Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish


Download 0.51 Mb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1623833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal q

Ijobiy tomonlari:

  • davlatlar va xalqlar o`rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi;

  • xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklarning vujudga kelishi, ko`plab yangi ish o`rinlarining yaratilishi;

  • zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi;

  • turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi;

  • sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi;

  • ekologik ofatlar paytida o`zaro yordam ko`rsatish imkoniyatlarining ortishi.6

Bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilayotganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Globallashuv jarayonida insoniyat uchun salbiy, tashvishga soluvchi holatlar ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bular:

  • globallashuv jarayonida xalqlarning iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi aloqalari kuchayishi bilan bir vaqtda ularning madaniyati va ma’naviyatiga turli xil yot unsurlar o`z ta’sirini ko`rsatadi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va axborot kommunikatsiyalarining jadal rivojlanishi yoshlarning ongi va qalbini egallash orqali g’arazli niyatlarini amalga oshirishga urinayotgan g’ayriinsoniy kuchlar xatti-harakati kuchayib borayotganligi;

  • ma’naviy tahdid;

  • mafkuraviy kurashlar

  • “ommaviy madaniyat”

Bugungi kunda amalga oshayotgan global o`zgarishlar asosan ta’lim va tarbiya sohasiga o`zining ta’sirini ko`rsatmoqda. Global o`zgarishlar í inson hayoti sohalariga o`z ta’sirini obyektiv jarayon sifatda o`rganishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda globallashuv sharoitida iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlash va ilm-fanning rolini kuchaytirishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda O`zbekiston respublikasini rivojlantirishning
5 ta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasi” muvafaqqiyatli xizmat qiladi.
Ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan,
12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi,
152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog’cha kapital ta’mirlandi7.
“Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo`g’in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o`rni va ahamiyatini e’tiborga olib,
Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog’chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko`tarishimiz lozim8” deb Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim muassasalarga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Shuningdek, ko`plab ota-onalar, o`qituvchi va o`quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi. Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug’bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o`qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi. Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Shuningdek, Olmaliq shahrida Moskva po`lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa, AQSHning Vebster Universitetining filiallarini tashkil etish bo`yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo`limlar ochildi9.
Xulosa qilib aytganda, globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon qo`yayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo`lsa, tarbiya sohasidagi o`ziga xoslik O`zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo`lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlaridan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling