Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Darsni yakunlash va mustahkamlash


Download 0.93 Mb.
bet18/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

Darsni yakunlash va mustahkamlash: dars yakuni sifatida o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda dars bo’yicha yakuniy xulosa yasaydi. Xulosani she’riy tarzda ham yakunlash mumkin. Dars o’quvchilarga vazifa berish bilan yakunlanadi. O’qituvchi uyga vazifa sifatida har kim ota-ona va buvi-bobolaridan humo qushi haqida nimalarni (she’r, ertak, rivoyat, topishmoq, tez aytish) bilishini so’rab, biror ma’lumot olib kelishi uqtiriladi. Kim yaxshi ma’lumot olib kelsa, rag’batlantirilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi paytda boshlang’ich sinflarda o’zbek milliy-ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha integratsion darslar deyarli o’tkazilmaydi. Bunday darslarni ommalashtirish uchun esa dastlab o’qituvchilar uchun o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganish mavzuida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, uslubiy qo’llanmalar yaratish, dastur va rejalarga o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi.
Biz yuqorida e`tiboringizga havola etgan “Vatanni asrang” mavzusidagi darsni texnologik xaritasi 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi, odobnoma, tasviriy san`at darslarining uyg’unlashishi natijasidagi yangi reja hisoblanib, u asosida yangi loyiha ishlab chiqiladi.
Boshlang’ich sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslari orqali o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganishda interfaol metodlarning ahamiyati ham kattadir.
Milliy-ma’naviy merosi - an’ana, urf-odat va marosimlar xalq pedagogikasining muhim manbaalaridan biri hisoblanadi. Chunki, ularda ko’pgina pedagogik ma’lumotlar, tajriba sohasidagi yangiliklar ham o’z ifodasini topgan.
Shunga ko’ra, ularning tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va ularning faolligini oshirishda pedagogik imkoniyatlardan unumli foydalanishning pedagogik tizimini yaratish ayni mudaao bo’lar edi.
III Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylar ahamiyatining samaradorligi.
3.1. Tajriba-sinov ishlarining metodik xususiyatlari.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosini o’rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Muammoni ijtimoy-pedagogik, psixologik jihatdan nazariy va amaliy asoslash tajriba-sinov ishlarini olib borishda belgilanadi. Bunda avvalo “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, DTS talablari hamda Milliy o’quv dasturi, o’quvchilarning psixologik va pedagogik xususiytlari inobatga olindi.
Tajriba qismining avvalida L.S.Vigotskiy ta'limotiga ko'ra, boshlang’ich sinf o'quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishning shakllanganlik darajalari va uni aniqlash mezonlari quyidagicha ifodalandi:
1-daraja (boshlang'ich). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishda o'qituvchi yordamiga to’laligicha tayanadi, barcha tushunchalarni o’qituvchidan oladi, ammo ularning o'zaro bog'lanishlarni anglay olmaydi.
2-daraja (quyi). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish bilan bog'liq predmetlarni, obyektlarni, hodisalarni aniqlaydi, lekin ularning hossalarini o'qituvchi yordamisiz aniqlay olmaydi. Bunda o’qituvchi yordamiga tayanadi. Qo’shimcha metodikalarni qo’llashning ayni vaqti hisoblanadi. O’qituvchi mahoratini aniqlab beradigan davr hisoblanadi.
3-daraja (o'rta). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosining bir-biridan farqini biladi, ularning ayrimlarini aytib bera oladi, lekin ularni umumlashtira olmaydi, o'qituvchi yordamida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqida berilgan savollarga bergan javoblarini asoslashga harakat qiladi. Bu davrda shuni hisobga olish lozimki, ba’zi o’quvchilar ayrim farqlarni qiyinchiliksiz ajrata oladi, biroq so’z orqali ifodalab berishga qiynalishadi. Bunday o’quvchilarda nutq boyligi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. O’qituvchi buni nazardan qochirmasligi lozim.
4-daraja (yetarli). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini bir-biridan farqlaydi, ulardan yoshiga mos hikoya, rivoyat, matal va maqollarni mazmunan bog'lanishlarini aniqlay biladi. Bunda o’qituvchi bu kabi o’quvchilarga tushunchalarni mustahkamlashga doir qo’shimcha mashqlarni berib borishi maqsadga muvofiqdir.
5-daraja (yuqori). O'quvchi o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosni umumlashtira oladi, ma`naviy hamda ilmiy meroslarni orasidagi bog'lanishlarni farqlaydi. O'quvchi erkin ravishda olingan bilimni yangi turdagi ma`naviy va ilmiy meroslarni mustaqil ravishda ifoda eta oladi, meros haqidagi berilgan savollarga javobini to'g'riligini asoslay oladi. Bunda o’qituvchi bunday o’quvchilarga mavzu yoki tushunchalar bo’yicha qiziqarli, muammoli, topishmoqli topshiriqlarni, mustaqil ishlarni berishi mumkin. Bunda o’quvchining faolligi keskin ko’tariladi, tushunchalarni boshqa tushunchalar bilan integratsiya qila oladi. Shu ma’noda tadqiqotimizda boshlang’ich sinf o'quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqida bilimlarini shakllantirish va u orqali ularda faollikni oshirishning shakl va vositalari, metodikasi, mezoni va ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.
Olib borilgan tadqiqot ishlari o'quvchilarni o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosini o'rganish uchun ularni muzeylarga, tarixiy obidalarni o’rganish markazlariga olib borildi, tarixchi, adabiyotshunoslar bilan uchrashuvlar, suhbatlar uyushtirildi. Mustaqil (har bir bolaga individual) topshiriqlar berib borildi. “Rassomlar bellashuvi” va “Men vatanning parchasi” mavzularida bellashuvlar o’tkazildi. Bunda asosan Vatan mavzusiga e’tibor qaratiladi. Mustaqil ishlarda o’quvchilar yurtimiz zaminidagi asoru - atiqalarning sura’tlarini yig’ishdi. Buvi va bobolaridan lapar, qo’shiqlar, matal va masallar, topishmoqlar hamda tez aytishlarni o’rganib kelishdi va bir-birlariga o’rgatishdi. Bularning barchasi “Vatanni asrang” maxsus kursida olib borildi. O’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o'rganishga tayyorlash zarurligini ko'rsatdi. Natijada o'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash, bu orqali ularda faollikni oshirish maqsadida “Vatani asrang” maxsus kursi dasturi ishlab chiqildi va umumta`lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish va u orqali o’quvchilarda faollikni oshirish kursi bo’yicha yuqoridagi ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning metodikasi ishlab chiqildi va bunda quyidagi shart-sharoitlar aniqlandi:
- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarni shakllantirishga bog'liq bo'lgan mezonlarini belgilash;
- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosni samarali omillar asosida o'rganish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosidan foydalanib, ularda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlari bo’yicha quyidagi asosiy shartlarni e'tiborga olish maqsadga muvofiqligi asoslanadi:
- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishni takomillashtirish;
- o'qituvchilar bilan o'quvchilar o'rtasida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishda o’zaro munosabatlarning izchilligi;
- o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rginashda o’quvchilarning ijtimoiy-pedagogik psixologik faolligini oshirish;
- dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosiga oid tadbirlar o'tkazish;
- o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalashi;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy-ma’naviy merosga bo’lgan chuqur hurmatni qaror toptirish.
O’qish darslarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini interfaol metodlar asosida o'quvchilarga yetkazish. O'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy meriosini o’rganishda quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi:

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi bo’yicha bilimlarni boshlang’ich sinf o'quv predmetlari bo'yicha olishi;

  • o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosning qiyosiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnikaviy tizimlarning o'zaro bog'liqligini aniqlash;

  • texnologiyalar bo'yicha kompetentligi (jihoz va asbob-uskunalarni tanlash ko'nikmasi, tashxis qo'yish va texnik xizmat ko'rsatish, aniq belgilangan vazifalar yechimida texnologiyalarni qo'llash);

O'quvchilarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosni bilish bosqichlari aniqlandi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling