Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Download 0.93 Mb.
bet16/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini o’rganishning shakl, metod va vositalari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini nafaqat dars jarayonida, balki, darsdan tashqari tarbiyaviy jarayon bilan uzviy ravishda olib borish ayni maqsadga muvofiqdir. Bunda tanlab olinishi kerak bo’lgan metodikalar, usullar o’qituvchi va ota-ona o’rtasidagi aloqalar orqali oydinlashadi. Ya’ni, o’qituvchining tanlab olib qo’llashi kerak bo’lgan metodikalari ota-ona tomonidan bolaga nisbatan qo’llaydigan metodikaga mos bo’lishi, bir-birini to’ldirishi lozim. Bu o’z navbatida ota-ona bilan o’qituvchi o’rtasida hamisha uzviy aloqa bo’lishini taqozo etadi va ta’minlaydi.
Dars jarayonida milliy-ma’naviy merosni sharhlab o’rganish o’quvchilarda ma`naviy muzeyni shakllantirishda muhim usul hisoblanadi. Bu usul o’quvchiga o’rganiladigan milliy-ma’naviy meros mazmunini chuqur o’zlashtirishga yordam berish bilan bir qatorda, o’quvchi ko’z o’ngida o’tmish ajdodlarning milliy muzeyni to’liq gavdalantirishga xizmat qiladi. Biz olib borgan tajribalar natijasi dars jarayonida o’quvchining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning quyidagi tizimini aniqlash imkonini berdi:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosni o’rganishda “Hadis”, “Navro’z”, “Mehrjon” va boshqa qadriyatlarning yaratilishi, paydo bo’lishi, maqsadi, ular yaratilgan ijtimoiy tuzum xarakteri va xalqning ma’naviy qiyofasini anglashga yordam beradi.

  2. Milliy-ma’naviy meros tahlilida uchraydigan notanish, arxaik, tarixiy dialektizm, chet el, kasbiy so’zlarni izohlash, ya`ni lingvistik sharh. Bunday izoh boshlang’ich sinf o’quvchisining so’z boyligini oshiradi, nutq muzeyga ijobiy ta`sir etadi, notanish so’zlar qo’llanilgan davr, shu davrning ma`naviy olami haqidagi bilim saviyasini o’stiradi, dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir etadi.

  3. Sharq xalqlarining ilmiy dunyoqarashi bilan bog’liq bo’lgan qadimiy milliy urf-odatlar, an`analar, udumlar, qadriyatlar bilan bog’liq bo’lgan so’zlar sharhi, ya`ni tarixiy-milliy-ma’naviy (intelektual) meros.

  4. Ona tili va o’qish savodxonligi, odobnoma darslari mazmuniga singib ketgan yoki aynan tarbiyaviy maqsadni ko’zlagan holda ishlatilgan xalq donishmandligi namunalari xalq maqollari, matallar, pandnomalar, ibratli so’zlar, obrazli iboralar, mubolag’ali o’xshatishlar va h.k. izohi, ya`ni tarixiy-adabiy sharh.

  5. Sharq xalqlari qabilalari, shajarasi, turar joylarining nomlari bilan bog’liq so’zlarning tarixiy-geografik sharhi.

  6. Ajdodlarimiz milliy-ma’naviy meros qirralari bilan bog’liq iboralar bayoni. Bunday bayon o’quvchini sharq xalqlarining qadimiy kasb-kor turlari, xarakteri, kiyinish muzey, qurol-aslahalari, musiqa yodgorliklari, me`morchilik, haykaltaroshlik san`ati va boshqalar bilan atroflicha tanishtirish imkoniyatiga ega. Mazkur guruhlardagi sharhlardan asosan 3-4-sinflarda o’rganiladigan Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi ajododlarimiz merosi bo’limi namunalaridan “To’maris” va “Shiroq” afsonalari, “Devonu lug’otit turk”, “Qutadg’u bilig”, “Qissai Rabg’uziy”, “Farhod va Shirin”, “Suhayl va Guldursun” dostonlari, “Temurnoma”, “Temur tuzuklari”, turli xarakterdagi bayram meroslari, ilmiy-tarixiy, ma`rifiy manbaalar, xalq pedagogikasi an`analari va boshqalarning mazmun mohiyatini o’rganishda foydalaniladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari nuyon, qo’ng’irot, barlos, qalmiq, mang’it, biy, shak kabi urug’lar ajdodlarimizning to’y va motam marosimlari bilan bog’liq urf-odatlar, udumlar (kampir o’ldi, “soch siypatar”, qo’l ushlatar, sarpo tarqatish), mehmondorchilik udumlari, milliy taomlar, kavush, rido, chakmon taqya, kimxob to’n, xonatlas, choriq kabi o’zbek xalqining milliy kiyim-kechaklari, Qo’ng’irot, Boysun, Bobotog’, Makka, Madina va boshqa qadimiy joy nomlari, chavandozlik, qilichbozlik, terantozlik kabi sharq xalqlarning kasb merosi tarixi bugungi kundagi ahvoli haqida ma`lumot oladilar.

Ona tili va o’qish savodxonligi kitobidagi milliy-ma’naviy meros matni mazmuni yuzasidan o’tkaziladigan suhbat, uni sharhlash, turli qiziqarli topshiriqlar, vazifalar bajarish, savollarga beriladigan har tomonlama mukammal javoblar o’quvchilar tomonidan matnning mazmun va mohiyatini tushunganlik hamda o’zlashtirganlik darajasini belgilaydi, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi, o’tilgan materialni mustahkamlashga xizmat qiladi, ularning monologik va dialogik nutq muzeyni shakllantirishga olib keladi. Bundan tashqari multimediyali prezintatsiyalardan foydalanish, masalan: tarixiy obidalarning tasviri, udum va marosimlar tasvirlangan filmlarni o’quvchilar e’tiboriga havola qilish orqali ularda milliy-ma’naviy merosga bo’gan ijobiy munosabatni rivojlantirish bilan bir qatorda kompyuter savodhonligini oshirish va o’quvchilarni keng ma’noda faollashtirish mumkin.
Boshlang’ch sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosini o’rganishga ijodiy munosabat, faollik, o’tmish adabiyoti, tarixi, urf-odatlari, san`ati, an`analarining mohiyatini puxta o’rganish asosida ma`naviy ehtiyoj, talabni qondirish, qiziqishni o’stirish mustaqil ishlar orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining uzviy bog’langan tomonlaridir. Mustaqil ishda o’quvchi o’z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o’z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantiradi, dunyoqarashi va ma`naviy saviyasini namoyon etadi. Qolaversa, o’quvchilar do’stlik munosabatiga asoslangan jamoaviy faollikka erishadi. Bunda o’qituvchi va ota-ona, jamoat tashkilotlarining hamkorligi asosiy tayanch vazifasini o’taydi. O’quvchilarni asori-atiqalarga sayohatlarga olib borish ham samarali natija beradi.
Ona tili va o’qish savodxonligi va odobnoma darslarini o’qitish jarayonida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar og’zaki (savollarga og’zaki javob tayyorlash, o’zbek fol’klori manbaalarini yodlash va mazmunini tahlil etish, asardan ma`lum parchalar Ona tili va o’qish savodxonligi va hikoya qilish, darslik bilan ishlash, mavzuga mos hayotiy misollar topish va so’zlab berish va h.k.) va yozma (o’qituvchi qo’ygan savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, rasmlar chizish, ma`ruza, referat, tezis, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish, kartochkalarga yozma javob berish, avlodlar shajarasini tuzish va h.k.) shaklda amalga oshiriladi. Yuqoridagi jarayonga tizimli yondashsak, o’quvchilarni faollashtiribgina qolmay, ularda milliy ongni o’stirishga, milliy gu’rurli va o’zligini anglagan yoshlar bo’lib voyaga yetishlarini ishonch bilan ayta olishimiz mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqi milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan yana biri bu - fanlararo integratsiyalashdir. Bu o’qituvchiga bog’liq. Faqat tanlangan fanlar mantiqan bog’liq bo’lishi muhimdir. Shu bois ham biz Ona tili va o’qish savodxonligi, odobnoma, tasviriy san`at fanlarini mantiqiy bog’liqligini hisobga olgan holda tanlab oldik. Chunki, Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ham bolaga ta`lim berish bilan birga o’zbek xalqi milliy ma’naviy merosi haqida bilim berib boriladi, tasviriy san`at darslarida ham huddi shunday. Demak, Ona tili va o’qish savodxonligi darsi mavzularini yana takrorlab o’tilishiga yo’l qo’ymasdan bir darsning o’zida uyg’unlashtirish mumkin bo’ladi. Fanlarni integratsiyalash o’quvchilarni haqiqiy ma’noda faollashtiradi, vaqtdan unumli foydalanish ko’nikmasini hosil qiladi, o’qituvchini metodikalar bilan ishlash konikmasini oshiradi, o’qivchilarning individual qobiliyatlarini namoyon qilib, ulardan unumli foydalanish holatini yuzaga keltiradi. Har bir o’quvchining qiziqishiga asoslangan qobiliyati rivojlanib boradi. Bu jarayonlar o’z navbatida to’la o’zlashtirishga erishishni ta’minlash bilan bir qatorda ta’lim samaradorligini oshishini ta’minlaydi.
Masalan: ona tili va Ona tili va o’qish savodxonligi savodxonligi, musiqa, tarbiya, tasviriy san`at darslarining uyg’unlashtirilishi natijasida amalga oshadi. Ushbu talablarni bajarish zamirida o’quvchilarni bilish, tushunish, qo’llash, tahlil qilish, sintez qilish, nazorat qilish va natijani baholash bilimlari shakllanadi. Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini 1-sinflarda integratsion loyihalashni amalga oshirishda eng avvalo Ona tili va o’qish savodxonligi, tasviriy sana’t, odobnoma, fanlari bo’yicha DTS talablari asosida tashkil etilgan ishchi reja va darsliklar ko’zdan kechirildi. Bularning ichidan bir-biriga mos bo’lgan, bir-birini to’ldiruvchi mavzularni muvofiqlashtirib, bir soatli “Ona tili va o’qish savodxonligi sana’ti” fani hosil qilindi. Quyida o’zbek xalqi milliy-ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha 1-sinflar uchun haftada bir marotaba o’tkaziluvchi integratsion mashg’ulotning texnologik xaritasi keltirildi. (misol tariqasida)




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling