Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyatini o’rganishning samarali omillari


Download 0.93 Mb.
bet11/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

1.3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyatini o’rganishning samarali omillari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali ularda faollikni oshirish o’quvchilarining ma`naviy muzeyni shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish shu jarayonning samaradorligini ta`minlovchi omillarni aniqlab olishni taqozo etadi.
O’quvchi muhitda faoliyat jarayonida o’zligini anglashni shakllantirish uchun ma`naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit, faoliyat bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ma`naviy harakat omiliga ham bog’liq.
Boshlang’ich sinf o’quvchisining xulq namunasi, ma`naviy harakati, nutqiy aloqalari samarasi o’qituvchi va o’quvchining o’z faoliyatlariga munosabatlari bilan belgilanadi. O’zbek xalqining intellektual merosni tarixiy taraqqiyot bosqichlari asosida o’rganish, tarbiyaviy mohiyatidan ta`sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarilishini ta`minlash, insoniyat tarixida shaxs va jamiyat ma`naviy muzeyni tarbiyalashda tutgan o’rniga haqqoniy baho berish ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o’qituvchi-o’quvchi) ijodkorlikni talab etadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish va shu asosida ularda faollikni oshirish maqsadida yaratiladigan ta`lim va tarbiya qator omillarga e`tibor berishni talab etadi. Ularni quyidagicha guruhlantirish mumkin:

  • ta`lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliy xarakteri;

  • ijtimoiy omillar, ta`lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish, mustaqillik, erkinlik, oshkoralik va tenglik;

  • hududiy omillar: o’quvchi yashayotgan o’lka milly Muzey merosini mazmuni qamrovi, boyligi, tarixiy o’rni va ahamiyati;

  • maktab va sinfning moddiy-texnik bazasi, maktab kutubxona fondi, muzey va ma`naviy qadriyatlarni o’rganish markazlari, to’garak faoliyatining mazmunan rang-barangligi.

Mazkur omillarning pedagogik ahamiyati, uning o’ziga xos xususiyatlari va holatlari hisobga olingan taqdirda ilmiy meros tizimini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ajdodlarimizning milliy-ma’naviy merosi tizimini o’rganishda har bir mashg’ulot, tarbiyaviy tadbir o’quvchilar ongida ma`naviy Muzeyatning yagona ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishi, shaxsiy hayotda, jamiyatda o’z o’rnini topishga erishishi; milliy ma`naviy Muzeyat tizimi tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirishi; o’z ma`naviy faoliyatining natijalarini oldindan ko’ra bilishga o’rgatishi; tabiat va jamiyat, inson va u yashaydigan muhit haqida ilmiy bilim bilan qurollanishi kerak. Milliy-ma’naviy merosni shakllantirish maqsad va vazifalarini ijobiy hal etishda mashg’ulotlarning xarakteriga mos ma`naviy muhit yaratish uchun barcha omillarga tayanish talab etiladi. Chunki, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi faoliyat jarayoni shu faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning ma`naviy talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit yaratilishini taqozo etadi.
Bunday ma`naviy muhit uchun o’qituvchi bilim saviyasining o’quvchilar talabiga mosligi; o’qituvchi uslubiyatidagi rang-baranglik; o’qituvchi va o’quvchi, maktab pedagogik jamoasi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatlarning sofligi; sinf jamoasini o’quv qo’llanmalari, o’quv vositalari bilan ta`minlash darajasi; maktabning moddiy va ma`naviy bazasi (kutubxona fondi, o’quv zallarining mavjudligi, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari bilan ta`minlanishi va h.k.); o’quvchi oilasining ma`naviy muhiti (oila a`zolarining o’zaro munosabatlari, bo’sh vaqtni tashkil etishga e`tibor va h.k.) kabilar muhim rol’ o’ynaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosini o’rgatishga yo’naltirilgan darsning maqbul andozasi, faoliyatni tashkil etish negizi hisoblangan uchlik asosida yaratiladi.
O’qituvchi va o’quvchi ma`naviy faoliyati (ma`naviy muhit, ya`ni dars jarayonida) uchun asosiy yo’llanma, reja, dastur, darslik, o’quv qo’llanmalarining (ta`lim mazmuni) mazmuni intellektual meroslar asosida boyitilishi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ilmiy-Muzey merosni o’rgatishda tayanch nuqta vazifasini bajaradi.
Ta`lim-tarbiya mazmunining ta`sirchanligi uning mohiyatini ochib berishga qaratilgan intellektual merosni tanlashda amal qiladigan tamoyillarga rioya etishni talab etadi. Biz aynan 3-4 sinflar uchun Ona tili va o’qish savodxonligi va odobnoma dasturiga material tanlashda quyidagi tamoyillarga asoslandik:

  • dastur mavzularining mohiyatini yoritishga xizmat qilgan materiallarning ilmiyligi, ixchamligi, qiziqarliligi, asosliligi, qo’llashga mosligi, ketma-ketligi, tarixiyligi;

  • o’quvchilarning ma`naviy ehtiyoji, talabi, qiziqishlarini qondira olishi;

  • o’quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligi;

  • ilmiy va milliy xarakterni ifodalashi;

  • o’quvchi faoliyati qamrovi;

  • o’quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o’sishi, tarbiyasiga ta`siri;

  • o’quvchini ruhiy va jismoniy zo’riqtirmaslik.

Eng muhim mezon ta`lim mazmuni o’zining g’oyaviy yuksakligi va o’quvchilarda intellektual merosning yuksalishiga xizmat qilish darajasi bilan izohlanadi.
Ushbu tamoyillar darslik va uslubiy qo’llanmalar, ajododlarimiz milliy-ma’naviy merosi hamda ularning tarbiyaviy ahamiyatini o’quvchi ongiga yetkaza oladigan ma`rifiy manbaalarni tanlashda ham amal qiladi. Bu o’z navbatida boshlang’ich sinf o’quvilarini faolligini oshirishda dasturilamaldir.
Aynan shu tamoyillarga tayangan holda Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining mazmuniga mos ajdodlarimiz milliy-ma’naviy merosi tanlanadi. Dars jarayonini tashkil etishning ikkinchi tomoni o’qituvchi muzey va intellektual salohiyati bilan bog’liq bo’lib, u dasturda va darslikda berilgan ilmiy bilim tizimini nafaqat o’quvchiga yetkazish bilan chegaralanadi, balki u shu bilimlar tizimiga bo’lgan o’zining ishonchli dalillarini ham hayotiy tajriba asosida bayon etadi. Bu yerda ta`lim va tarbiyaning birligini ta`minlovchi, ma`naviy ishonchni shakllantirish sharti bilim va munosabat qonuniyati namoyon bo’ladi. Ushbu qonuniyat asosida o’quvchida intellektual merosni o’rganishda o’qituvchi dars jarayonida qator muhim vazifalarni, bajaradi: intellektual o’zbek xalqininhg milliy-ma’naviy merosi haqidagi ma`lumotlarni aniq, ishonarli tarzda o’quvchi ongiga yetkazish, o’z tajribasi asosida o’quvchining shaxsiy tasavvuri, fikri, munosabati orqali milliy-ma’naviy merosga nisbatan g’urur, e`tiqodni shakllantirishga ta`sir etish; o’quv materialini idrok etishni samarali tashkil qilish orqali o’quvchilarda voqea va hodisalarga yangicha munosabatni tarbiyalash zamirida ijodiy fikrlashni, ajdodlarimiz milliy-ma’naviy merosiga nisbatan mehr-muhabbatni o’stirish; dars jarayonida samimiy, sog’lom ma`naviy muhit yaratish; “o’qituvchi – o’quvchi”, “o’quvchi – o’quvchi”, “o’quvchi – ma`naviy manbaa” “o’quvchi – milliy-ma’naviy meros” o’rtasidagi o’zaro ijodiy, faol muloqotni vujudga keltirish. Ushbu tizim orqali darslarni tashkil qilish bilan bir qatorda darsdan tashqari tadbirlarda ham ushbu strategiyani saqlab qolish o’quvchilar faolligining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Ona tili va o’qish savodxonligi darslari jarayonida ta`lim mazmuni va o’qituvchi faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqa o’quvchi shaxsisiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun odobnoma va Ona tili va o’qish savodxonligi mashg’ulotlari o’tish jarayonida milliy ma`naviy merosning mohiyatini o’rganishda o’quvchining bilim saviyasi, qiziqish doirasi, intellektual merosni bilish darajasi, faolligi, atrof-muhitga, milliy-ma’naviy meros manbaalariga munosabati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etilayotgan Ona tili va o’qish savodxonligi darsi andozasi mohiyati o’quvchida quyidagi asosiy masalalarni bilishga yo’naltiriladi:

  • milliy-ma’naviy merosning taraqqiyot bosqichlari, ularning asosiy belgilarining ko’rinishlarini;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi qirralari, manbaalarining o’zaro ta`sirini va aks ta`sirini;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi rivojlanishi jihatidan zarur bo’lgan iymon, e`tiqod, insonparvarlik, yaxshilik, mehnatsevarlik va boshqa ma`naviy-ruhiy qadriyatlarni;

  • insonni ilmiy jihatdan tubanlashtiruvchi (yovuzlik, jaholat, zo’rlik, yolg’onchilik, qabihlik va b.q.) sifatlarni.

Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’quvchisi o’z xalqi muzey, qadriyatlari, tarixi, dini, o’tmish avlod-ajdodlari yaratib qoldirgan moddiy-ma`naviy boyliklarni o’rganish asosida umuminsoniy, jahon ma`naviyati olamiga yo’l ochish mumkin degan aqidaga asoslanish zarur.
Boshlang’ich sinf o’quvchlariga milliy-ma’naviy merosni o’rgatish va ularda shu asosida faollikni oshirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta`lim mazmuniga asoslanib o’quvchi va o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish saviyasiga bog’liq. Hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas`uliyatni, faollikni va nihoyat, muloqot muzeyga rioya etishni talab etadi.
Ikkinchidan, har bir darsda o’qituvchi ham, o’quvchi ham maqsadni aniq ko’ra bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to’g’ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o’qituvchining bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi, o’quvchi shaxsida ta`limiy va tarbiyaviy tomondan o’rganiladigan milliy-ma’naviy meroslarga qiziqishini kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va ilmiy xarakterdagi milliy-ma’naviy meroslar bo’yicha o’z bilimlarini kengaytirish ishtiyoqi rivojlanadi, shu asosda faollik darajalari ham o’sib boradi.
To’rtinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o’z kasbiga, faniga munosabati, 45 minutlik dars andozasini va uning natijasini oldindan ko’ra bilishi har bir dars samaradorligini ta`minlovchi muhim belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o’quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini hisobga olish, o’quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish.
Oltinchidan, o’quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona bo’lishi faoliyatini to’g’ri tashkil etilishida ta`sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Ta`lim jarayonida o’quvchilarni faollashtirishda o’zbek milliy merosidan foydalanib boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish dars bosqichlarini pedagogik talablar asosida tashkil etishga bog’liq (darsning tayyorgarlik bosqichi; ta`lim-tarbiya jarayonining amalga oshiruvchi asosiy bosqich; ta`lim-tarbiya natijasini hisobga oluvchi yakuniy bosqich).
Ushbu pedagogik talablar asosida darsning tayyorgarlik bosqichini tashkil etish o’quvchilarda o’zbek milliy-ma’naviy merosga bo’lgan ijobiy munosabatning qator mezonlarini tarbiyalashga olib keladi. Bu o’z navbatida o’qituvchi va ota-onalar uchun ham katta pedagogik imkoniyatdir.
Darsni tashkil etishning I bosqichiga xos sifat belgilariga munosabatning ijobiy rivojlanishi uning quyi bosqichlarining muvaffaqiyatini ta`minlaydi.
Boshlang’ich sinflarda odobnoma va Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ta`lim-tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi asosiy bosqichlarning muvaffaqiyati maqsad andozasini mukammal ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Dars jarayoni ikki xil maqsadni amalga oshirishga yo’naltiriladi: birinchi, u yoki bu fanning mazmuniga singdirilgan o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosning mohiyatini o’zlashtirishga qaratilgan umumiy maqsad; ikkinchi, ma`lum bir mavzuni o’rganishda shu mavzu orqali u yoki bu milliy-ma’naviy merosning mohiyatini o’quvchi ongiga singdirishga yo’naltirilgan xususiy maqsad.
Dars jarayonida amalga oshiriladigan umumiy maqsad negizida: a) o’quvchiga chuqur ilmiy bilim berish, shu bilim asosida milliy-ma’naviy meroslarning o’quvchi hayotiga ta`siri, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida ma`lumot berish; b) har bir darsda izchillik, ketma-ketlik asosida beriladigan bilimning tarbiyaviy imkoniyatlarini topish va ulardan o’quvchi ilmiy tafakkurini shakllantirishda foydalanish; v) o’quvchining o’zligini anglashga erishish maqsadida milliy va ilmiylikka ijobiy munosabatini shakllantirishga erishish yotadi.
Dars jarayonida amalga oshiriladigan xususiy maqsad o’rganiladigan mavzuning mohiyatini chuqur o’zlashtirishga yo’naltiriladi.
Dars maqsadi aniq, puxta, kelajak natijani oldindan ko’ra bilgan holda qo’yilgach, shu maqsadning samarali yechimini ta`minlovchi qator vazifalar belgilanadi va mashg’ulot jarayonida ularning amaliy yechimi ta`minlanadi.
Demak, har ikkala turdagi maqsadning yakdilligi, aniqligi, mukammalligi, o’qituvchi va o’quvchi imkoniyatlariga mosligi, dars jarayonida o’quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi tasavvurlarini shakllantirib, ularda faollikni oshirishda muhim rol o’ynaydi. Maqsad andozasini yaratishda qator pedagogik shartlarga amal qilish talab etiladi. Ya`ni,

  • o’qituvchining ilmiy-ijodiy mehnati;

  • ta`lim mazmunidan samarali foydalanish;

  • ta`lim va tarbiyaning turli, shakllari, usullari va vositalarini (ma`ruza, suhbat, hikoya, munozarali vaziyat yaratish, qiyosiy, izohli tahlil, ilmiy manbaalar ustida mustaqil ishlash, yozma ishlar tashkil etish, xalq hunarmandchiligi, me`morchilik, xalq pedagogikasi namunalari, tasviriy san`at, tarixiy obidalardan va h.k.) tanlash;

  • o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar ustidan doimiy nazorat va o’z-o’zini nazorat qilishga e`tibor;

  • o’quvchining bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish (odobnoma, Ona tili va o’qish savodxonligi darslaridan, sinfdan va maktabdan tashqari qiziqarli kecha, konferensiya, munozara, uchrashuv kabi tarbiyaviy tadbirlar uyushtirish, tarixiy obidalar, adabiyot va san`at muzeylari, ko’rgazmalari, shoir va yozuvchilar uylariga, tarixiy shaxslar nomi bilan bog’liq joylarga sayohatlar tashkil etish, milliy-ma’naviy meroslarning mohiyatini yoritishga bag’ishlangan yozma ijodiy ishlar ko’rik-musobaqalari, alloma adiblarimiz yaratgan tarixiy, badiiy asarlar asosida sahnalashtirilgan kino va spektakllar tomosha qilish va muhokama etish, davra suhbatlari o’tkazish kabi muhim vazifalarga alohida e`tibor beriladi).

Har bir darsning asosiy maqsadi o’quvchini faqat ilmiy bilim bilan qurollantirishdan iborat bo’lmasligi kerak, chunki bilim o’quvchi tomonidan yakka tartibda mustaqil ravishda egallanishi ham mumkin, bu o’rinda asosiy maqsad badiiy yoki xalq san`ati, diniy, xalq pedagogikasi manbaalari asosida ma`naviy-axloqiy bilim olishni tashkil etish va uni rivojlantirishga e`tiborni qaratish lozim.
O’qituvchi tanlab olgan maqsad andozasi dars shakllarining xarakteriga mos holda yaratiladi.
Dars shakllarini tanlashda mavzuning mohiyatiga alohida e`tibor beriladi. Ona tili va o’qish savodxonligi darslari, an`anaviy dars, konferensiya, seminar tarzida uyushtirilsa, odobnoma darsi asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlar munozara, amaliy mashg’ulot, o’yin darslari, sayohat, uchrashuv, rolli darslar tarzida tashkil etiladi.
Barcha shakldagi darslar jarayonida o’quvchilarni faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosini shakllantirishdagi og’zaki bayon qilish, savol-javob, munozarali vaziyat yaratish, mustaqil ishlash, o’yinlardan foydalanish, manbaa bilan ishlash, yozma ishlardan foydalanish, varaqa, diagramma va jadvallar tuzish kabi usullardan foydalaniladi.
Bu o’rinda barcha shakldagi darslarda ham o’rganiladigan mavzu mohiyatini ochib berish uchun asos qilib olingan milliy-ma’naviy meros uchun negiz hisoblangain asosiy g’oyani, eng muhim fikrlar silsilasini topish lozim. Shu muhim fikrlar asosida uning qimmati belgilanadi. Masalan: boshlang’ich sinf o’quvchisi Alisher Navoiy bolaligining mazmunini belgilovchi shu g’oyani anglatuvchi, uning har bir asarida olg’a surilgan milliy-ma’naviy merosni anglab yetadi. Abu Ali ibn Sino uchun hayotdagi eng muhim meros jismoniy va ruhiy sog’lomlik, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy uchun imon-e`tiqod, mehr-oqibat, muruvvat, ruh pokligi, Z.M.Bobur nazdida vatanparvarlik, Muqimiy, Furqat, Zavqiy uchun ma`rifatparvarlik, A.Avloniy, Behbudiy, Hamza, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Cho’lponlar uchun milliy g’urur, o’zlikni anglash, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, H.Olimjon uchun hayotdan zavqlanish, Vatan ishqi bilan yashash asosiy intellektual meros sifatida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi ushbu intellektual meros mohiyatini ochib berishda avvalo, qanoat, insonparvarlik, saxovat tushunchalari dinamikasiga murojaat etadi. Biz bu dinamikani quyidagicha izohladik: insonparvarlik, qanoat, saxovat – ezgulikdir (ezgu fikr, ezgu amal, ezgu so’z “Avesto”); insonparvarlik, qanoat, saxovat – yovuzlik va yaxshilik o’rtasidagi kurash natijasi, yaxshilikning g’alabasidir (animizm, totemizm, magik tasavvurlar); bu tushunchalar yaxshi, tinch, farovon hayot kechirish negizi bo’lib, xalq amaliy faoliyati aynan shunga yo’naltirilgandir (xalq pedagogikasi); insonparvarlik, qanoat, saxovat, imon, e`tiqodning asosidir. Hadislarda bular – mehr-muruvvatli komil inson uchun asosiy mezon bo’lib, ularning negizida ilmlilik, adolatparvarlik, tenglik, do’stlik, birodarlik mujassamlashgan (Sharq allomalari Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b.q.); sharq xalqlariga xos barcha yuksak fazilatlar milliy g’urur, o’zlikni namoyon etish kalitidir. (Klassik adiblar: Yusuf Xos Hojib, Sa`diy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Bobur va b.q.)
Insonparvarlik, qanoat, saxovat qadriyatlarining bu dinamik holati qadimgi yozma yodgorliklar, xalq tajribasi, xalq og’zaki ijodi manbaalari, diniy ta`limot, Sharq mutafakkirlari ma`naviy merosi; klassik adabiyot namunalariga asoslangan holda o’quvchi ongiga singdiriladi.
Tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki, insonparvarlik, qanoat, saxovat milliy-ma’naviy merosning mohiyatini ilmiy asosda o’quvchi ongiga singdirish orqali ular quyidagilarni egallab oladilar: bu fazilatlar komil insonlarga xos bo’lib, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichiga ega ekanligi; ularning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, Muzey taraqqiyotiga ta`sirini, sharq xalqlari hamma vaqt, har qanday vaziyatda ham bu fazilatlar uchun intilganligi, kurashganligi va targ’ib etganligi; milliy g’ururning asosi ekanligi; olimlar, fozillar, shoirlarning ijodidagi asosiy g’oya sifatida targ’ib qilinib kelayotgan eng muhim intellektual meros ekanligi. Eng muhimi boshlang’ich siif o’quvchilarida milliy asosga ega insonparvarlik, hurmat, muruvvat, saxovat ko’rsatishga ehtiyoj oshadi. Xalqimizning asrlar davomida yaratib qoldirgan intellektual meroslarga hurmat, mehr-oqibat hissi shakllanadi. Bu ma`naviy ehtiyojning o’sishi o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibida og’zaki suhbatlar uyushtirish, yozma so’rovlar o’tkazish, o’quvchi faoliyatini kuzatish orqali aniqlanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi ma`naviy ehtiyoj, talab, qiziqishni qondirish asosida milliy-ma’naviy merosni o’rgatishning muhim usullaridan biri dars jarayonida ilmiy manbaalarning maxsus tahlilini uyushtirishdir.
Boshlang’ch sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy-ma’naviy merosni o’rgatishda tushunchali tahlilda o’rganiladigan mavzu hajmi belgilanadi, didaktik maqsadi va vazifalar aniqlanadi, o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan asosiy masalalar va axborot xarakteridagi materiallar aniqlanadi, shakllantirilishi lozim bo’lgan milliy-ma’naviy merosning asosiy qirralari belgilab olinadi, jamoa yoki yakka holda mustaqil o’rganish, tahlil etish uchun zarur bo’lgan badiiy-estetik, ashyoviy yoki intellektual meros ajratiladi, o’quvchi ongiga singdirilishi lozim bo’lgan yangi materialni fanlararo, mavzulararo aloqasi aniqlanadi. Tushunchali tahlil odatda, an`anaviy darslarda keng qo’llaniladi va bunda o’qituvchi faollik ko’rsatadi. Masalan, 4-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslari orqali tarixiy davrning ijtimoiy, iqtisodiy, Muzey hayoti, ilmiy va dunyoviy Muzeyatning rivoji, xalq amaliy san`ati, me`morchiligi, hunarmandchiligi, chorvachiligi, dehqonchiligi bu davrda jahon muzey taraqqiyotiga hissa qo’shgan Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniylar merosi, Hadis ilmi taraqqiyoti, adabiyot maydonidagi muvaffaqiyatlar va ularda olg’a surilgan ma`naviy-axloqiy masalalar, hattotlik, miniatyura, milliy musiqa san`ati va ularda olg’a surilgan axloqiy g’oyalar mushtarakligi, ularning bugungi kundagi ahamiyati ilmiy, tarixiy, adabiy manbaalar asosida tushunchali tahlil etiladi.
Tushunchali tahlil asosida o’quvchi mazmun va shakl jihatdan turli bo’lgan ilmiy dunyoqarashning paydo bo’lishi, shakllanishi, rivojlanishi, davr uchun ahamiyati, unda olg’a surilgan insonparvarlik g’oyasi, ularga bo’lgan munosabat, shaxs tafakkur taraqqiyotida ulardan foydalanishga ehtiyoj kabilarni mukammal o’zlash. O’zbek milliy-ma’naviy merosi mohiyati o’quvchi idroki, tafakkuri, tasavvuri, tahlili, taqribi asosida o’zlashtiriladi. Bu jarayon o’quvchi va o’qituvchidan dars materialini mantiqiy va ruhiy tahlil qilishni taqozo etadi.
Ona tili va o’qish savodxonligi darslaridan barcha bosqichlarida o’quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, kayfiyati, fikri, bilim saviyasi va yosh xususiyatlariga mos ilmiy bilim va milliy-ma’naviy meros mezonlari Ona tili va o’qish savodxonligi darslari orqali singdiriladi. Ta`limning boshlang’ich va o’rta bosqichida eng oddiy kundalik milliy-ma’naviy meros: salomlashish, kattalarga hurmat, ovqatlanish odobi, tug’ilib o’sgan yerga muhabbat hissi, mehnatsevarlik tuyg’usi, Markaziy Osiyolik allomalar, fozillar, shoirlar, badiiy-estetik qadriyatlar (milliy o’yinlar, taqinchoqlar, taomlar va h.k.) haqida ma`lumot bilan chegaralaniladi. Boshlang’ich sinfda esa mantiqiy tahlil asosida ilm-fan, adabiyot, san`at, xalq amaliy san`ati o’zbek xalqining milliy g’ururini himoya qilgan va xalqni shunga da`vat etgan ulug’ insonlar olg’a surgan asosiy g’oya ilmiy-tarixiy ma`lumotlar orqali o’quvchi ongiga singdiriladi. Bunday tahlil o’quvchini o’zbek milliy-ma’naviy merosi haqida chuqur bilim olishga, ish va so’z birligini ta`minlashga, ajdodlar merosini mantiqiy izchillik asosida o’zlashtirishga va egallagan bilim, milliy-ma’naviy meros tushunchalari asosida millat, xalq, vatan, ajdodlar oldidagi burch, vijdon, g’urur hissining shakllanishiga samarali ta`sir etadi. O’quv mashg’ulotlari jarayonida milliy-ma’naviy merosning tub mohiyati didaktik tahlil va tarbiyaviy tahlillarning yaxlitligida amalga oshiriladi. Bu jarayonni amalga oshirishga darsning didaktik va tarbiyaviy maqsadi aniqlanadi, qanday ta`limiy va tarbiyaviy tushunchalar, nazariy bilim berishga e`tibor berish lozimligi, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining yo’nalishlari belgilab olinadi, darslik materialini o’rganish bosqichlari, hajmi, vaqti belgilanadi – dars jarayonida qo’llaniladigan usullar: darslik bilan ishlash, mustaqil, og’zaki va yozma ishlarni tashkil etish, muammoli vaziyat yaratish, didaktik o’yinlardan foydalanish va boshqa ta`limiy va tarbiyavny ishlar tizimi tanlanadi; o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiluvchi ma`rifiy manbaalardan zaruriy bo’limlar, parchalar, asarlar ajratib olinadi, qo’shimcha materiallar belgilanadi; o’rganiladigan mavzuning xarakteri va mazmuniga mos didaktik materiallar, ko’rgazmali vositalar aniqlanadi; mavzuning xarakteridan kelib chiqqan holda ta`lim va tarbiya birligi, fanlararo, mavzulararo aloqani ta`minlash, mavzu asosida olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlovchi savollar, varaqalar, jadvallar, ijodiy ishlar, topshiriqlar ajratiladi; uyga beriladigan vazifalar uchun material tanlash va uning xarakteri, turlari belgilanadi; darslarni tashkil etish usullari, yo’llari aniqlanadi. Boshlang’ich sinflarda Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’zbek milliy ma’naviy merosni didaktik va tarbiyaviy tahlil etib o’rganishda voqealarning borishi, qahramonlar, ularning tavsifi, asar qahramonlarining o’zaro munosabati, asarning g’oyasi va mavzusi, kompozitsion qurilishi, asarning tili kabi masalalar orqali o’quvchi ma`naviy dunyosi shakllantiriladi. Shuni qayd etish lozimki, 3-4 sinflarda o’rganiladigan barcha turdagi asarlarni, ularning boblarini bir xilda (yuqoridagi tahlil tizimiga binoan) tahlil etish mumkin emas. Bu o’z navbatida o’quvchilardagi faollikni tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Muhimi turli materiallar asosida o’quvchilarni savollar vositasida asardagi timsollarni ajrata bilishga, voqealarning borishi va umumiy-g’oyaviy-tematik yo’nalish, tarbiyaviy imkoniyatlarini tahlil etishga o’rganishdan iborat.
O’quvchidagi o’zbek milliy-ma’naviy meros qirralari asosan timsollar tahlili jarayonida shakllanadi. Badiiy asarda tasvirlanadigan ijobiy, salbiy, o’zgaruvchan timsollar asar voqealarini harakatga keltiradi, u yaratilgan davr ijtimoiy, siyosiy, Muzey turmush tarzini o’quvchi ko’z o’ngida gavdalantiradi va o’z vaqtida uning ongiga va tafakkuriga ta`sir etadi, u tabiat, jamiyat voqea-hodisalari bilan o’ralgan holda badiiy-hissiy ifoda vositalari orqali turmush haqiqatini o’quvchi ko’z o’ngida gavdalantiradi. O’quvchi timsollar ichki ma`naviy olamiga kirish uchun uning hissiyotini eshita bilish, ko’ra bilish, u bilan uchrashish, to’qnashish, g’ururlanish va nafratlanish, ta`qib eta olish lozim, shundan so’nggina ularning xatti-harakatlari ichki va tashqi ma`naviy olami tahliliga o’tiladi. Badiiy tahlil uchun sinfda maxsus ma`naviy muhitning yaratilishi; o’quvchi va o’qituvchi faoliyatining rang-barangligiga e`tibor berish; ta`lim va tarbiya usullari, shakllari, vositalarining mavzu xarakteriga mosligi; o’qituvchi va o’quvchi faoliyatidagi ijodkorlik, o’quvchilardan faollik, mas`uliyat, tashabbuskorlik talab etiladi. Dars jarayonida timsollar tahlilini o’tkazish asarni qanday maqsad bilan Ona tili va o’qish savodxonligiga bog’liq. Biz tajriba sinflarida badiiy asarlarni intellektual meros sifatida o’rganishni ikki xilda, ya`ni sinfda asarning boblarini, epizodlarini, ma`lum sahifalarini Ona tili va o’qish savodxonligi va tahlil etish, ikkinchi usul o’qituvchi tomonidan asar mazmunini ta`limiy va tarbiyaviy tomondan to’liq og’zaki hikoya qilish va asarni to’liq o’qib chiqish uchun topshirish shaklida olib bordik. Bu usul bilan ikki maqsad amalga oshirildi.

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni o’zbek milliy-ma’naviy merosi nuqtai nazaridan ko’proq she`rlar, hikoyalar, badiiy asardan parchalarni yuzaki emas, mazmun va mohiyatini anglagan holda Ona tili va o’qish savodxonligiga o’rgatish, o’z vaqtida barcha tur va janrlardagi asarlarni o’rganishga bir xil munosabatda bo’lishni ta`minlash (fol’klor, diniy manbaalar, mumtoz adabiyot, hozirgi zamon adabiyoti).

  2. Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida badiiy asar voqealari, timsollarnning xatti-harakatlari, axloq-odob mezonlarini milliy asosda tushunish va ularni o’ziga qabul qilib intellektual merosni boyitishga, adabiyotni qadrlashga, asosiysi, ma`naviy ongni shakllantirishga erishish. Badiiy asarlar tur va janr xususiyatlariga ko’ra tahlil etiladi. Lirik asarlarni badiiy Ona tili va o’qish savodxonligi, musiqa asari bilan bog’lab tahlil etish orqali shoir olg’a surgan ma`naviy g’oya, o’lka tabiati manzaralari, voqealarning mohiyati; oshiq va ma`shuqaning ichki ruhiy holati o’quvchiga yetkaziladi va shu yo’l bilan lirik motivlar aniqlanadi. Ona tili va o’qish savodxonligi darslari jarayonida ma`lum bir ilmiy manbaa yoki qadriyat asosida amalga oshirilgan tahlil uchun umumiy xarakterga ega savollardan misollar keltiramiz. O’zbek milliy-ma’naviy meros mohiyatini Ona tili va o’qish savodxonligi darslaridagi milliy ma’naviy meros bo’limining tahlili asosida ochib berilishi boshqacha tarzda, ya`ni o’quvchilar tomonidan sahnalashtirilgan holda, rollar asosida obrazli tarzda tahlil etilishi, timsollarning ichki va tashqi ruhiy holati xatti-harakatlar orqali sinf jamoasi ko’z o’ngida namoyish etilishi mumkin. Bunday usul o’qituvchi uchun dramatik asarning mohiyatini o’quvchi ongiga chuqur singdirishdek maqsadni muvaffaqiyatli hal etishga, o’quvchi esa timsollarning ichki va tashqi ma`naviy olamini ko’rgazmali o’zlashtirish, bevosita voqealar borishida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zbek milliy-ma’naviy merosini o’rganish xalq an`analari orqali o’quvchi ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xalq bayramlarida falsafiy, oilaviy, diniy marosimlar o’tkaziladi. Falsafiy bayramlardan “Navro’z”, “Qovun sayli”, “Mehrjon”, “Sumalak sayli” bo’lsa, oilaviy bayramlarga esa, to’ylar, tug’ilgan kunlar, beshik to’yi kabi marosimlarda, diniy marosimlardan “Ro’za”, “Iyd Ramazon xayiti”, “Qurbon xayit”lari orqali o’quvchilarda o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganishga yaqindan yordam beradi. Xalq san`ati ham xalq an`analaridan bo’lib, u o’z ichiga xalq xunarmandchiligi, jismoniy tarbiya, musiqa san`ati, so’z mahoratini olsa, xalq og’zaki ijodi esa xalq badiiy san`atiga kir adi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling