Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Tajribadan oldingi 3-a va 3-b sinfi o’zlashtirish natijalari jadvali


Download 0.93 Mb.
bet20/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

Tajribadan oldingi 3-a va 3-b sinfi o’zlashtirish natijalari jadvali



Sinflar

O`quvchi lar soni

Baholar

5

4

3

2

Tajriba sinflari

41
3-a

soni

%

Soni

%

soni

%




%

5

13%

17

41%

15

36%

4

10%

Nazorat sinflari

42
3-b

6

16%

17

35%

15

41%

4

11%

Bu ma'lumotlardan ko’rinadiki, mavzu haqida ular umumiy tushunchaga ega ekanlar. Shundan so’ng biz mavzu haqida tajriba sinfimizda ish boshladik. Tadbir rejalarini tuzib chiqdik. Qiladigan ishlarni belgilab oldik. Ish rejalarini ishlab chiqdik. Shu reja asosida mukammal ish olib bordik. Avval darslarni kuzatdik, qilinadigan ishlarni belgiladik. Ayrimlaridan voz kechdik. O’quvchilarni zeriktiradigan o’rinlar olib tashlandi. Darslar asosan savol javob tarzida o’tkazila boshlandi.


Savollar quyidagicha tuziladi:

  • Milliy ma’naviy merosimiz sizni qiziqtiradimi?

  • Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?

  • Milliy ma’naviy merosning qanday turlarini o’rganishni hohlaysiz?

  • Uyda ko’proq qaysi urf-odatlarimizni bajarishga qiziqasiz?

  • O’zingiz ham milliy ma’naviy merosimiz yuzasidan qo’shimcha mashg’ulotlar bajarasizmi?

  • Badiiy adabiyotlardan foydalanasizmi?

  • Erkin fikrlashingizga o’qituvchi to’sqinlik qilmaydimi?

  • Test daralaridan qoniqasizmi?

  • Savollar asosida gapirib berish sizga qulaymi?

  • Musobaqa dasrlari sizni qiziqtiradimi?

  • Sayohat dasrlarini ham yoqtirasizmi?

  • Asori atiqalarimizni ko’zingiz bilan ko’rishni istaysizmi?

  • Qaysi yangi metodlarni qo’llash mumkin.

  • Ushbu mavzuni o’qitshda eng samarali usul qaysi, deb o’ylaysiz?

  • Siz uchun qanday darslar qiziqarli bo’ladi?

Bu kabi savollar kelajakda o’tkaziladigan darslarni qanday o’tish kerakligini belgilab beradi. Shu sababli biz ishlarimizni, asosan o’quvchilarning takliflaridan kelib chiqib belgiladik.
Avval biz o’quvchilarni darslik va qo’llanmalar bilan yaqindan tanishtirib oldik. Bo’limlari to’g’risida o’z fikr mulohazalarimizni bildirdik. O’quvchilarning fikrlarini ham oldik. Ularni o’rgandik saraladik. Shular asosida darslarni tashkil etdik. Namunaviy dars uchun maktabning eng ilgor o’qituvchilari Qosimjanova va Sultonovalarni tanladik mavzuga bog’lab o’qituvchimiz namunaviy dars o’tib berdi, (yuqorida ilova qilingan) o’quvchilar qiziqishi juda oshib ketdi. Chunki, tashkil qilingan darslar o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi. Ularda mustaqillikni ta'minlaydi. Bugungi ta'limning asosiy shartlaridan biri ham o’quvchilarning faollikka o’rgatishdir. Biz o’qituvchilar ularni to’g’ri tushungan holda darslarda o’quvchi faolligini ta'minlash ularda mustaqil ishlash ko’nikmalarini o’stirishga doimo diqqqat e'tiborini qaratmog’imiz kerak bo’ladi.
Tajriba sinflarda yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib boriladi. Musobaqa darslari o’tkazildi. Darslarda o’quvchilar rag’batlantirildi. Biz darslarda, asosan o’quvchilarning rag’batlantirishga e'tibor berdik. Bulardan tashqari uyga berilgan vazifalarga ham, chunki vazifalar orqali o’quvchilarning tushunganliklarini ochiq ko’rish mumkin. Bundan tashqari, Namangan shahridagi bir qator ma’naviy merosimiz hisoblangan joylarga ( Mullo Ohun madrasasi, muzey ) sayohatlar uyushtirildi.
Har bir o’quvchi o’z uylarida qanday urf – odatlarga rioya etishlari insho sifatida yozib kelish kabi o’quvchini mustaqil va faol ishlashga undovchi topshiriqlar berib borildi. (Uyga vazifa sifatida)
Masalan, darslarda tasvirlangan o’yinlarni topib kelish. Agar o’quvchi darsdan ta'sirlanmasa darsni tushundi, deb o’ylamaslik kerak. Shu sababli oldindan nazorat ishlari tajriba sinflarida yuqori ekanliklarini ko’rsatdi.
Tajribadan keyingi o’zlashtirish natijalari jadvali


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling