Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xildagi huquqlarga ega


Download 221.7 Kb.
bet35/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xildagi huquqlarga ega bo`lib, millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa belgilaridan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar. Davlat xizmatida fuqarolarning faoliyat ko`rsatishida, mansab yoki lavozim bo`yicha harakatlanishida davlat tomonidan teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi bo`lib - davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat xotirjamligini ta'minlash, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari bilan o`rnatilgan prinsiplar va boshqa holatlar asosida ommaviy manfaatlarni qondirish hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy vazifalariga esa, quyidagilar kiradi:

  1. O`zbekiston Respublikasi xalqi manfaatlarini ko`zlab davlat funksiyalarini amalga oshirish;

  2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlarini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa normativ hujjatlarini ijro etish;

  3. faoliyatning o`rnatilgan maqsadlari va vakolatlariga qat'iy rioya etgan holda, respublika va mahalliy organlarning samarali ish faoliyatini ta'minlash;

  4. fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini va himoya qilinishini ta'minlash;

  5. boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va ilmiy-texnik jarayonning eng ilg`or vositalaridan foydalanish, professional darajani oshirib borish va boshqalar.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xizmatining har bir turi normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan o`zlarining vazifalariga egadir.
B.Mirbobov, O.Husanovlarning ko`rsatishicha, davlat xizmatining asosiy maqsadi – davlatning Konstitutsiya va qonunlarini amalga oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) davlatni aholi bilan aloqasini, davlat xizmatining obro`-e'tiborini ta'minlovchi ijtimoiy-siyosiy va davlat-huquqiy asoslarini shakllantirish;
2) markaziy va mahalliy davlat organlari apparatini samarali ishlashi va rivojlanishini ta'minlash;
3) mehnatni ilmiy tashkil etish, fan yangiliklaridan, texnika yutuqlaridan foydalanish, jahon tajribasini qo`llash orqali davlat apparati faoliyatini doimiy takomillashtirib borish;
4) davlat boshqaruvini demokratlashtirish, uning faoliyatida oshkoralik va ochiqlik uchun sharoit yaratish, qonuniylikni ta'minlash, byurokratizm va korrupsiya ko`rinishlariga barham berish;
5) davlat organlari jamoasida sog`lom muhit, ishchanlik sifatlarini, tashabbuskorlik, ijodkorlikni vujudga keltiruvchi sharoitlarni ta'minlash;
6) davlat boshqaruvi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tizimini vujudga keltirish va faoliyat ko`rsatishini ta'minlash, xodimlarni xizmat pillapoyasidagi adolatli siljishiga imkoniyat yaratish;
7) davlat boshqaruviga xizmatga qabul qilish, xizmatni o`zgartirish, yuqori ko`tarilish, xodimlar faoliyatini baholash, rag`batlantirish, javobgarlik tartiblarini aniqlash.51
Davlat xizmatining vazifalari – davlat organining huquqiy maqomiga, davlat xizmatchisining qanday mansab va lavozimni egallab turganiga bog`liq bo`ladi.


Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling