Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish


Download 0.51 Mb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1623833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal q

Mexnatga talab – mavjud bozorda vakant ish joylarini to’lg’azish uchun, shuningdek bir martalik ishlarni bajarish uchun ehtiyoj tashkil etadi. Mavjud mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlar bilan tanishib chiqishmiz mumkin.
Ochiq mehnat bozori – barcha iqtisodiy aktiv axoli hisoblanib, ish qidiruvchilar, qayta tayyorgarlik ko’ruvchilar, shuningdek vakant ish joylaridan tashkil topadi.
Ochiq mehnat bozori rasmiy va norasmiy mehnat bozoridan iborat. Rasmiy mexnat bozori – bandlik xizmati tomonidan ro’yxatga olingan ish joylarini o’z ichiga oladi. Norasmiy mexnat bozori ish beruvchilar va ish qidiruvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida xech qayerda ro’yxatdan o’tmagan ish joylarini o’z ichiga oladi.

1.1- chizma. Mexnat bozori strukturasi. Mehnatga talab va taklif
Yashirin mehnat bozori bu xalq xo’jaligida band bo’lgan, lekin mahsulot
xajmi qisqarishi yoki boshqa sabablarga ko’ra qisqartirilgan ishsizlardan tashkil topadi. Birlamchi mehnat bozorida faqatgina "yaxshi ishlar" ishtirok etadi.
Birlamchi mehnat bozoridagi mavjud ishlarini quyidagi belgilari keltirib o’tamiz:

  • Ishchini barqaror bandligi;

  • Yuqori ish xaqi;

  • Karyera uchun imkoniyat;

  • Ilg’or texnologiyadan foydalanish va xizmat zinapoyasidan ko’tarilish uchun imkoniyatlar.

Ikkilamchi mehnat bozori – bu yerda "yomon ishlar" ishtirok etadi.
Ikkilamchi mehnat bozorini mavjud quyidagi belgilarini keltirib o’tamiz:
beqaror bandlik;

  • kam ish xaqi;

  • xizmat zinapoyasidan ko’tarilishi uchun imkoniyat yo’q;

  • ishlab chiqarishdagi texnologiya ko’p mehnat talab qiladi.

Ishsizlikni qisqartirish va bandlikni to’liq ta’minlash maqsadida mehnat bozorida faol siyosat o’tkazish kerak.
Faol siyosatning mavjud quyidagi yo’nalishlarini keltirib o’tamiz :

  1. Korxonalarda yangi ish joylari tashkil etish.

  2. Ish xaqini oshirishdagi cheklashlar.

  3. Nostandart xolatdagi bandlikni oshirish.

  4. Ish vaqtini qisqartirish.

  5. Nafaqa yoshiga chiqishni yoshini kamaytirish.

Ishsizlik bilan kambag’allik tushunchasi o’zaro uzviy bog’langan. Kambag’allikka qarshi kurash - bu asosiy extiyoj uchun zarur bo’lgan konsepsiyani ishlab chiqishdan iborat.
Ma'lumki, iqtisodiy faol aholining o‘z daromadini maksimallashtirish, doimiy yashash, o‘qish yoki uni davom ettirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga chiqish ko‘rsatkichlari o‘rganilganda, 2019 yil mart oyida uzoq muddatga chetga chiqqanlar umumiy soni Buxoro viloyati bo‘yicha 85032 kishini tashkil etgan, shundan, Buxoro shahri bo‘yicha 13379 kishini tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich 2018 yildagiga nisbatan viloyat miqyosida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 7022 kishiga kamayganini,shahar miqyosida esa 1043 kishiga kamayganligini ko‘rsatadi. Bu tendensiya viloyatning boshqa hududlariga ham xos deb aytish mumkin. Gender nuqtai nazaridan, erkaklar uzoq muddatga chetga chiqib ketganlar tarkibida 74,6 foizni tashkil etgan.
Uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslarning chiqish sabablarini tahlil etadigan bo‘lsak, asosan ishlash uchun ketganlar 60795 kishini tashkil etib, mos ravishda bu ko‘rsatkich 92 % bo‘lgan. O‘qish maqsadida 325 kishi chetga chiqqan bo‘lib, umumiy hisobda 0,5 foizni tashkil etadi.
Uzoq muddatga chiqib ketganlarning xorijiy davlatlar bo‘yicha ma'lumotiga e'tibor beradigan bo‘lsak, katta ulush jami 66115 kishidan 46910 kishi, ya'ni 71 foizi Rossiya Federatsiyasiga, 2342 kishi Turkiyaga ketgan bo‘lib, umumiy hajmda 3,2 %ni, Qozog‘istonga chiqqanlar soni esa 13854 kishi, ya'ni 21%ni tashkil etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling