Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING TAHLILI


Download 0.93 Mb.
bet19/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING TAHLILI.
Magistrlik ishi orqali bugungi o’qitish tizimi va unda olib borilayotgan ishlar, ta'lim oldidagi bugungi kun muammolari, ularning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yo’llari va ta'limga oid innovatsion texnologiyalar ularning ta'limdagi o’rni haqida baholi-qudrat ma'lumot berishga, ularning muammolarini hal etishga urinib ko’rdik. Ta'limda uchragan va uchrashi mumkin bo’lgan pedagogik muammolarni o’z qarashimiz bilan hal etishga urindik.
Ularning yangi mukammal yo’llarini topishga harakat qildik. Biz o’z fikrlarimizni isbotlash uchun ma'lum tajribalar olib bordik. Bu tajribalarimiz asosan o’zimiz faoliyat ko’rsatayotgan maktablarda bo’ldi.
Dastlab biz o’ylagan muammolarni kuzatdik, ularni kamchilik deb o’ylaganlarimizga ishonch hosil qilish uchun darslarni, tarbiyaviy jarayonni kuzatdik..
Shu soxa mutaxassislarini fikriga quloq tutdik, ulardan o’rgandik. Shu maqsadda biz ishimizni tajribadan boshladik. Tajriba uchun tumanimizdagi 21-maktabning boshlang’ich sinflarini oldik. Mavzu maktab pedagogik kengashida ko’rib chiqildi va ma'qullandi. Tajriba uchun mas’ul o’qituvchilar ham biriktirildi.
Rejalari ishlab chiqildi. Biz ishni dastlab mavzu haqida o’quvchilarga tushuncha berishdan boshladik. Ularning tushunchalari boyitildi. Bu xaqda savol- javoblar o’tkazildi.
Ayrim o’qituvchilarning bu xaqdagi fikr va mulohazalarini ham atroflicha tahlil qilib o’tildi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faolashtirishda milliy na’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini bugungi holatlarini chuqur tahlil qilib o’tildi. Ayrim darslar kuzatildi va bu haqida fikrlar bildirildi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga milliy ma’naviy meros tushunchasi keng ma’noda tushuntirib berildi. Bunda ko’rgazmali vosita va prezintatsiyalardan keng foydalanildi . Yig’ilishlar o’tkazildi.
Yig’ilishda mavzuga bog’lab savollar o’tkazildi. Quyidagi savollar o’rtaga tashlandi:

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faolashtirishda miliy ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari jarayonida ko’p uchraydigan muammolar haqida nimalarni bilasiz?

  • Siz avval ushbu jarayonga e'tibor berganmisiz?

  • Sizni yana ham qiziqtirgan muammolar bormi? Ularni qanday xal

etmoqchisiz?

  • Milliy ma’naviy merosdan foydalangan holda dars o’tganmisiz ?

  • Sizni biz tadqiq etayotgan mavzu qiziqtirdimi?

  • Siz yana qanday muammolarni hal etishga qiziqasiz?

  • Shu mavzu haqida dastlab uslubiy qo’llanmalar bilan tanishmisiz?

  • Viloyat va tuman seminarlarida bizning mavzu haqida tushuncha

olganmisiz?

  • Ushbu mavzuga oid matbuotda biror maqola o’qiganmisiz? Yoki o’zingiz maqola yozganmisiz?

Bu kabi savollar yozilgan so’rovnomalar fan o’qituvchilariga tarqatilganda, ular bu savolga o’zlarining javoblarini berdilar va fikr mulohazalarini bildirdilar.
69 % o’qituvchilar bizni mavzumizga juda qiziqqanlarini aytdilar.
16 % o’qituvchilar mavzuga qo’shimcha fikr bildirib yana ham uni takomillashtirishni taklif qildilar.
15 % o’qituvchilar bunga betaraf qoldilar.
Tajriba ishlarini biz sinflarni tanlash, tajriba va nazorat sinflarini belgilash bilan boshladik.
Tajriba uchun 3-“A” sinf, nazorat uchun 3-“B” sinf tanlandi. Dastlab ulardan nazorat ishi olish bilan boshladik. Olingan nazorat test usulida olindi.
Undagi natija quyidagicha bo’ldi:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling