Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rnini izohlash


Download 0.93 Mb.
bet10/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

1.2. Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rnini izohlash.
Insoniyat muzey rivojiga munosib hissa qo’shgan O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari yaqin vaqtlargacha to’g’ri baholanmadi.
Mustaqillik tufayli O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishida fan sohasida yaratgan boy ilmiy merosini o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida katta imkoniyatlar yaratildi, o’lkamizda ilm-fan, ma`rifat gullab-yashnaganligi, G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligi inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi. Yangi tizimga o’tishdek murakkab jarayonda tarixga yangicha yondashish, uni haqqoniy aks ettirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilishda bizning ularga munosabatimiz qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda ta`lim, tarbiya jarayonida ma`naviy-ma`rifiy merosimizning ta`sir doiralari, imkoniyatlari qanday bo’lishi kerak?
Mana shu savollardan kelib chiqqan holda biz o’zimizga xos, o’zimizga mos Muzey ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqur, aniq va puxta bilib olmog’imiz kerak. Ya`ni biz xalqimiz tarixiy jarayonda orttirgan o’tmishdagi ozmi-ko’pmi tajribasini, erishgan yutuqlarining ma`naviy-ma`rifiy ildizlarining mohiyatini to’g’ri anglashimiz, ta`lim-tarbiya jarayonida uning o’rni va ta`siri katta ahamiyatga ega ekanligini chuqur bilmog’imiz, tushunib yetmog’imiz kerak.
Demak, bizning o’z tariximiz va muzeymiz bo’lgan. Buning uchun bizning tarixiy, ilmiy, Muzey asoslarimiz bor. Biz o’z hayoti, muzey, tarixiga ega xalqmiz.
O’rta Osiyo eng qadimgi Muzeyat maskanlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi O’rta Osiyo va O’rta Sharqda turli fanlarga oid bilimlar taraqqiy etgan. O’rta Osiyo hududida O’zbekiston ilm va fanning eng taraqqiy etgan markazlaridan biri bo’lgan, jahon ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan.
Ayniqsa IX-XII asrlardagi uyg’onish davrining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.
Fikrimiz isboti sifatida allomalarimiz bosib o’tgan hayot yo’llarini tahlil qilaylik.
Jahon xalqlarining tibbiy-ilmiy tafakkuri rivojlanishiga katta hissa qo’shgan allomalardan biri Muhammad Muso Al-Xorazmiy (780-847). G’arb ilmiy adabiyotida uni Algoritmus deb ataydilar. U matematika, falakiyot, jug’rofiya kabi fanlarni mukammal egallagan bo’lib, uning ilmiy xulosalari shu fan sohasiga oid bo’lgan bilimlar rivojiga salmoqli ta`sir ko’rsatadi. U qadimgi Yunon va Hindiston matematiklari erishgan yutuqlarni tahlil qilibgina qolmay, matematikaning maxsus bo’limi – algebrani (al-jabr) yaratdi. U algebraik tenglamalar tuzish va yechish usullarini ishlab chiqdi, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni hisoblashning umumiy qonuniyatlarini uchinchi va undan ortiq darajadagi tenglamalarning ayrim xususiy hollarini ko’rsatib beradi.
Al-Xorazmiyning buyuk “Al-jabr val-muqobala” asari (“algebra” atamasi shu so’zdan olingan)ni G’arb va Sharq olimlari lotin tiliga tarjima qilganlar, asosiy qo’llanma sifatida foydalanganlar.
Hozirgi zamon kibernetika qurilmalari, kompyuterlar ish faoliyatining matematika modeli bo’lgan algoritm tuzish usuli ham al-Xorazmiyning algebrasi asosida yaratilgan. Algoritm atamasi ham buyuk alloma nomidan olingan. Matematika ilmining hozirgi kundagi taraqqiyot darajasi buyuk olimning ilmiy kashfiyotlari bilan bevosita bog’liqdir, ma`lum darajada uning natijasidir.
Al-Xorazmiy o’z davrining mukammal astronomik jadvalini tuzdi. U bu sohada hind olimlarining kamchiliklarini ko’rsatdi. Allomaning astronomik jadvali asrlar davomida dunyo olimlari tomonidan foydalanildi. U “Kitob surat al Arz” (“Yer surati”) risolasida Ptolomeyning “Geografiya” nomli kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. Sharq mamlakatlari va xalqlari to’g’risida yangi ma`lumotlar berdi, mamlakatlar, shaharlar nomlari ko’rsatilgan xaritalar berilgan, daryolar, dengizlar, okeanlarning koordinatlari ko’rsatilgan.
Olimning bu kitobi G’arb va Sharq mamlakatlarida geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi uning tabiatshunos olimligidan dalolat beradi. U o’z davridagi tabiat fanlari sohasidagi muhim murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi.
Yaqinda jahon ahli, jumladan, O’zbekiston xalqi buyuk matematika, astronom va geograf Ahmad al-Farg’oniyning muborak yubileyini nishonladi. Uni G’arbda Al Ferganus deb ataganlar. Al-Farg’oniy “Astronomiyaga kirish” deb atalgan asarida o’zigacha astronomlarning ishlarini tartibga solgan, kamchiliklarini tuzatgan. Buyuk alloma o’zining “Al-Farg’oniy jadvali”, “Oyning yer ostida va ustida turadigan vaqtini aniqlash to’g’risida risola”, “Yetti iqlimni aniqlash”, “Quyosh soatini yasash haqida risola”, “Al-Xorazmiy zajini tushuntirish” kabi asarlarida osmon jismlarining holati, quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakati qonuniyatari, Quyosh, Oy tutilishi, Quyosh, Yer, Oy harakatiga bog’liq ekanligi, yer hajmi, yulduzlarga nisbatan kichik yulduzlar yerdan nihoyatda uzoqda ekanligi, kecha va kunduzning almashinishi, tabiatdagi iqlimning o’zgarish sabablariga doir tabiiy-ilmiy fikrlarni asoslab bergan. U yetuk muhandis sifatida 861 yilda Nil daryosining suvini o’lchaydigan o’lchagich asbob yasagan va Ravzo orolida o’rnatgan. Al-Farg’oniy Ptolomey fikriga asoslansa-da, unga tanqidiy va ijodiy yondashadi.
1998 yilda Farg’oniyning 30 bobdan iborat “Astronomiya ilmi asoslari” kitobi o’zbek tilida chop etildi. Bu asardagi astronomiyaga doir bilimlar matematika asosida chuqur ilmiy mazmunda bayon qilingan. Bu asar astronomiya fani rivoji uchun ilmiy manbaa bo’lib xizmat qiladi.
Ma`lumki, matematika fanining o’ziga xos xususiyati, qudrati, uning boshqa fanlarga tadbiq qilinganda ko’rinadi.
Birinchilardan bo’lib Beruniy bu fanga shunday yondashgan. Beruniy matematika faniga o’zining ilmiy tadqiqotlari bilan ijodiy yondashgan va katta yutuqlarga erishgan. Beruniy arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, sonlar nazariyasi bilan shug’ullangan, astronomiya, geografiya, geodeziya, kartografiya kabi sohalarga tegishli amaliy masalalarni yechgan.
Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “Shoxmot taxtasi” haqidagi masalani yechib, uning natijasi 18 446 744073 709 551 615 ga teng ekanini topdi va yechimini tushuntirib berdi. “Shoxmot taxtasi” masalasi qadimgi hind afsonasi bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha talqin qilinadi: birinchi katakda 1 ta bug’doy donasi, ikkinchi katakda 2 ta, uchinchi katakda 4 ta va hokazo ko’payib, bug’doy donalari ikkilanib boradi, ya`ni u geometrik progressiya bilan ikkilanib boradi. Masalani yechishda Beruniy 2 ta qoida topadi. Birinchi qoidaga ko’ra, agar berilgan katakdagi donlar sonini o’ziga ko’paytirsak, natija berilgan katakdan, u bosh katakdan qancha uzoqlikda bo’lsa, shuncha uzoq joylashgan katakdagi donalar soniga teng bo’ladi.
Ikkinchi qoida shunday: “Agar qaysidir katak sonidan 1 ni ayirsak, qoldiq barcha oldingi kataklar sonlarining yig’indisiga teng, ya`ni bu qoida geometrik progressiya qoidalari yig’indisini topish qoidasidir”.
Beruniy doira ichiga chizilgan siniq chiziqlar xossalari haqida 4 ta teorema va geometriya, trigonometriya, astronomiyaga oid bo’lgan bir qancha teoremalarni isbotladi. U ko’paytirish, bo’lish, kvadrat va kubga ko’tarish, kvadrat va kub ildizidan chiqarish kabi amallar qoidalarini tushuntirib berdi.
Beruniy algebraik masalalar yechishda yangi usullar ishlab chiqdi, noma`lum va uning darajalari ta`rifini berdi, ishoralar qoidasini, algebraik amallar, Al-jabr (“to’ldirish”, ya`ni tenglamada manfiy ishorali hidni qarama-qarshi tomonga o’tkazib, har ikki tomonda musbat hadlar hosil qilish) va “al-muqobala” (“Qarama-qarshi qo’yish”, ya`ni tenglamaning o’xshash hadlarini keltirish)ni tushuntirib berdi. Shuningdek, u al-Xorazmiyning birinchi bo’lib, kiritgan kvadrat tenglamalar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi.
Beruniy matematika sohasidagi ilmiy izlanishlari uning “Qonuni Ma`sudiy” asarida bayon qilinadi. Beruniy funktsional bog’lanishlardan foydalanib funktsiya tushunchasini yaratdi. Bu hozirgi zamon matematikasida o’zgaruvchi miqdorlar matematikasining asosiy tushunchasi “funktsiyani” yaratishda muhim zamin bo’lib xizmat qildi.

Jahon fani va muzeyga hissa qo’shgan O’rta Osiyo uyg’onish davrining olimlaridan biri Ibn Sinodir. Ibn Sino ham o’z davridagi fanlarning birortasini chetda qoldirgan emas, aksincha ularni o’rgandi, o’zining g’oyalari, tibbiy, tabiiy-ilmiy fikrlari bilan boyitdi. Tibbiyotda, astronomiya, tabiatshunoslik, matematika, musiqa, huquq, axloq, din, adabiyot, tarix singari fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi, O’rta Osiyo xalqlari muzeyni jahon muzeyning oldingi qatoriga olib chiqdi.


Mana shu buyuk allomalar o’zbek xalqini dunyoga tanitgan, jahon muzey sohasida o’ziga xos o’rin olishga sabab bo’lgan buyuk olimlardir.
Bo’shliq masalasini hal qilishda, umuman tabiatda bo’sh fazo bo’lishi mumkin emasligini, ya`ni materiya fazoda hamma yo’nalishda mavjudligi, fizik jismlar, jumladan, bo’shliq ham materiyaning ko’rinishi ekanligi, ular faqat fazo va vaqtda harakatda ekanligi masalasi bilan bog’lab tushuntirdi.
Ibn Sino fikricha: “Bo’shliqning o’zi yo’q, chunki harakatsiz tinch turgan narsaning o’zi yo’q. Agar bo’shliq bo’lsa, uning hajmi, substantsiyasi bo’lishi kerak. Demak, har qanday hajmning bo’lishi uchun substantsiya bo’lishi kerak. Hajm bo’lganligi uchun substantsiya emas, balki substantsiya bo’lganligi uchun hajm bo’lishi kerak. Demak, bo’shliq (vakuum) ham jism. Lekin jismda jism bo’lmaydi”. Ibn Sino bo’shliqni jismning maydon ko’rinishi ekanligi haqidagi g’oyani ilgari surdi.
Ibn Sinoning fizik hodisalarni ilmiy asosda tushuntirishga doir fikrlarini uning Beruniy bilan olib borgan bahslarida ham kuzatish mumkin. Ularning bahslarida jismlar harakati, ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlikdan kengayishi, yerning tortishish kuchi, elektr hodisasi, vakuum, tiniq jism, linzalarning xususiyatlari, harakat va boshqa fizik hodisalar haqida ilmiy munozaralar olib boriladi.
Bu ilmiy munozaralarda Yunon va Sharq olimlarining fizika masalasiga doir qarashlari tanqid qilinadi, yangi fikr va mulohazalar ilgari suriladi.
Bizning avlodlarimiz, olim-u fuzalolarimiz dunyoviy fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, ularning ilmiy merosini o’rganishning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ularning fan sohasidagi yutuqlari va jasoratlari yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida ibrat manbai bo’lmog’i zarur. Chunki bizning allomalarimiz “Siyosiy aql va idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar bo’lgan”.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma`naviy, ma`rifiy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qolganligining sababi shundaki, ma`naviy qadriyatlarni tiklash milliy o’zlikni anglash, xalqning ma`naviy sarchashmalarini, uning ildizlarini chuqur o’rganish tabiiy jarayon bo’lishi kerak, deb hisoblanishidir.
O’zbekiston bugungi salohiyati, iqtisodiy holati, xalqimizning aql-zakovati va idorasi bu mas`uliyatli, sharafli ishni bajarishda, el-yurtimizning ozod, farovon, baxtli kelajagini yaratuvchi yosh avlodni tarbiyalashdek vazifani bajarishda zamin va imkoniyatlarimiz beqiyosdir. Mana shunday imkoniyatlardan biri ota-bobolarimizdan qolgan boy, tengi yo’q ma`naviy-ma`rifiy merosdir. Ularning asarlarida ilm-ma`rifat, ta`lim-tarbiya, axloq haqida g’oyat ibratli ilm-nazariy fikrlar bayon etiladi. Ajdodlarimizning ta`lim-tarbiyaga, ilm-fanga oid g’oyalarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan boyitib, yosh avlodning tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishda, bunyodkorlik faoliyatini oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida manbaa bo’la oladi.
Ko’xna tarix qa`ridan bizning davrimizgacha yetib kelgan boy merosimizda donishmandlarimizning insonni aql-idrokli, bilimli, axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan yetuklik, barkamollikka chorlovchi g’oyalarini ko’ramiz. Ular qoldirgan boy o’g’itlardan, ilm-fandan bahramand bo’lish kishilarni, ayniqsa, farzandlarimizni har jihatdan kamolot sari boshlaydi.
Hozirgi adolatli huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat qurayotgan davrda har bir O’zbekiston fuqarosi oldida turgan vazifa Prezidentimiz ko’rsatib borgan yo’l-yo’riqlar, nazariy, amaliy va falsafiy qonun-qoidalarni mukammal o’rganib, o’zlashtirib, qalbdan chuqur his etib, ularni hayotga uddaburonlik bilan tadbiq etish, ularga asoslanib, bunyodkorlik ishlarini dadillik bilan olib borishdir.
Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi tufayli xalqimiz oldida qator muhim vazifalar vujudga keldiki, ularni aniq ilmiy asoslangan javoblarini hato qilmasdan to’g’ri hal etish davr talabidir.
Jamiyat taraqqiyoti insonning Muzey-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g’oyaviy yetukligi bilan uzviy bog’langan.
Inson dunyoning oliy mavjudoti, duru-gavhari bo’lib, olam undan qudratli, uning oldiga tushadigan, undan ham oliyroq salohiyat yo’q. Insonning buyukligi va bebaholigi uning aql idrokka va tafakkurga ega bo’lganligidir.
Buyuk mutafakkirlarimiz ta`kidlaganidek, insonda bebaho marvarid aql-zakovatning mavjudligi, tabiat va jamiyatning sir-asrorlarini bilish qobilyatining jamul-jamligidir.
Jamiyat taraqqiyoti, milliy istiqbolining, kuch-qudratining asosiy omillaridan biri ma`naviyatdir. Yetuk ma`naviyat yuksak insoniy fazilat bo’lib, u jamiyatda mavjud bo’lgan ko’p qirrali munosabatlar, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi.
Ma`naviyati yetuk barkamol insonlargina kelajakni oldindan ko’rishga, qiyinchiliklarni yengishga, og’ir sharoitda ham yuksak maqsad va vazifalarni oldiga qo’yib, ularga iymon-e`tiqod bilan intilishga qodir bo’ladi.
Odamlarning ayniqsa, yoshlarning Muzey-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi mabodo past bo’lsa, uning salbiy ta`siri iqtisodiyotda ham, kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqlarida, turmush tarzlarida, yurish-turishlarida ham seziladi. Imon-e`tiqodi sust bo’lgan odamlarda mehr-oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlar yo’qoladi. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarimizni ma`naviy, ma`rifatli inson qilib tarbiyalashga katta e`tibor berish nihoyatda muhimdir. Jamiyatga yangicha fikrlay olishga qodir yoshlar kerak. Bu yoshlarda ishlash, bilim olish istagi bo’lgan, irodasi mustahkam, qobiliyatli va kelajak uchun kurashishga tayyor turgan insoniy fazilatlarini shakllantirish birinchi darajali vazifa bo’lib qolmoqda. Istiqlolimiz tayanchi bo’lgan yosh avlod farzandlarimizning bilimi qancha ortsa, ilmiy, nazariy, ma`naviy saviyasi yuksala borsa, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligi kuchaysa, davlatimiz, jamiyatimiz shuncha tez rivojlanadi va mustahkam bo’ladi. Yoshlar davlat, jamiyat, ota-onalari oldidagi mas`uliyatini anglab yetsalar, o’z kuchlari va imkoniyatlarini ishga sola bilsalar o’zlarining mo’jizakor kuchga ega ekanliklarini amalda isbotlagan bo’ladilar.
Tarixiy rivojlanishning hozirgi tub burilish bosqichi, respublikamiz siyosiy tizimini mustahkamlash va yanada takomillashtirish vazifasini hal qilish jarayoni yoshlarimizni barkamol inson bo’lib kamol topishi, jamiyatimizning munosib kishilari bo’lib yetishlari uchun ta`lim-tarbiya jarayonini kuchaytirishimizni talab qiladi.
Demak, xulosa qilib shuni aytish zarur deb topdik: birinchidan, istiqlol tayanchi bo’lgan yoshlarimizni yengil, ma`nan, ruhan, axloqan kamol topgan; ikkinchidan, o’zligini anglab yetgan, milliy tili, tarixi, muzey, urf-odatlari, an`analari, qadriyatlarini yuksak darajada e`zozlaydigan; uchinchidan, bilimi va dunyoqarashi rivojlangan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan, vatanni mehr bilan sevadigan, u bilan faxrlanadigan, yuksak ma`naviyat va Muzeyat sohibi bo’lgan inson sifatida kamol topishida biz olimu o’qituvchilar o’z hissamizni qo’shmog’imiz kerak.
Milliy tiklanish davrida xalqimizning zukko farzandlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ayni chog’da yoshlarimiz o’z yurti, muzey, tili, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki u o’z nasl-nasabini, tarixini bilishga qiziqadi. Bizning mamlakatimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Diniy va dunyoviy ilm asoslari mana shu zaminda yaratilgan. Bu qadimiy tabarruk tuproqdan buyuk allomalar yetishib chiqqan.
Davrimizning dolzarb muammolaridan biri farzandlarimizni erkin va demokratik O’zbekistonga munosib kishilar qilib tarbiyalashda eskicha aqidalardan holi bo’lgan yangicha tafakkuri asosida, ajdodlarimiz to’plagan hayotiy tajriba, axloqiy, ilmiy qarashlar asosida fikrlovchi inson sifatida tarbiyalashdir.
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodning ma`naviyatini, yuksak darajadagi ongini, dunyoqarashini o’zgalarga ibrat bo’ladigan xulq-atvorini shakllantirishda uning noyob milliy qadriyatlari hisoblanmish halollik, poklik, iymon-e`tiqod, rahm-shafqat, muruvvat, diyonat, insof, or-nomus singari fazilatlarni tarbiyalash talab qilinadi. Demak, kelajagimiz poydevori bo’lgan yosh avlodda ana shunday insoniy fazilatlarini shakllantirishda ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada oshirish talab qilinadi.
Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko’zlab yashagan va ma`rifatli bo’lishga intilgan. “Faqatgina chinakam ma`rifatli odam, - deydi. Sh.M.Mirziyoyev- inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon ham jamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashish mumkin”. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta`sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o’zgartirishdir. Shubhasiz jamiyatni yangilash, taraqqiy ettirish jarayonida hal qiluvchi, ta`bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga ega bo’lgan asos xalqning xaqiqiy tarixi va uning o’ziga xosligidir. Insoniyat o’z-o’zini anglab yetishda o’zining milliy merosini, qadriyatlarini, ularning ahamiyatini bilib olmog’i zarurdir. O’zbek xalqi boy ma`naviy Muzeyatga, o’zining noyob tarixiy o’tmishiga, bebaho tabiiy – ilmiy, milliy qadriytlarga ega.
Muzey, tarixiy, milliy va hududiy an’analarda maktabning tarbiyaviy tavsifini , uning ichki tuzilishini, moddiy olam bilan o’zaro munosabatini belgilaydi. Bu an’analar xalq pedagogikasiga asoslangan bo’lib xalqning ajralmas mulkiga aylanadi. O’zbek xalq pedagogikasiga ko’ra, bola ilk yoshdanoq ota-onalariga va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalanadi, ularga kamtarlik, olijanoblik, g’amxo’rlik, mehnatsevarlik, sermuruvvatlilik kabi sifatlar singdirib boriladi. Shuningdek, qonunning 3-moddasida O’zbekistonning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berilar ekan, ta’limda umuminsoniy va milliy – Muzey qadriyatlarning ustuvorligiga katta e’tibor berilgan haqiqatdan xalq pedagogikasi asrlar osha yoshlarni komil inson sifatida tarbiyalashda muhim vosita bo’lishi bilan birga, oila va oilaviy munosabatlar, oilada bola tarbiyasi, umuman insoning jamiyatdagi o’rni, mehnatsevarlik va insonparvarlik kabi sifatlarni tarbiyalash yo’li bilan hayotni; turmushni farovon qilishdan iborat; namuna sifatida ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O’zbek xalq pedagogikasi qadim zamonlardan beri xalqimizning qudratli tarbiya vositasi, mehnatkash xalq ommasining ta’lim–tarbiya haqidagi tushuncha va qarashlari aks ettirilgan hamda xalqimizning o’zaro uzoq tarixiy davrlar davomida to’plangan va amalda masalalarni o’z ichiga olgan qadriyatlardandir. O’zbek xalq og’zaki ijodidan o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavq-shavqi estetik didi, ijodiy salohiyati, muhabbat va nafrati, orzu va intilishlari aks ettiriladi. Shuning uchun ham o’zbek xalq og’zaki ijodiyotidan ajdotlarimiz yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda mohirona foydalanib kelishgan. Darhaqiqat, o’zbek xalq pedagogikasi manbaalariga yahlit holda qaror toptirar ekanmiz unda butun bir xalqning tarixiy taqdiri, mustaqillik uchun kurash, Vatan tuprog’ini ko’z qorachig’idek asrash g’oyalari, bu yo’lda mardlik ko’rsatganlarning qahramonliklari kuylangan. Xalqimizning voqelikka nisbatan estetik munosabati ifodalangan. Uning namunalari xalq ijodkorlari tomonidan nihoyatda sayqallangan, yuksak san’at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Ularda xalqimizning nozik tuyg’ulari, go’zallikni his qilish, badiiy so’zning qadr-qimmati, ona tilining beqiyos boyliklari ochib beriladi. Ayni vaqtda ularda xalq pedagogikasiga oid fikrlari ham mavjuddir. Ayniqsa, farzand tarbiyasiga bag’ishlangan qarashlar diqqatga sazovor.
Xalq folklorida ta’lim-tarbiyaga oid ilg’or pedagogik fikrlar ilgari surildi. Har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qisimlari, ya’ni aqliy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga xos bo’lgan va tarbiya ishida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik ma’lumotlar o’zbek folklorining barcha janrlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, xalq og’zaki ijodining boshqa namunalaridagi singari, xalq maqollari va ertaklarida halollik, to’g’rilik, yaxshilik, botirlik, sahiylik, go’zallik, kamtarlik kabi ahloqiy sifatlar yuksak baholanadi. Ayni vaqtda tekinho’rlik, egrilik, yomonlik, qo’rqoqlik, bahillik, yolg’onchilik, manmanlik singari salbiy sifatlar qoralandi. Xalq pedagogikasida oilada bolaga singdirilishi lozim bo’lgan mehnat tarbiyasiga, uni kasb-hunar egasi bo’lib yetishishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ayniqsa o’zbek oilalarida qadimdan meros sifatida foydalanib kelinayotgan o’git-nasixat qilish usuli bolalarda ajoyib insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda avvalo kishilarning inson tomonidan qadrlanishi, insonlik burchini anglash, halol va rostgo’y bo’lish, yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilarga keng ahamiyat beriladi. Usullar bilan birga xilma-xil tarbiya vosiyalari ham foydalanilgani ko’rsatiladi. Xalq pedagogikasi materiallarida uchraydigan ahloqiy tarbiya vositalari ichida:

  1. bolalar o’yinlari;

  2. choyho’rlik - choyhona gurunglari;

  3. bolalar gapi - gap-gashtak;

  4. bolalarni kattalar bilan birgalikda;

a) to’y marosimlari-beshik to’yi, sunnat to’yi, nikoh to’yi, hovli to’yi;
b) sayillar- dala sayli, gul sayli, qovun sayli;
v) yig’in tomosha –tug’ilgan kunni nishonlash, yigit bazmi, qiz bazmi, kelin salom, yuz ochish, uloq, poyga, kurash, turli usuldagi yarashuvlar (musoboqalar);
g) safarga chiqish kabilar xaqida bolalarga ma’lumot berish va ana shunday vositalar asosida ma’naviy ahloqiy tarbiyalash katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari tarbiya jarayonida o’zbek xalq ijodining namunalaridan (Bahrom va Sherzod, Ozodachehra, Quyosh yerning pahlavoni, Rustam, Baliqchi bola, Yoriltosh, Oltin bola, Ayoz, Sirli gilamcha, Oqila qiz, Musofirbek, Aqilli bola, Shum bola, Hasis boy va uning o’g’illari, Boyning o’g’li kabi ertaklar, Erali va Sherali, Orzigul, Yodgor, Murodhon, Gulshanbog’, Balogardon, Avazning arazi, Gulihiromon kabi dostonlar) ta’lim jarayonida, oilada muntazam foydalanib borish maqsadga muvofiq. Bu ham bizning milliy-ma’naviy merosimiz zarchashmasidir. Birgina an’ana pedagogikada bola tarbiyasidagi ko’nikmalar va qobiliyatlarni bir avloddan ikkinchi bir avlodga o’tishini ifodalydi.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy barkamol qilib shakllantirish maqsadida keyingi payitlarda qator tadbiriy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, Pespublika “Mahalla” jamg’armasi hamkorligida tayorlangan mustaqil O’zbekistonning yosh avlodini tarbiyalashda “Mahalla, maktab va oila konsepsiyasi” katta e’tiborga molikdir. Unda shunday deyiladi: “Respublika umumta’lim maktablari, turar joy mahallalarda bolalarni tarbiyalashda ota-bobolarimiz uslubini qo’llash milliy va ma’naviy merosimizga, o’zbek xalq pedagogikasiga asoslanishi lozim. Ta’lim – tarbiya sohasida eng muhimi – umuminsoniy va milliy Muzey qadriyatlar ustuvorligidir. Bu yosh avlodga boy tarixiy, milliy Muzey meros, minglab yillar davomida shakllangan xalq pedagogikasi an’analari asosida ta’lim-tarbiya berish demakdir.
Shuning uchun, hozirgi davr xalq ta’limini yanada chuqur isloh qilishni talab etadi. Bunda, eng avvalo, maktab ostonasiga qadam qo’yayotgan har bir bolaning tayyorgarlik holatini ta’minlash lozim. Chunki, bugungi kunda Respublikamizda bolalarning atiga 31 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanmoqdalar. Qolganlarining maktabga tayyorgarlik holati maktab zimmasiga tushadi. Shu sabab bugungi kun muammolaridan biri bo’lgan farzandlarni maktabga tayyorlash, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kelajakda barkamol insonlar bo’lib o’sishini ta’minlashda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling