Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Download 0.93 Mb.
bet15/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

Maqollar:
Tadbir bilan mushkul ish oson bo’lar,
Tadbirsizning holi tang bo’lar.

Ko’rinib turibdiki, davlat ta’lim standartida boshlang’ch ta’lim bosqichida bolalarni milliy ruhda tarbiyalashni, ularda milliy-ma’naviy merosga bo’lgan hurmat, iftihor tuyg’usini tarkib toptirish va rivojlantirishni, shu asosda faollikni oshirish masalasi maqsad qilib olingan. Chunki, ma’naviyat katta kuchga ega.


Kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir farzand o’z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo’lagi ekanligini anglashi- milliy-ma’naviy meros va ongning tarkibiy qismidir. Ammo bu oddiy haqiqatni tushinish va tushintirish nechog’lik murakkab ekanligini anglash qiyin emas.
Ma’naviyatimiz O’zbekistonning porloq kelajagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadriyatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o’ziga xos dunyoqarashdir. Ma’naviyat sohasida mustaqil O’zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma’naviyatimizni boyitish va kelajak avlodni milliy-ma’naviy merosimizdan foydalanib yoshlarimizni faollashtirish va bu borada barcha pedagogik imkoniyatlarimizdan unumli foydalanishdan iborat.
Ma’naviyatimizning bor kuchi, mazmuning chuqurligi va rang-barangligini, uning ko’hna tarixning qa’riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to’la ravishda ko’rsatmoq uchun Avesto va Zardo’shtiylik ta’limotidan, axloqi va musavvirlik san’atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlargacha uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yahlit silsilasini yaratmog’imiz zarur. Bu borada ishlar kun sayin kengayib va tezlashib bormoqda. Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri-boy ilg’or ma’naviyatga ega bo’lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg’or bo’lish jamiyat norasoligining muhim ko’rsatkichidir. Shu sababdan prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ma’naviyat ma’rifatni ko’tarish yosh avlod ongiga singdirish, targ’ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma’naviy darajasini ta’min etishni dolzarb masalalardan biri, deb qayta-qayta uqtirmoqda. Shu sabab boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishda milliy Muzey markazlar bilan hamohang ish olib borish bizni maqsad sari yetaklaydi. Milliy Muzey markazlarning asosiy vazifalari uch yo’nalishga ega.
1. Har bir millatning tili, muzey, urf-odatlari va rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga keng yo’l ochish.
2. Mustaqil O’zbekistonni o’zining haqiqiy vatani deb bilishi va unga beminnat hamda sadoqat bilan xizmat qilish.
3. Vatan bilan mushtarak hayot kechirish, uning muzey, tarixi va tilini o’rganish, mustaqil davlatga nomi berilgan millat bilan do’stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash. Ana shu uch yo’nalishda olib borilayotgan ishlar yil sayin yangidan-yangi shakllarda, turlarda, yo’nalishlarda, rang-barang bo’lib bormoqda, shu jumladan;
- o’z milliy tarixini, muzeyni, tilini, urf-odatlarini o’rganish to’garaklari ishlamoqda;
- milliy musiqa, raqs va hunar to’garaklari o’z ishini kengaytirmoqda;
- milliy bayram kunlariga bag’ishlab tadbirlar o’tkazilmoqda, festivallar tashkil
qilinmoqda;
- tarixiy vatanning rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, oqinlari, baxshilari, Muzeyat va siyosat arboblariga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinmoqda;
- tarixiy vatandan kelgan siyosiy arboblar Muzeyat namoyondalari bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Bunday tadbirlar hali yetarlicha emas. Chunki, globallashuv davrida, axborotlar ko’lamining kengligi va rivojlanishdagi jadallashuv bizdan tinmay o’z ustimizda tinmay izlanishni talab qiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling