Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish
Download 0.51 Mb.
|
Mavzu Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
Mavzu: Bozor klassifikatsiyasi Kirish Bozor - iqtisodiy kategoriya sifatida: mohiyati, klassifikatsiyasi va rivojlanishi Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozor munosabatlarining rivojlanishi O’zbekistonda mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g’risidagi” O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 2017.02.08 „Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz“. SH.M.Mirziyoyev Toshkent O’zbekiston, 2017 y. „Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz“ SH.M.Mirziyoyev Toshkent O’zbekiston, 2017 y. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha “Harakatlar Strategiyasini” Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy - uslubiy risola.íT:Ma’naviyat, 2017. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 22-dekabr,2017-y.-13-b. Kirish Mavzuning dolzarbligi: Globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganligi sir emas. Bu o`z navbatida ilm-fan va ta’lim oldiga yangi talablarni qo`ymoqda. Natijada ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o`qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta’lim mazmunini boyitishga xizmat qilish bugungi iqtisodiyotning globallashuv sharoitida dolzarb masala bo`lib qoldi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etildi va kelajagimizning munosib davomchilari bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko`plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, ta’mirlandi, eng zamonaviy o`quv anjomlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, globallashuv sharoitida bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar Strategiyasi to`g’risida”gi farmoni bilan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlari aniq belgilab berildi. Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud -huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanda rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o`ylangan o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo`yicha aniq, hayotiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishdan to`rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish bilan birga ta’lim - tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalalari ham o`rin olgan. Farmonga binoan, ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’lim tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o`quv-laboratoriya uskunalari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan to`liq ta’minlash kabi qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o`qitishga alohida e’tibor qaratildi. Endi iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida bozorning roli bo’yicha bozor tushunchasiga ta’rif berib o’tadigan bo’lsak: Bozor- bu ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash yani oldi-sotdi jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.1 Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonunqoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim bo’lib hisoblanadi. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida esa tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi va iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling