Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Download 0.93 Mb.
bet12/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

Birinchi bob bo'yicha xulosa
Yuqoridagi fikrlarda xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylar ahamiyatining pedagogik imkoniyatlarini ochish nafaqat o’qituvchi, balki ota-ona uchun ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Aslini olganda o’quvini faollashtirishning o’zi murakkab jarayon, bo’lib o’qituvchidan dars talablarini aniq va ravshan bajarishni talab qilib qolmay, vaqtdan unumli foydalanish ko’nikmasini ham talab qiladi. Bunda o’qituvchining metodik jihatdan boyligi, qurollanganligi katta ahamiyatga ega. Avvalo o’qituvchi o’quvchida milliylik nima? Ma’naviyat so’zining ma’nosi qanday? Bolalarimizni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalasak, ularda milliy g’urur, milliy ong va o’z-o’zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirsak, ularda milliy-ma’naviy merosga bo’lgan hurmatni tarbiyalay olgan bo’lamiz. Zero, prezidentimiz aytganlaridek. Demak, bolalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda bir necha omillarga suyanish mumkin. Jumladan:

  1. So’z bilan tarbiyalash.

  2. Ijtimoiy-foydali mehnatda tarbiyalash.

  3. Namuna ko’rsatish orqali tarbiyalash.

  4. Vaziyat orqali tarbiyalash.

  5. O’yin orqali tarbiyalash.

  6. Muloqot orqali tarbiyalash.

  7. Munosabat orqali tarbiyalash.

Hulosa shuki, pedagogik imkoniyatdan unumli foydalanish zamon talabi ekan, har bir o’qituvchi o’z ustida tinimsiz izlanib, hamisha fan yangiliklari bilan tanishib boorishi zarur. Shundagina biz ko’zlagan maqsadimizga albatta erishamiz.


II Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylar ahamiyatining pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shart-sharoitlari.
2.1. Davlat ta`lim standartlarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishga qo’yilgan talablar.
Jamiyat tarraqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umumiy qadriyatlar uyg’unligi bilan belgilangan. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita ta’luqlidir.
Hozirgi kunda pedagogika fani oldidagi kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zarurligini vujudga keltirdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
Shu ehtiyojdan kelib chiqib “Ta`lim to’g’risida”gi Qonunning “Davlat ta`lim standarti” to’g’risidagi 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta`lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta`lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta`lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta`limga, shu jumladan, boshlang’ich ta`lim bosqichi uchun ham alohida-alohida Davlat ta`lim standarti talabalari va me`yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yiladi.
“Ta`lim to’g’risida”gi Qonunda ta`kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta`lim Konsepsiyasi”da e`tirof etilganidek olti yoshga to’lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jixatdan maktabda Ona tili va o’qish savodxonligi uchun tayyor bo’lganda maktabning moddiy texnik bazasi bunday bolalarga ta`lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda, hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jixatdan olti yoshli bolalarning o’qitishga tayyor bo’lganda ularni maktabga qabul qilish mumkin. Buning uchun olti-etti yoshli bolalar, maktabning moddiy – texnik bazasi hamda o’qituvchilar pedagogik-psixologik talablar asosida qat`iy diagnostika qilinishi shart. Bolalarimiz ongida milliy ongni yuksaltirish yuzasidan dastlabki tamal toshi shu bosqichdan boshlanadi. Shu sababdan boshlang’ich ta’lim o’quvchilariga dastlab davlatimiz madhiyasi yod oldiriladi. Ramziy belgilarimiz-davlatimiz gerbi, bayrog’i, hamda konstitutsiyamiz qa’bul qilingan sana va ularning mazmun mohiyati singdiriladi. Bundan tashqari, milliy o’yinlardan foydalangan holda bolalarni maktab sharoitiga moslashtirishda, dars tizimiga moslashtirishda hamda o’zaro do’stlik munosabatlarini o’rnatishda keng tarzda foydalaniladi. Bu jarayon boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy-ma’naviy merosi bilan tanishishga va hayot jabhasida faol harakat qilish ko’nikmalarini shakllanishiga yordam beradi.
“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta`lim to’g’risida”gi Nizomda ta`kidlanganidek: “Boshlang’ich ta`lim Ona tili va o’qish savodxonligi, yozish, sanash, o’quv faoliyatning asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o’zini-o’zi nazorat qilish o’quvi, nutq va xulq-atvor muzey, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarzi asoslari egallab olinishi va ta`minlashga da`vat etilgan”. Shu asosga ko’ra, boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umumMuzey va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlang’ich ta`lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o’zini-o’zi anglash salohiyatini shakllantirishga jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini xis eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o’rgatadi. Bundan tashqari, boshlang’ch sinf o’quvchilarida faollikni oshirish, ularda milliy-ma’naviy merosga bo’lgan chuqur hurmatni shakllantirish davr talabi ekanligini inobatga olsak, davlat ta’lim standarti ham aynan mana shu maqsadni ko’zlagan holda qa’bul qilingan.
Buni quyidagi fikrlarda isbotini ko’rishimiz mumkin.
Boshlang’ich ta`lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta`lim standarti asosida davlat boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan minimal ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta`limiy xizmatlar va vositalar bilan ta`minlaydi.
Boshlang’ich ta`limga davlat standarti o’quv predmetlari bo’yicha emas, balki, ta`lim sohalari bo’yicha belgilandi. Ta`lim sohalari bo’yicha standart ko’rsatkichlar 7(6)-11 yoshidagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta`lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilandi. Boshlang’ich ta`limga davlat ta`lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta`lim mazmuni ko’lamini chegaralash, ta`lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta`lim standartini belgilash boshlang’ich ta`lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko’zda tutadi.
Davlat ta`lim standarti boshlang’ich ta`lim o’quv jarayoni oldiga qo’yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o’quvchilar egallashlari taqozo qilinadigan ko’nikma va malakalarga qo’yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning egallagan ko’nikma va malakalarini baholash mezonlarini belgilashga imkon beradi. Boshlang’ich ta`lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ayni shu boshlang’ich sinf o’quvchilaridan ko’nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta`lim sohalarining mujassamlashgan predmetlari tashkil qiladi. Boshlang’ich ta`lim standarti mazkur ta`lim bosqichining har bir ta`lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta`lim sohasining modernizatsiyalashi ko’zda tutilgan mazmuni, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta`lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda boshlang’ich ta`lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to’laqonlilikni saqlab qolishga butun e`tibor qaratiladi.
Boshlang’ich ta`lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talabda ta`lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik va mutanosiblik to’la ta`minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jixatdan boshlang’ich ta`lim standartini belgilash ta`lim jarayonining tarkibini va huddi shu tarkibiy komponentlarning mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta`lim berish jarayonida yangi texnologiyalarni qo’llash uchun asos yarata oladi:

  • boshlang’ich ta`lim jarayoniga kiritilgan har bir ta`lim sohasi bo’yicha belgilanadigan ta`lim mazmuniga mos tarzda o’quv materialining tadrijiy tarzda berilishini ta`minlash;

  • ta`lim jarayonida ta`lim sohalarining maqsadiga bo’ysundirish va ta`lim sohalariaro maqsadlar mutanosibligini ta`minlash;

  • har bir ta`lim sohasi bo’yicha boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil bo’ladigan ko’nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta`lim natijasini baholash mezoniga qo’yiladigan talablarni boshlang’ich ta`lim standartining asosiy parametrlari bo’yicha ishlab chiqish.

Boshlang’ich ta`lim standarti ta`lim sohalariga qo’yilgan standart ko’rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarning ta`lim sohalariga belgilab qo’yilgan ta`lim standartining ko’rsatkichlari tashkil etadi. Ta`lim sohalari bo’yicha ta`lim natijasining sifati xuddi manashu ko’rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o’rinda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o’lchov birliklarida ifodalanadi. Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga aososlanib jahon tajribasiga tayangan xolda O’zbekiston Respublikasidagi boshlang’ich ta`lim tayanch o’quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat , hamda inson va jamiyat ta`lim sohalariga kiritiladi.
Bundan tashqari boshlang’ich ta’lim bolalariga chet tillarini o’rgatish, shu asosda yoshlarimizni jahon yoshlari bilan bellasha oladigan mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayorlash masalasi ko’zda tutilgan. Shuning uchun boshlang’ich ta`lim bosqichida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, arab kabi) tillarni o’rganish davlat talabi darajasiga ko’tarilgan bo’lib, u maktab kompanenti hisobidagi soatlarda amalga oshirilishi mumkin. Qo’shimcha ravishda qo’shimcha soatlarni tashkil qilish, til bo’yich bolalargina emas balki, o’qituvchilarning ham savodhonligini oshirish ko’zda tutilgan. Zero, mustaqillik sharoitida milliy til masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir kelajak avlodda milliy til masalasini zamon talabi darajasida tushunish, talqin va shunga yarasha o’z faoliyatini belgilash katta ahamiyatga egadir. Chunki, milliy tilimiz bizning milliy-ma’naviy merosimiz hisoblanadi. Fikrimizcha bu tushunish va talqin qilish hamda faoliyat uch asosiy yo’nalishga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
1. O’z milliy tilini mukammal bilish, uning adabiy, yozma, og’zaki, sheva shakllarini bilish, ular ustida fikr yurutish, o’z fikrlarini savodli va erkin ravishda yozma yoki og’zaki turda izhor qila bilish.
2. Xalqlar, mamlakatlar, qita’lar va mintaqalar orasida o’sib, jadallashib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, Muzey va ma’naviy aloqalar talablarini ko’zda tutib va shu aloqalarda faol qatnashib, ularning takomillashishiga o’z ulushini qo’shmoq uchun xalqaro va mintaqaviy tillarni mukammal bilish, ular yordamida o’z yurti, o’z vatani, uning muzey, salohiyati, istiqbollari, tarixi, insoniyat sivilizatsiyasi, ya’ni, moddiy va ma’naviy merosi, muzey majmuasiga qo’shgan hissasi to’g’risida boshqa millatlarga jahon minbaridan so’zlab berish.
3. Ilg’or mamalakatlar tajribasiga suyanib, tillarni o’rganishga xizmat qiladigan turli bir jildli, ko’p jildli, katta, o’rta va kichik hajmdagi lug’atlar so’zlashgichlar, qo’llanmalar, darsliklar yaratish va har yili ularni yangilab, to’la holda chop etib boruvchi sanoat tarmog’i, yuzaga keltirilishi va uning ravon ishlashini ta’min etish. Bu borada O’zbekistonda bajariladigan ish va vazifalar ko’p. O’zbek maktablari uchun rus tili, Ona tili va o’qish savodxonligilar boshqa tillarda (rus, qozoq, turkman, tojik, qirg’iz va boshqa) olib boriladigan maktablarda davlat tili (o’zbek tili) rus tili o’qitish konsepsiyasida hamda “Ona tili va o’qish savodxonligilar boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o’zbek tili o’qitish davlat ta`lim standarti” da o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu sohalarda olib boriladagan ta`limning mazmuni mazkur standart talablariga tayangan xolda belgilanishi ta`kidlanadi.
Boshlang’ich sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsliklarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosoni o’rganish bo’yicha oddiydan murakkabga qarab bolaning yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda bo’limlar berilgan.
Jumladan, 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida intellektual merosni o’rganish bo’limining nomi “Ilm aql chirog’i” bo’limidir. Unda Quddus Muhammadiyning “Maktab–oftob” qo’shig’i va Yusuf Xos Hojibning “O’quv va bilim haqida” hikoyasi, Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`ri, G’ulom Muhammad Vosifning “Toshbaqa va quyon” hikoyasi. Bulardan tashqari maqollar, topishmoqlar ham mavjud.
Quyon bilan toshbaqa yo’lda duch kelib qoldilar. Quyon toshbaqaga qarab: “Sendek landovur va ishyoqmas jonivorni umrimda ko’rgan emasman. Bir necha qadam yo’lni uzoq fursatda bosib o’tasan. Man esa bir onda bosib o’taman”,-dedi. Toshbaqa: “Meni tanbal deb ta`na toshini otma. Odatim shu. Agar xohlasang, sen bilan chopishaman”, - dedi. Marrani belgiladilar. Quyon tez chopib ketdi. Marraga baribir oldin borishiga ishonib, balandlikka yetganida quyon cho’zilib, uxlab qoldi. Toshbaqa esa manzilga undan oldin yetib keldi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling