ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Nafosat tarbiyasi aql bilan, hissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda, hissiyot vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda imiy
dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his- tuyg’ular va ko’nikmalarni o’sib borishi jarayonida insonning o’zi ham ma’naviy boyib, oliyjanob bo’lib boradi, uning hayoti yanada sermazmun bo’ladi, yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbat ortib boradi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did – farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida ham o’quvchilarga estetik ruhda tarbiya beriladi. Ular bajarayotgan ishlarini ixcham va go’zal qilib tayyorlashga o’rgatiladi. Did –farosat har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida, yurish- turishida, kishilarga bo’lgan munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu vaqealarga yondashishida yaqqol ko’zga tashlanadi .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda odob va nafosat tarbiyasi o’zaro chambarchas bog’liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq –odobda, chiroyli xatti –harakat, go’zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga tabiatga muhabbatda ko’rinadi. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida shunday allomalar fikrlaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda estetik, ya’ni go’zallik tarbiyasini singdirishning ahamiyati katta. Bunday tarbiya, avvalo, bolalarni turmushdagi go’zallik va xunuklikni tushunish, his etish orqali ma’lum bir kayfiyatni shakllantiradi, ularda go’zallikdan zavqlanish, xunuk qiliq, xattiharakatlardan nafratlana olish qobiliyatini paydo qiladi, kishilarni ma’naviy fazilatli bo’lishga yetaklaydi .
Estetik did, estetik qobiliyat, hissiyot madaniyati birdaniga paydo bo’lmaydi, tabiatdan tayyor holda berilmaydi. har qanday insoniy qobiliyat qatorida go’zallik tuyg’usi ham tarbiyalash, rivojlantirish, takomillashtirishga muhtojdir. Bularning hammasida inson go’zalligi nomoyon bo’ladi. Xalqimiz “Yaxshi husningni yomon xulqing buzadi ”, deb bekorga aytmagan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini singdirishni bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, bu davr inson hayotida fe’l-atvor, irodaning, did, go’zallik tuyg’usi va hayotiy tushunchaning paydo bo’lishi va shakllanishi davridir .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda oila, maktab va jamoatchilik va shu bilan birga mehnat ta’limi ham asosiy rol o’ynaydi. Mehnat darslarida barcha ish turlari orqali ham estetik tarbiya berib boriladi. Qizlar uchun igna bilan kiyimlar tikish ishlari bo’lsa, o’g’il bolalar uchun maketlar yasashda estetik jihatdan ishga e’tibor berish kerak bo’ladi. Bunda ota-onalar ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalashda moddiy va ma’naviy boylikka ham e’tibor berishlari lozim bo’ladi.
Nafosat tarbiyasi ta’sirida bolalar qalbi shunchalik noziklashadiki, ular har bir so’zni darhol quloqqa oladigan bo’ladi, qalb fazilati ortadi, nafosat his – tuyg’usi kuchayadi, his etish, tushunish, qadrlash, zavqlanish, bir hodisaga munosabat bildirish, nafratlana bilish – bular nafosat tarbiyasining muhim belgilari hisoblanadi.

Download 240.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling