Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish


Download 0.51 Mb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1623833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal q

yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar);

  • yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo‘yicha konvensiyalar);

  • yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta).

    Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.
    Ob’yektiv to‘siqlarning bekor qilinishi dengiz, havo transporti va aloqa xarajatlaridagi pasayish tendensiyalarida o‘z ifodasini topdi. Dengiz va bandargoh xarajatlari 1920 va 1990 yillar orasida taxminan 60 foizga qisqardi.(1) Havo transporti xarajatlarida yanada keskinroq kamayish kuzatildi va sayohat vaqti ham sezilarli darajada qisqardi.
    Sub’yektiv, ya’ni insoniyatning o‘zi o‘ylab topgan to‘siqlar (kvota va tariflar)ga ham astasekin barham berilmoqda. 1947 yillarda tovarlar importiga tariflar o‘rtacha 47 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1980 yillarga kelib ular 6 foizga tushib qoldi.
    2.Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozor munosabatlarining rivojlanishi
    Barchamizga ayonki, globallashuv jarayoni XX asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, dunyoni butunlay o`zgartirib yubordi. Globallashuv butun yer sayyorasi uchun yagona bo`lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
    Globallashuv tushunchasi haqida so`z yuritadigan bo`lsak, globallashuv-
    “gloub”(inglizchadan “globe”, ya’ni “butun dunyoga tegishli”) va “globalizatsiya” (“globalize”, ya’ni “butun dunyoga tarqalishi”) so`zlaridan kelib chiqqan. Shuni ta’kidlash lozimki, globallashuv deganda, aksariyat mutaxassislar tomonidan iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi nazarda tutiladi. Bunday qarashda “globallashuv iqtisodiy munosabatlar doirasida yuzaga keladi” degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, globallashuv hayotning har bir jabhasi bilan, jumladan, inson ma’naviyati bilan ham bevosita bog’liqdir.
    Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir bo’ladigan jarayondir.
    “Globallashuv bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”.
    Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy-siyosiyati va ma’naviyatiga o`tkazish mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’sirini Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandi shunday ta’rif bergan:“Men uyimning eshik va darvozlarini doim maxkam berkitib o`tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo`lib uyimni agdar-to`ntar qilib tashlashi, o`zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”.
    Shuning uchun ham globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta`minlab, ayni paytda, Hindistonning davlat arbobi Mahatma Gandi ta’riflaganidek “dovullar”dan saqlanishni ham bilishimiz lozim.
    Birinchi prezidentimiz Islom Karimov globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi haqida to`xtalib, uni quyidagicha izohlaydi: “Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”.
    Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo`lganidek, globallashuv jarayonining ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud.

    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling