Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Mavzu: Davlat xizmati va davlat xizmatchilari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat xizmatchilarini rag’batlantirish va javobgarlikka tortish. Davlat xizmati munosabatlarining to’xtatilish asoslari.
- Qonuniylik prinsipi
Mavzu: Davlat xizmati va davlat xizmatchilari.
Reja: Davlat xizmati tushunchasi va mazmuni. Davlat xizmati printsiplari. Davlat xizmatchilari tushunchasi, tasnifi. Davlat xizmatiga kirishni tartibga solish. Davlat xizmatchilarini rag’batlantirish va javobgarlikka tortish. Davlat xizmati munosabatlarining to’xtatilish asoslari. Tayanch so’z va iboralar: davlat xizmati, davlat faoliyatining turlari, Davlat xizmatchilari, rahbarlar, asosiy tarkib, yordamchi xizmatchilar, ma'muriy hokimiyat vakillari, , ma’muriy-huquqiy normalar. Ma'muriy qonunchilik - ko`pgina ichki sohalarga ega ekanligi, doimiy harakatda bo`lishi va o`zgarib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday holatni “Ma'muriy huquq” fanida ham kuzatish mumkin. Masalan, besh yil avval, davlat xizmati to`g`risida, faqatgina ma'muriy huquqning instituti sifatida gapirish mumkin edi. Hozirda esa, qonunchilikning rivojlanishi bilan, davlat xizmati o`zining mustaqil predmetiga va tartibga solish uslublariga ega bo`lmoqda, ya'ni mustaqil huquq sohasi sifatida shakllanmoqda.Davlat xizmati, asta-sekinlik bilan, kuchli huquqiy bazaga ega bo`lib bormoqda hamda yaqin kelajakda huquq tizimining mustaqil sohasi sifatida joriy etilishi mumkin.YU.M.Kozlovning fikricha, davlat xizmati - davlat organlarida amalga oshiriladigan hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har qanday faoliyat tushuniladi.46 Davlat xizmatiga bunday yondoshish mehnat faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklarni, tovarlarni yaratish (ishlarni bajarish); ikkinchidan, boshqaruvni, rahbarlikni, kontrol va nazoratni amalga oshirish. Bunda – ma'naviy boyliklar yaratilishi yoki davlat organlarining funksiyalari amalga oshirilishi mumkin. D.N.Baxraxning fikricha, davlat xizmati tushunchasini bir necha ma'nolarda ko`rib chiqish mumkin: ijtimoiy ma'noda - davlat xizmati ijtimoiy kategoriya bo`lib, davlat tashkilotida ma'lum bir lavozimni egallab turgan shaxs tomonidan davlatning ko`rsatmasiga ko`ra ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirishdir; siyosiy ma'noda – davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat bo`lib, davlatning maqsad va vazifalariga barcha ishlab chiqilgan siyosiy kuch va vositalar orqali erishish; davlat xizmati jamiyatdagi muvozanatning asosiy ko`rinishidir; huquqiy ma'noda – davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy o`rnatish bo`lib, mansab majburiyatlari, xizmatchilarning vakolatlari, davlat organlarining kompetensiyasi bajarilishi ta'minlanadi. Davlat xizmati murakkab ijtimoiy-huquqiy institutlardan biri bo`lib, uni o`rganish davlat xizmatining ijtimoiy va huquqiy asoslarini tahlil qilishni talab qiladi. Bu institut davlat-xizmat munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yig`indisidan iborat bo`lib, u orqali xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ularga belgilanadigan cheklovlar, javobgarlik hamda davlat xizmatini o`tash, ya'ni xizmat munosabatlarining vujudga kelishi va bekor bo`lishi tartibga solinadi. Demak, davlat xizmati huquqiy institut bo`lib, turli huquq sohalarining normalaridan tashkil topgan kichik institutlarni o`z ichiga oladi; tashkiliy ma'noda - davlat xizmati davlat apparatining tashkiliy-funksional elementlari bilan aloqada bo`ladi. U quyidagi elementlardan tashkil topgan tizim sifatida namoyon bo`ladi: davlat apparati faoliyatining tashkiliy va protsessual asoslarini tashkil etish, lavozimlarning qurilishi va ularning huquqiy ko`rinishi, xodimlarni aniqlash, baholash. Davlat xizmati davlatni mustahkamlashning huquqiy asosi bo`lib, davlat hokimiyatini belgilaydi va fuqarolik jamiyatining normal funksiyalanishini ta'minlaydi.47 Davlat xizmati tushunchasini keng ma'noda olib ko`radigan bo`lsak, bu davlat organlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat budjetidan mablag` bilan ta'minlanadigan barcha shaxslarning faoliyatidir.48 V.M.Manoxin tomonidan davlat xizmatiga berilgan tushuncha yuridik adabiyotlarda keng qo`llanilmoqda. Uning fikricha, davlat xizmati - bu davlat organlarini va boshqa tashkilotlarini tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo`yicha davlat faoliyatining bir bo`lagi hisoblanadi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati esa davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratiladi. O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilangan prinsiplar va boshqa holatlarga asoslanib, davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolar ehtiyojlari-ning qondirilishini ta'minlashdan iboratdir. Davlat xizmati tushunchasi funksional ma'noga ham ega. Unga ko`ra davlat xizmati - davlat faoliyatining, davlat organlarining, ma'muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Davlat xizmatining umumiy xususiyatlariga to`xtaladigan bo`lsak, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, davlat xizmatchilarining davlat xizmatini davlat organida nazarda tutilgan shtat jadvali asosida olib borishi; ikkinchidan, davlat xizmatchilarining belgilangan pul mukofoti evaziga davlat organi vakolatlarini, mansab majburiyatlarini amalga oshirishi.49 Alimov X.R. davlat xizmatiga to`xtalib, uning quyidagi asoslarga ko`ra tasniflanishini ko`rastib o`tadi: birinchidan, davlat faoliyatining turlari (shakllari)ga qarab davlat xizmati: a) xalq deputatlari Kengashlarida amalga oshiriladigan xizmat; b) davlat boshqaruvi organlarida amalga oshiriladigan xizmat; v) sud organlarida amalga oshiriladigan xizmat; g) prokuratura organlarida amalga oshiriladigan xizmatga bo`linadi; ikkinchidan, faoliyat turiga ko`ra davlat xizmati: a) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi xizmat; b) ijtimoiy foydali faoliyatning boshqa sohalaridagi xizmatga bo`linadi; uchinchidan, farmoyish berish vakolatlariga ega bo`lish xususiyatlariga ko`ra davlat xizmatchilari: a) farmoyish berish vakolati berilgan xizmat; b) bunday vakolat berilmagan xizmatga bo`linadi.50 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha moddalari bevosita davlat xizmati bilan bog`liq bo`lib, uning asosiy prinsiplarini mustahkamlaydi. Masalan, davlat xizmatida qonuniylik, inson va fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ustunligi, davlat xizmati sohasida vakolatlarning taqsimlanganligi, davlat xizmatida ishtirok etuvchi fuqarolarning tengligi va boshqa konstitutsiyaviy prinsiplarni ko`rsatib o`tishimiz mumkin. O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatini tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri - bu davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas'ulligidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu holat huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy belgisidir. Davlat, uning organlari insonlar uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga binoan O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning va qonunlarning ustunligi so`zsiz tan olinadi. Davlat xizmatchilari amaldagi qonunchilik hujjatlariga tayanib, faqatgina davlat organining vakolat doirasida o`z faoliyatlarini amalga oshirishlari, qonunchilik bilan ularga yuklangan vazifalarni o`z vaqtida bajarishlari, berilgan huquqlardan to`g`ri foydalanishlari, belgilangan tartibga rioya qilishlari lozim. Qonuniylik prinsipiga binoan davlat xizmatini tashkil etish va faoliyat ko`rsatishi huquq normalariga asoslanishi hamda jamiyat va fuqarolarning manfaatlarini ta'minlagan holda amalga oshirilishi lozim. Davlat xizmati O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko`rsatib o`tilgan davlat hokimiyatining tizimi asosida, ya'ni hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi asosida tashkil qilinadi. Davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil bo`lib, ularning har biri davlat oldida turgan ma'lum bir vazifa va funksiyalarni amalga oshiradilar. Huquqiy demokratik davlat qurishning muhim belgilaridan biri - bu davlat vakolatlarini hokimiyat organlari o`rtasida taqsimlashdir. Qonunchilikka binoan fuqarolar davlat xizmatida bevosita ishtirok etishlari mumkin. Bunday ishtirok - davlat xizmatida ma'lum bir faoliyatni amalga oshirish yoki davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga binoan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Konstitutsiyaning 35-moddasiga binoan esa har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Shu holatni ham alohida ta'kidlab o`tish lozimki, davlat xizmatida bevosita ishtirok etishga faqatgina O`zbekiston Respublikasi fuqarolarigina ega bo`lib hisoblanadilar. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling