Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish


Download 0.51 Mb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1623833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal q

XULOSA


Globallashuv hayot sur’atlarning tezlashishi bilan bog’liq jarayondir. Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir bo’ladigan jarayondir. Tanganing ikki tomoni bo`lganidek, globallashuvning ham salbiy va ijobiy tomoni mavjud. Globallashuv jarayonida xalqlarning iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi aloqalari kuchayishi bilan bir vaqtda ularning madaniyati va ma’naviyatiga turli xil yot unsurlar o`z ta’sirini ko`rsatishi uning salbiy tomoni bo`lsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi globallashuvning ijobiy tomonlaridan biridir.
Iqtisodiyotning globallashuv jarayoni hukm surayotgan XXI asrda ta’lim mazmunini takomillashtirish muhim masala bo`lib turibdi. Xususan, mamlakatimizda ham mustaqillikka erishgan ilk yillardan yetuk mutaxassis kadrlarni, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to`g’risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir.
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insolar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, deb ta’kidlab o`tdilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat, albatta, iqtisodiy yuksalishni (ko’proq mahsulot ishlab chiqarish) va insonlarni turmush darajalarini oshishini istaydi (kishi boshiga ko’proq daromatga erishilishi). Bozor tizimi jamiyatdagi insonlarni turmush darajalarini oshishini belgilovchi omillaridan hisoblangan, ham texnologiyalarni takomillashuvi, ham davlat byudjetini to’planishiga erishishiga yordam beruvchi yagona tizimdir.
Biz bitiruv malakaviy ish mavzusiga asoslangan holda Buxoro viloyatida mehnat bozorining holatini baholash va rivojlantirishga doir anketa so’rovnomasini o’tkazdik.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda ta'lim sohasi ham alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ayniqsa, butun dunyoda va jamiyatda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligi yaxshilanishiga va jamiyatning yangilanishi hamda takomillashishiga qaratilgan hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning mazmun va mohiyatini ochib berishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham roli katta.
Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq va muammoli ma'ruzalar ya’ni yangi ped-texnalogiyalardan, metodlardan foydalanildi, dolzarb masalalar keng o‘rganildi, bilimlarda test usulidan foydalanish va reyting nazoratini amalga oshirish kabi yangi texnologiyalar qo‘llanildi.
Hozirgi paytda ko‘rgazmali qurollardan tashqari o‘quv-texnik vositalar, internet tizimi hayotimizga kirib kelmoqda. Ayniqsa, bunday texnik vositalardan
iqtisodiyot fanlarini o’rganishda ularni talabalarga yangi metodlar orqali o’tishda foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling