Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish


Download 0.51 Mb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1623833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal q

Mehnat bozori - bozor iqtisodiyotining ancha murakkab elementi bo’lib, bunda nafaqat ishlovchilar va ish beruvchilar qiziqishlari balki mehnat bahosi, uning tartiblanish sharoiti, eng asosiysi jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy holati namoyon bo’ladi.
Inflyatsiya darajasi ish joylari tizimini harakatlarini o’sayotganligi yoki kamayganligi, yuqori texnologiyali ish joylari tashkil etish darajasini aniqlab beradi.
Mamlakat aholisi daromadlari uning mehnat aktivligi darajasini keltirib chiqaradi. Daromad pastligi sababli ko’p kishilar mehnat bozoriga chiqishga majbur bo’ladi.
Mehnat bozori sub’ektlariga mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari va milliy an’analari ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun Rossiya, Yaponiya, AQSh mehnat bozorlarining o’ziga xos belgilari mavjud.
Mehnat bozori ishga joylashtirishadigan, kadrlarni tayyorlaydigan, ishlamaydiganlarni moddiy qo’llab - qo’vvatlaydigan tashkilot. Mehnat bozoriga mehnat birjasi, kadrlar tayyorlash markazi, bandlik xizmati, biznes markazi, tadbirkorlikni qo’llab - qo’vvatlash markazi, pensiya jamg’armalari kiradi.
Mehnat birjasi vositachilik vazifasini bajaradi, xaridor va sotuvchi nomidan ish yuritib ro’yxatga oladi. Yangi hunar o’rgatib malakasini oshiradi.
Mehnat bozori tushunchasi yangi tizimga faqat ishsizlik tushunchasi bilan kirib kelmaydi, shuningdek ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimiga yangi sifatli elementlarni jamiyat va ayrim korxona darajasida olib kiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab yig’indisi va taklif yig’indisi kesishsa mehnatga bo’lgan talab qondirilgan hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholisi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o’sishidir.
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar hozirgi sharoitda mehnat bozorida ishchi kuchiga talab taklifning yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishda sifat o’zgarishlarini asoslab beradi. Bunday sharoitlarda bir tomondan mehnat bozorining yangi infrastrukturasini ko’p sonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish bo’g’inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlanadi.
Mehnat bozori ko’p sektorli tuzilishga ega bo’lib, ishchi kuchini ishlab chiqarishga ta’siri, ular harakatlanishi va munosabatini namoyon qiladi.
Mehnat bozorini shakllantirishda mehnat munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtdagi sharoitni ko’rib chiqadigan bo’lsak tarmoqlar bo’yicha bandlik bir xil taqsimlanmaganligini ko’rishimiz mukin. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi eng asosiy vazifa tarmoqlar bo’yicha mehnatni samarali ta’minlanishi uchun sharoit yaratib berishdir.
Mehnat bozori bozor iqtisodiyotini tarkibiy qismidir, bunda ish beruvchilar va yollanma ishchilar qiziqishlari mos kelib, o’zaro kelishuv asosida ish yuritadilar.
Mehnat bozorining tarkibiy qismi: Mehnatga taklif yig’indisi tushunchasida iqtisodiy aktiv aholi yollanma ish kuchi sifatida shakllanadi.
Mehnatga talab yig’indisi esa – yollanma ish kuchiga umumiy extiyoj deb tushuniladi. Buni tashkil etuvchilar mehnat bozori yig’indisini tashkil etadilar.
Mehnatga taklif yig’indisini shuningdek barcha mehnatga layoqatli axolining barcha kategoriyalari – ayollar, erkaklar, yoshlar va nafaqaxo’rlar tashkil etadi deb izoxlashimiz mumkin. Mehnatga talab yig’indisini – iqtisodiyotda mavjud bo’lgan ish joylari soni va uni strukturasini tashkil etuvchi mexanizm deb qarashimiz mumkin.
Mexnatga samarali talab tushunchasi - bu iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq ish joylari soni va samarasiz xisoblangan ish joylari yig’indisidan iborat.
Mehnatga samarali talab va taklif yig’indisi o’rtasidagi tafovut yashirin ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Mexnat taklifi – mavjud mehnat bozorida uning tarkibini tashkil etuvchi shaxslar – mehnat faoliyati bilan band bo’lmagan va ish qidirayotganlar, ish joyini o’zgartirmoqchi bo’lgan shaxslar, shuningdek bo’sh vaqtida ishlamoqchi bo’lgan shaxslar tashkil etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling